Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

TIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?

Mana, 30 yildan beri yurtimizda milodiy sanadagi o‘ninchi oyning yigirma birinchi kuni O‘zbek tili kuni o‘laroq nishonlab kelinadi. Kecha ham ushbu tantananing navbatdagi tadbirlari bo‘lib o‘tdi.


TIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?

Mana, 30 yildan beri yurtimizda milodiy sanadagi o‘ninchi oyning yigirma birinchi kuni O‘zbek tili kuni o‘laroq nishonlab kelinadi. Kecha ham ushbu tantananing navbatdagi tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, bu bayram o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi bilan bog‘liq. Chindan ham, bu yutuq til uchun bayram qilsa arziydigan muvaffaqiyat bo‘lgan. Biroq meni bir savol qiynaydi: biz bugun til bayrami qilishga haqlimizmikin? Boshqacha qilib aytganda, bugun ona tilimizning ahvoli bayram qilishga munosibmi? Ayni damda unga bayram yarasharmikin?

Fikri ojizimcha, bugun bu savollarga ijobiy javob berish qiyin. Sababi ‒ o‘zbek tili oddiy odamlarni qo‘ying, ba’zan ayrim mutasaddilar tarafidan ham kamsitilmoqda, yerga urilmoqda. Shu paytgacha binolarning toqida ruscha, inglizcha nomlar, iboralar tilimizni xo‘rlab kelgan edi. So‘ngi yillarda yana bir yangi «hurmatli til» paydo bo‘ldi: endi o‘zbekning yurtida o‘zbek tilini xitoy tili yerga urishni boshlabdi. Eng qizig‘i, bizda kirill va lotin alifbolari iste’molda bo‘lgani uchun oddiy odam ham ruscha, inglizcha nomlarni o‘qiy olar edi, ammo manavi iyeorogliflarni ancha-muncha xitoy ham dadil o‘qiy olmaydi, bu tilni bilmagan odamlar esa bu yozuvlardan hech narsa tushunmasligi aniq.

Yaqin kunlarda Toshkentda bir emas, bir necha joyda ko‘rdim, binolar toqida maussasa nomi avval katta harflar bilan xitoycha yozilib, ostiga o‘zbekchaga tarjima qilib qo‘yilgan. Birini xitoylar uchun mehmonxona deb oqlamoqchi ham bo‘lishdi. Ammo keyinroq xuddi shu holatni bir xususiy shifoxonada ham, savdo markazlarida ham ko‘rdim. Bu endi qanaqasi? Nima, biznikilar ham uyg‘urlarning ahvoliga havas qilishyaptimi? Ruscha va inglizcha nomlardan yozg‘irib yursak, endi xitoychasini ham tiqishtirishadimi? Biz Xitoy davlatida yashayapmizmi yoki davlat tili xitoy tilimi? Nega loaqal o‘zbekchasi tepaga yozilmagan? Yoki shahar shunchalar bedarvozami?

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: o‘zbek tilini mana shu ahvolga sola turib, uning uchun bayram uyushtirsak qanchali o‘rinli bo‘ladi? Qani bu yerda mantiq? Urib, oyoqosti qilib turib, xoru zor aylab kamsitilgan tilga bayram yarasharmikin? Bu o‘likning ustida nog‘ora chalishdek gap-ku.

Shahardagi reklamalar ham o‘zbek tilini o‘ziga ep ko‘rmaydi, faqat rus tilini e’tirof etadi. Nima, o‘zbek tili shunchalar yaroqsiz tilmi yoki o‘zbekcha yozsa, odamlar tushunmaydimi? Yoxud o‘zbekligidan orlanadigan bo‘lib qoldimiki, o‘zbekcha yozsa, xuddi zamondan ortda qolgandek fahmlansa? Agar reklamani boshqa tilda ham berish zarurati bo‘lsa, u holda uni ikki tilda bersa bo‘lmaydimi?

Olma otaga bordim. Men qozoqlar ko‘proq ruslashgan, ularda hammayoq bizdan ham battar ruschalashgan bo‘lsa kerak, degan xayolda edim. Ammo holat men o‘ylagandek emas ekan. To‘g‘ri, aholida ruslashish yuqori, biroq binolarni va ko‘chalarni nomlashda tilga e’tibor bizdan ko‘ra yuqori ekan deb bildim.

O‘tgan yili til bayrami arafasida bir maqola yozgan edim. Unda o‘zbek tiliga davlat tarafidan e’tibor yetishmayotgani haqida so‘z borib, yangi qurilayotgan «Toshkent siti»dagi binolarning nomlari ajnabiycha ekani tanqid qilingan edi. Olma otadagi ana shunday juda katta qilib qurilgan eng yirik savdo markazlaridan birining oldidan o‘tib qoldik. Bexos uning nomiga qiziqdim: qani, qozoqlar yangi binolarni qanday nomlashmoqda ekan? Buni qarangki, ular bino nomini toza qozoqcha qo‘yishibdi: Esentai (Esontoy). Yana bir narsa e’tiborimni tortdi: ular «poliklinika»ni «emxona» deyishar ekan. Bu ham toza turkiy so‘z. Bunga o‘xshash holatlarni boshqa ko‘p o‘rinlarda ko‘rish mumkin. Men bir mehmon sifatida hukumatning tilga e’tibori bor ekan, degan xulosaga keldim.

To‘g‘ri, bizda ham o‘zbek tilining maqomini yanada yuksaltirish uchun davlat tarafidan qator qarorlar, choralar qilib turilibdi. Biroq bu harakatlar yetarli darajada, izchil, qamrovli va davomiy emas, bir yilda bir-ikki jo‘sh urib, keyin yana so‘nib qolaveryapti. Qisqa qilib aytganda, tilga bo‘lgan e’tiborning qanchalik darajada ekani ‒ qurilayotgan inshootlarga nom berishda namoyon bo‘lmoqda.

Men oddiy bir fuqaro sifatida, tilini sevgan o‘zbek o‘laroq davlatimizning o‘z tilini hurmat qilishini istayman va buni mutasaddilardan talab qilaman. Mas’ullardan hisoboti talab qilinadigan ishlar qatoriga tilga bo‘lgan e’tibor ham qo‘shib qo‘yilsa, ayni muddao bo‘lar edi. Shaharsozlik, bunyodkorlik, iqtisod o‘z yo‘liga, lekin o‘zligimizni asrashimiz hammasidan muhim. Moddiyat bilan band bo‘lib, ma’naviyatni tashlab qo‘ymaslik kerak. Xullas, har yili til bayrami qilar ekanmiz, 30 yil oldin qo‘lga kiritgan yutuqni yillab nishonlavermay, uning sha’nini har qachon ana shunday tantanaga munosib tarzda ushlab turishimiz darkor. Shundagina tilimizga chin ma’noda bayram baxsh etgan bo‘lamiz.