Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

TILOVAT SAJDASI

Inson zoti uchun eng katta sharaf, eng buyuk maqom Yaratgan Robbisiga eng yaqin bo‘lgan payti ‒ Unga sajda qilgan onidir. Zotan, odam bolasining chinakam baxt-saodati Alloh taoloning amriga bo‘ysunib, U Zotga sajda qilishidadir. Ana o‘sha sajdalar ichidagi eng fazilatli sajdalardan biri Parvardigori olamning kalomiga bog‘liq sajda hisoblanadi.


TILOVAT SAJDASI

Inson zoti uchun eng katta sharaf, eng buyuk maqom Yaratgan Robbisiga eng yaqin bo‘lgan payti ‒ Unga sajda qilgan onidir. Zotan, odam bolasining chinakam baxt-saodati Alloh taoloning amriga bo‘ysunib, U Zotga sajda qilishidadir. Ana o‘sha sajdalar ichidagi eng fazilatli sajdalardan biri Parvardigori olamning kalomiga bog‘liq sajda hisoblanadi.

Qur’oni Karimda bir qator oyatlar sajda oyati deyiladi va ularni o‘qigan, eshitgan kishi sajda qilishi lozim bo‘ladi. Chunki bu oyati karimalarning har birida Alloh taologa sajda qilish haqida amr yoki shu ma’noda so‘z boradi.

Tilvoat sajdasining hukmi

Sajda oyatining yarmi va undan ko‘proq qismini o‘qigan va eshitgan odam bir marta tilovat sajdasini qilishi vojib. Uni tark etish tarki vojib gunohini yuklaydi.

Ayni paytda namoz farz bo‘lmagan kishiga tilovat sajdasi vojib bo‘lmaydi. Masalan, hayz va nisofdagi ayollar sajda oyatini eshitsa ham yoki o‘qib yuborsa ham, ularga sajda vojib bo‘lmaydi.

Sajda oyatini ovoz uzaytirgich orqali jonli eshitgan kishiga sajda vojib bo‘ladi. Ammo yozib olingan tilovatni eshitganda, sajda vojib bo‘lmaydi. Jinni va to‘tidan eshitilgan tilovat bilan ham sajda lozim bo‘lmaydi.

Sajda oyatining ma’no tarjimasini o‘qish yoki eshitish bilan sajda vojib bo‘lmaydi, balki arabcha asl matnni o‘qish yoki eshitish bilangina sajda vojib bo‘ladi.

Tilvoat sajdasining dalillari

Tilovat sajdasi vojibligi Qur’on va Sunnatda sobit bo‘lib, quyidagi dalillarga asoslanadi:

Alloh taolo Sajda surasida aytadi:

«إِنَّمَا يُؤْمِنُ بِآيَاتِنَا الَّذِينَ إِذَا ذُكِّرُوا بِهَا خَرُّوا سُجَّدًا وَسَبَّحُوا بِحَمْدِ رَبِّهِمْ وَهُمْ لَا يَسْتَكْبِرُونَ»

«Oyatlarimizga ular la eslatilganda sajdaga yiqiladigan, Robblariga hamd ila tasbeh aytadigan va mutakabbirlik qilmaydiganlargina iymon keltirurlar» (15-oyat).

Alloh taolo Inshiqoq surasida sajda qilmaydiganlarni mazammat qiladi:

«وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ الْقُرْآنُ لَا يَسْجُدُونَ»

«Qachon ularga Qur’on o‘qilsa, sajda qilmaslar» (21-oyat).

عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: «كَانَ النَّبِيُّ r يَقْرَأُ السُّورَةَ الَّتِي فِيهَا السَّجْدَةُ فَيَسْجُدُ وَنَسْجُدُ مَعَهُ، حَتَّى مَا يَجِدُ أَحَدُنَا مَكَانًا لِمَوْضِعِ جَبْهَتِهِ». رَوَاهُ الْبُخَاري ومُسلِم.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam sajda oyati bor surani qiroat qilib, sajda qilar edilar. Biz ham u zot bilan sajda qilar edik. Hattoki birimiz peshonasiga joy topa olmay qolar edi».
Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan.

عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: «كَانَ النَّبِيُّ r يَقْرَأُ عَلَيْنَا الْقُرْآنَ، فَإِذَا مَرَّ بِالسَّجْدَةِ كَبَّرَ وَسَجَدَ، وَسَجَدْنَا مَعَهُ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالْحَاكِمُ.

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizga Qur’on qiroat qilib berar, qachon sajda oyatidan o‘tsalar, takbir aytib, sajda qilar edilar. Biz ham u zot bilan sajda qilar edik».
Abu Dovud va Hokim rivoyat qilgan.

Ushbu oyatu hadislar va boshqa dalillar asosida hanafiy mazhabi ulamolari tilovat sajdasini vojib deb aytganlar.

Tilvoat sajdasining fazilatlari

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: «قَالَ رَسُولُ اللهِ r: «إِذَا قَرَأَ ابْنُ آدَمَ السَّجْدَةَ فَسَجَدَ، اعْتَزَلَ الشَّيْطَانُ يَبْكِي، يَقُولُ: يَا وَيْلَهُ - وَفِي رِوَايَةِ أَبِي كُرَيْبٍ: يَا وَيْلِي - أُمِرَ ابْنُ آدَمَ بِالسُّجُودِ فَسَجَدَ فَلَهُ الْجَنَّةُ، وَأُمِرْتُ بِالسُّجُودِ فَأَبَيْتُ فَلِيَ النَّارُ». رَوَاهُ مُسلِم.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Odam bolasi sajda(oyati)ni o‘qib, sajda qilsa, shayton yig‘lab uzoqlashadi va «Holiga voy bo‘lsin! – (roviy) Abu Kuraybning rivoyatida «Holimga voy» – Odam bolasi sajda qilishga buyurilgan edi, sajda qildi va unga jannat berildi. Menga ham sajda qilish buyurildi, lekin men bosh tortdim. Endi menga do‘zax bo‘ladi», deydi».
Muslim rivoyat qilgan.

عَن ثَوبانَ مولى رسولِ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ عليْهِ وسلَّمَ قال: «سمعتُ رسولَ اللَّهِ صلَّى اللَّهُ عليْهِ وسلَّمَ يقولُ: «ما من عبدٍ يسجدُ للَّهِ سجدةً إلَّا رفعَهُ اللَّهُ عزَّ وجلَّ بِها درجةً وحطَّ عنْهُ بِها خطيئةً». رَوَاهُ النَّسَائِي.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mavlolari Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Qaysi bir banda Alloh uchun bitta sajda qilsa, Alloh azza va jalla o‘sha sababidan uni bir daraja ko‘taradi va undan bitta xatoni o‘chiradi».
Nasoiy rivoyat qilgan.

Tilovat sajdasini ado etish yo‘sini

Tilovat sajdasini niyat qilib, qiblaga yuzlangan holda, takbir aytgancha to‘g‘ri sajdaga borib, unda sajda tasbehlari va duolaridan birini yoki bir nechtasini aytib, yana takbir aytgan holda sajdadan turiladi. Bunda qo‘l ko‘tarib quloq qoqish, tashahhud va salom bo‘lmaydi, faqat sajdaga borish va qaytishda takbir aytiladi, xolos. Agar namoz sajdasida tasbehni ham aytmay, faqat sajdaning o‘zini bajarsa ham, vojib soqit bo‘ladi, ammo sunnat ado topmaydi. Bunda ham xuddi namozdagi kabi yetti a’zo bilan sajda qilinadi.

O‘tirgan odam tilovat sajdasi uchun turib, keyin sajdaga borgani afzal. Ammo o‘tirgan joyidan sajdaga yiqilsa ham joiz. Musofir odam ulovda o‘tirgan holida imo‑ishora bilan tilovat sajdasini qilishi mumkin. Bunda qiblaga yuzlanishi shart bo‘lmaydi. Samolyot, poyezdda safar qilgan odam ham o‘tirgan joyida imo bilan sajda qilaveradi. Sajdaga bora olmaydigan odam ham sajdani ishora bilan ado etadi.

Tilovat sajdasini ado etish shartlari

Tilovat sajdasi uchun namozning shartlari topilish shart: tahoratli, satri avratda, usti‑boshi, joyi pok, qiblaga yuzlangan holda bo‘lishi lozim. Shartlar topilmagan paytda shart topilguncha sajdani ta’xir qilib turadi.

Tilovat sajdasini ado etish vaqti

Tilovat sajdasi namoz o‘qish makruh bo‘lgan uch payt: kun chiqqan paytda, quyosh tikkaga kelganda va quyosh botish oldidagi zavol paytida qilinmaydi.

Uni sajda oyatlarini o‘qigan zahoti qilish mustahab, biroz kechiktirish ham mumkin. Ammo uzoq muddatga ta’xir qilish durust emas va bu holda qazosi soqit bo‘lib, tarki vojib gunohi voqe bo‘ladi. Zero, tilovat sajdasini uzoq muddatga ta’xir qilinganda undan ko‘zlangan maqsad bekor bo‘ladi.

Namozda o‘qilgan sajda oyati uchun namozdan tashqarida sajda qilinmaydi. Balki, namozdagi ruku’ va sajda tilovat sajdasi uchun ham o‘tadi. Sharti ‒ sajda oyatini o‘qigan zahoti sajdaga borish yoki namozning ruku’sini qilish kerak.

Imom sajda oyatini o‘qisa, muqtadiy uni eshitsa‑eshitmasa, imom bilan tilovat sajdasini qiladi. Ammo kim o‘sha rak’atda imomning sajdasidan keyin iqtido qilsa, tilovat sajdasini qilmaydi. Imom sajda oyatini tilovat qilganda uni eshitgan kishi unga sajda oyati o‘qilgan rakatdan boshqa rak’atda iqtido qilsa, xuddi o‘zi bilan namozda birga bo‘lmagan odamdan sajda oyatini eshitgan namozxon kabi, namozdan so‘ng sajda qiladi. Namozdan tashqarida o‘qilgan qiroat uchun namozda sajda qilinmaydi.

Sajda oyati takrorlanganda nima qilinadi?

Bir majlisda bitta sajda oyatini necha bor takror qilsa ham  bir marta sajda qilish vojib bo‘ladi. Ammo boshqa‑boshqa sajda oyatlari o‘qilsa, har biri uchun alohida sajda vojib bo‘ladi. Shuningdek, majlis o‘zgarsa ham, har bir o‘zgarish uchun alohida sajda qilish vojib. Daraxtda shoxdan shoxga o‘tish, shuningdek, xonadan xonaga chiqish joyni o‘zgaritirish hisoblanadi. Yurib o‘qiganda ham har bir sajda oyati tilovati uchun alohida sajda qilish lozim. Namozning har bir rakati bir majlis hisobida sanaladi.

Sajda oyatini tashlab qiroat qilsa bo‘ladimi?

Sajda oyatining o‘zini tark qilish makruhdir. Ammo sajda oyatining o‘zini o‘qish makruh emas. Agar sajda oyatini tashlab o‘qish darkor bo‘lib qolsa, u bilan birga undan oldingi yoki keyingi oyatlardan bir‑ikki oyat qo‘shib tashlab o‘qisa, karohiyati yo‘q. Odamlar oldida o‘qiganda shunday qilgan afzal, toki tahorati va imkoni yo‘qlarga tanglik bo‘lmasin. Shuningdek, sajda oyatlarini maxfiy o‘qish ham yaxshi. Bunda sajda oyatining o‘zini maxfiy qilish kifoya.

Bir majlisda ikki yoki undan ko‘p odam bir sajda oyatini navbat bilan takrorlasa yoki bir nechta sajda oyatini o‘qisa ham bir marta sajda vojib bo‘ladi.

Sajdaga borish‑qaytishda aytiladigan takbir

اللَّهُ أَكْبَرُ

O‘qilishi: Allōhu akbar.
Ma’nosi: Alloh eng ulug‘dir.

Sajdada o‘qiladigan duo‑tasbehlar

سَجَدَ وَجْهِي لِلَّذِي خَلَقَهُ، وَشَقَّ سَمْعَهُ وَبَصَرَهُ بِحَوْلِهِ وَقُوَّتِهِ. رَوَاهُ مُسلِم عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رَضِيَ اللهُ عَنهُ.

O‘qilishi: «Sajada vajhӣ lillaz:ӣ xolaqohӯ va shaqqo sam’ahӯ va basorohӯ bih:avlihӣ va quvvatih».
Ma’nosi: «Yuzim uni yaratgan va O‘z kudratu quvvati ila uning qulog‘u ko‘zini ochgan Zotga sajda qildi».
Imom muslim Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.

اللَّهُمَّ لَكَ سَجَدْتُ، وَبِكَ ءَامَنْتُ، وَلَكَ أَسْلَمْتُ، سَجَدَ وَجْهِي لِلَّذِي خَلَقَهُ وَصَوَّرَهُ، وَشَقَّ سَمْعَهُ وَبَصَرَهُ، تَبَارَكَ اللهُ أَحْسَنُ الْخَالِقِينَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِي عَنْ عَلِيِّ بْنِ أَبِي طَالِبٍ رَضِيَ اللهُ عَنهُ.

O‘qilishi: «Allōhumma laka sajattu, va bika āmantu, va laka aslamtu. Sajada vajhӣ lillaz:ӣ xolaqohӯ va shaqqo sam’ahӯ basoroh. Tabārokallōhu ah:sanul‑xōliqӣn».
«Allohim! Senga sajda qildim, Senga iymon keltirdim va Senga taslim bo‘ldim. Yuzim o‘zini yaratgan, suvrat bergan hamda qulog‘u ko‘zini ochgan Zotga sajda qildi. Xalq qiluvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotlidir».
Imom Termiziy Aliy ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.

اللَّهُمَّ اكْتُبْ لِي بِهَا عِنْدَكَ أَجْرًا، وَضَعْ عَنِّي بِهَا وِزْرًا، وَاجْعَلْهَا لِي عِنْدَكَ ذُخْرًا، وَتَقَبَّلْهَا مِنِّي كَمَا تَقَبَّلْتَهَا مِنْ عَبْدِكَ دَاوُدَ. رَوَاهُ التِّرْمِذِي عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنهُ.

O‘qilishi: «Allōhummak‑tub lӣ bihā ’indaka ajron, va do’ ’annӣ bihā vizron vaj’alhā lӣ ’indaka z:uxron va taqobbalhā minnӣ kamā taqobbaltahā min ’abdika Dāvӯd».
Ma’nosi: «Allohim! Bu (sajda) ila menga O‘z huzuringda ajr yozgin, u ila mendan gunohlarni aritgin, uni men uchun huzuringda zaxira qilgin va uni bandang Dovuddan qabul qilganingdek, men ham qabul qilgin!»
Imom Termiziy Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.

Mazkur duolarni bilmagan odam namozdagi oddiy sajda tasbehini aytsa ham kifoya.

سُبْحَانَ رَبِّيَ الْأَعْلَى.

O‘qilishi: Subh:āna robbiyal-a’lā.

Ma’nosi: Oliy Zot bo‘lmish Robbimni pok deya yod etaman.

Tilovat sajdasidan keyin ta’avvuz‑basmala aytiladimi?

Tilovat sajdasi qiroatga oid amal bo‘lgani uchun undan keyin ta’avvuz ham, basmala ham shart emas. Tilovatni kelgan joydan bevosita davom ettirib ketaveradi. Illo sajda oyati suraning oxirida bo‘lsa, keyingi suraning avvalidagi basmalani aytiladi.

Qur’oni Karimdagi sajda oyatlari

  1. A’rof surasining oxirgi, 206‑oyati.

  2. Ra’d surasining 15‑oyati.

  3. Nahl surasi, 49‑oyat.

  4. «Banu Isroil» (Isro) surasi, 109‑oyat.

  5. Maryam surasi, 58‑oyat.

  6. Haj surasidagi birinchi sajda oyati, ya’ni 18‑oyat.

  7. Furqon surasi, 60‑oyat.

  8. Naml surasi, 26‑oyat.

  9. Sajda surasi, 15‑oyat.

  10. Sod surasi, 24‑oyat.

  11. Fussilat surasi, 37‑oyat.

  12. Najm surasi, 62‑oyat.

  13. Inshiqoq surasi, 21‑oyat.

  14. Alaq surasi, 19‑oyat.

Mushafda sajda oyatlari maxsus belgi bilan ko‘rsatiladi. Hanafiy mazhabida sajda oyatining ko‘p qismini o‘qish sajdani vojib qilsa, boshqa mazhablarda sajdani oyatdagi ma’lum kalima vojib qiladi. Shu bois, mushaflarda ana o‘shanday kalima ustiga maxsus chiziq tortiladi va sajda oyatining so‘ngiga sajda qilishga ishora sifatida minora shaklida belgi qo‘yiladi. Shuni aytish lozimki, Sod surasidagi sajda oyatining yakuni boshqa mazhablarga ko‘ra belgilangan, hanafiy mazhabiga ko‘ra yana bir oyat ‒ suraning 25‑oyati ham sajda oyati hisoblanadi va undan keyin sajda qilish lozim.

Haj surasining 77‑oyati boshqa mazhablarda sajda oyatlaridan sanaladi. Ammo hanafiy mazhabi ulamolari bu oyatni sajda oyatlariga kiritmaganlar.

(Maqola Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning «Kifoya» kitoblari hamda boshqa hadis va hanafiy fiqhiga oid manbalar asosida tayyorlandi)