Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

HAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILAR

Bugun Andijonda yana bir ahli Qur’on, ahli fazl kishidan ayrildik: qiblagohimizning vafodor shogirdlari Abdussami’ qori og‘amiz ayni kasaldan 59 yoshida vafot topdilar.


HAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILAR

Alloh taolo Qur’oni Karimda musulmonlar boshiga urush balosi kelganda ulardan ayrimlari ushbu talofat ortidan vafot etishi va bundagi hikmat haqida to‘xtalar ekan: «Bu Alloh sizlardan iymon keltirganlari aniqlashi va ichlaringizdan shahidlarni olish uchundir», deya marhamat etadi.

Bugungi vaboning oqibatlarini ko‘rib, hadislarda vabodan o‘lim topishni shahidlik deb bejizga aytilmaganiga inson yana bir bor amin bo‘ladi. Darhaqiqat, ushbu epidemiya, ayrim kishilar ta’biri bilan aytganda, xuddi uchinchi jahon urushiga aylangan: go‘yo virus lashkar‑u, odamlar nishonda va doktorlar himoya jangida. Bu urush orqali Alloh taolo vabo shahodati uchun tanlagan bandalarini huzuriga olmoqda.

Bu yilgi vabo sababli xorijdagi ulamolardan tashqari, yurtimizdagi juda ko‘p olimlar, ahli Qur’onlar, ahli fazl kishilardan ayrildi. Xususan, Chubak hoji domla, Xayrulloh domla, Muhammad Aliy domla, ayniqsa, O‘rta Osiyoning darg‘alaridan shayx Alouddin Mansur domla kabi ustozlarning vafotlari nafaqat o‘lka musulmonlari uchun, balki butun Islom olami uchun katta yo‘qotish bo‘ldi. Biroq, ilohiy taqdirda shu bitilgan ekan, rozi bo‘lishdan boshqa choramiz yo‘q. Umid qilamizki, Alloh taolo ularni O‘zi tanlab olgan shahidlardan aylagay.

Bugun Andijonda yana bir ahli Qur’on, ahli fazl kishidan ayrildik: qiblagohimizning vafodor shogirdlari Abdussami’ qori og‘amiz ayni kasaldan 59 yoshida vafot topdilar.

Abdussami’ qori Ehsonqul o‘g‘li 1961 yili 25 iyulda Andijonga qarashli Madaniyat qishlog‘ida ilm‑ma’rifatga oshno bir oilada tavallud topganlar. Ehsonqul domla qishloqning muxlis va ilmli kishilaridan bo‘lgan. U kishi bobomiz Boqibilloh qori domlaning shogirdlaridan edi. Ehsonqul domlaning otasi Subhonqul domla katta bobomiz Abdulmajid qozi domlaga inobat qilib, u kishidan ta’lim olgan.

Abdussami’ qori aka dastlab otalari qo‘lida savod chiqargan. Keyin qiblagohimiz Yahyoxon qori rahmatullohi alayhga shogird tushib, Qur’on va tajvidni o‘rganishga kirishgan. Bizga kattalarimiz hikoya qilib berishlaricha, o‘sha kezlarda qori og‘amiz vositalar kamyob bo‘lgani bois qishloqdan oqshom kelib, biznikida yotib qolib, dars topshirar ekanlar. Tunda xonadon ahllarini ehtiyotlash va o‘zni yashirish maqsadida mehmonxonaning chirog‘ini o‘chirib, sham yoqib, tongacha asosan saboq takrori bilan band bo‘lar va tongda ustozlariga darsni topshirib, ortga qaytar ekanlar.

U kishi Qur’oni Karimning ayrim suralarini yodlash barobarida, ahli ilmlarning suhbatlarida va xizmatlarida yurib, shariat ahkomu odoblarini o‘zlashtirib bordilar. O‘zbekiston mustaqillikka erishib, masjidlar ochila boshlaganda Madaniyat qishlog‘ining markazidagi qadimiy masjidga imom‑xatib etib tayinlandilar. O‘shandan buyon din da’vatida, xalq xizmatida bo‘lib, kishilarga pand‑nasihat qilib, yosh avlodni iymon‑e’tiqodli etib tarbiyalashda faol xizmat qilib keldilar. Madaniyat qishlog‘ida juda ko‘pchilikning din‑diyonatiga, namoz‑niyoziga sabab bo‘lganlar. Bir so‘z bilan aytganda, qishloq ahlining murabbiyi edilar.

Shogird ustozga bo‘lgan vafo va xizmat bilan ham ko‘p narsaga erishar ekan. Abdussami’ qori akam bir hikoyani ko‘p aytib berganlar. Bir kuni ustozlari Yahyoxon qori dadani mashinada Madaniyat qishlog‘iga olib boribdilar. Ittifoq davri. Ustoz qishloq markazidagi hozirgi jome’ masjidni ko‘rib, u haqda mezbondan so‘raydi. Qishloqliklar bu masjidni «Madrasa» deyishadi. U paytda Madrasa ombor yoki shu kabi nimadir idora vazifasini bajarar ekan. Ustoz shogirdiga: «Abdussami’ qori, bir kun keladi, siz shu masjidga imom bo‘lasiz, inshoolloh», debdilar. U paytda qori og‘amiz bu so‘zning amalga oshishini tasavvur ham qila olmaganini alohida ta’kidlar edi. Ammo bir necha yil o‘tib, ustozlarining ushbu duo va niyatlari amalga oshdi.

Abdussami’ qori aka Qur’on o‘qiganda ustozlari Yahyoxon qori dadamizga shunchalar taqlid bilan, maromiga yetkazib qiroat qilardilarki, ko‘p eshitmagan kishi ikkila qiroat o‘rtasini farqlay olmay qolardi. 1989 yili qiblagohimiz vafot etganlarida fotihaxonlikda Qur’on o‘qib o‘tirganlarida tilovatni ko‘rmay eshitgan kishilar Ustozning ovoz tasmasi qo‘yilyaptimikin, degan gumonga ham kelishgan edi. O‘sha hodisani odamlar bugun ham ko‘p eslashadi.

Abdussami’ qori aka Qur’onni go‘zal tarzda qiroat qilish bilan birga, mumtoz adabiyotimizdan ham anchagina boxabar edilar va g‘azalxonlikda ham peshqadam edilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muhabbatlarida bitilgan turli na’tlarni tarannum etganlarida ko‘zlarga bexos yosh qalqir edi. U kishi ana shu zaylda qalblarga muhabbat ulashib borardilar.

Qori og‘amizning fazilatli xislatlari juda ko‘p edi. U kishi nihoyatda kichikko‘ngil, kamtarin, xushmuomala, go‘zal xulqu odobli, o‘ta samimiy, dilkash, zarofatli, zakovatli, shavqu zavqli mumtoz inson edilar. Bir ish qilsalar, faqat Alloh roziligi uchun qilar, keyin uni unitib ham yuborardilar. Xolis ishlari juda ko‘p edi. O‘ta saxovatli, xalqparvar, ko‘zi yoshli, ahli muhabbat kishi edilar. Oxirgi paytlarda masjid tahoratxonasani yangilashda bosh bo‘lib, xalq xizmatiga topshirgandilar.

U kishi majlislarga fayz va tarovat baxsh etar, suhbatga mazmun‑ma’no kiritar edilar. Hamisha tabassumli, barchaga birdek iltifotli, shohu gadoga bir xilda muomalali, mo‘minlar haqida faqat yaxshi gumonda bo‘ladigan, birovga kinasi yo‘q, fidoiy inson edilar. U kishini ko‘rganda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam jannatiylik bashoratini bergan, Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu qiziqib o‘rgangan sahobi kirom yodimga tushardi. Mazkur sahobiyning ortiqcha ibodatlari yo‘qligidan ajablangan Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuga «Ko‘rib turganingdek, ibodatda boshqalardan ortiq joyim yo‘q, lekin qalbimda hech bir mo‘minga g‘illi‑g‘ash saqlamayman», deya ta’bir etgan xulqi marhmumimizda ham aynan mavjud edi. Bir so‘z bilan aytganda, qori og‘amiz haqiqiy mo‘min va qadimgi ustozlar ta’limini olgan, odobini o‘zlashtirgan, hozirgi zamonda o‘xshashi kam topiladigan nodir insonlardan edilar.

Abdussami’ qori domlamizning eng katta fazilatlaridan biri ‒ ahli ilm, ahli fazl va ulug‘ zotlarga cheksiz muhabbatli, xizmatga polvon edilar, kerak bo‘lsa, bor-budlarini fido qilib yuboraverardilar. Vodiydagi ko‘plab ahli ilmlarga, xususan, ahli tasavvufga o‘zgacha muhabbat bilan xizmat qilganlar va ko‘plarining muhabbatlariga sazovor bo‘lganlar. Ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq rahmatullohi alayhga ham muxlis edilar. Hazratning qishloqqa tashrif buyurishlarida bir necha bor tashabbus qilganlar. Juda ko‘p ulug‘ insonlarning duolarini olganlar va buning samarasini hayotda ko‘p ko‘rganlar. Ko‘pchilik basirat ahllari biladilarki, u kishining o‘zi ham duosi mustajob duogo‘ylardan edi.

O‘tgan hafta ko‘rgani borganimda u kishi o‘z hayotidan mamnunliklarini aytib, «Hasanxon, bundoq o‘ylab qarasam, Alloh taolodan nimani so‘rgan bo‘lsam, hammasini beribdi», deya shukronalik, rozilik izhor qildilar. U kishining eng yaxshi xislatlaridan biri ham shu edi ‒ Allohning taqdiriga rozi, hamisha shukrda, bandalardan xushnud, tama’dan yiroq, har ishda Alloh taologa suyangan edilar. Bu xislat u kishiga oxirgi nafasgacha hamroh bo‘ldi: o‘limni ham ana shunday iymon bilan, ochiq chehra bilan qarshi oldilar va shahodat kalimasini uch bora baralla aytgan holda omonatni topshirdilar.

Qori og‘amizdan 4 o‘g‘il, bir qiz qoldi. Barchalari salohiyatli, axloqli farzand bo‘lgan. Ikkita o‘g‘illari hofizi Qur’on, ulardan biri Inoyatulloh qori Oliy ma’hadni bitirib, hozirda Toshkentda Kamolon masjidida xizmatda.

Allohim Abdussami’ qori og‘amizni O‘z rahmatu mag‘firatiga olib, joylarini Firdavs jannatidan etsin. Qolgan ahllariga sabri jamil ato aylasin. Allohim xalqimizga xayri xalaf bersin.