Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

GO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILAR

Ushbu yilni "mahzunlik yili", "judolik yili" deb atalsa ham, xato bo‘lmasa kerak. Juda ko‘p ahli ilm, ahli fazl kishilarimizdan judo bo‘ldik. Kecha eng aziz insonlarimizdan biri Shuhrat Qayumov hoji og‘amizdan ham ayrildik.


GO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILAR

Ushbu yilni "mahzunlik yili", "judolik yili" deb atalsa ham, xato bo‘lmasa kerak. Juda ko‘p ahli ilm, ahli fazl kishilarimizdan judo bo‘ldik. Kecha eng aziz insonlarimizdan biri Shuhrat Qayumov hoji og‘amizdan ham ayrildik.

Shuhrat hoji aka juda ham ajoyib va halim inson edilar. Qur’onga muhabbatlari o‘zgacha edi. U kishini uzoqdan tanir edigu, Qur’on o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqlari va mahoratlaridan bexabar ekanmiz. Bundan 15 yilcha muqaddam bir joyda ko‘rishib qoldik. Shams surasini ustozga topshirayotgan ekanlar. Juda ham raso va yaxshigina tajvid bilan o‘qib berdilar. To‘g‘risi, bag‘oyat hayratda qoldim. U kishining sohasi, atrof muhiti va o‘sha paytlardagi vaziyatni e’tiborga olinsa, bu qanchalar katta jasorat ekanini anglash qiyin emas.

Keyinchalik juda ham qadrdon bo‘lib ketdik. Oliy ma’hadda o‘qiyotganimizda nutq madaniyatidan dars o‘tdilar. Shu mavzuda u kishidan ko‘p narsa o‘rganganmiz va xatoba bo‘yicha fikrlarimiz hamohang edi. U kishi ko‘plab ahli ilmlarga shu jihatdan ustoz edilar.

Shuhrat hoji aka dinini tutgan, atrofidagi juda ko‘p kishilar, hamkasblarining namoz niyoziga sabab bo‘lgan, ahli ilmlar bilan qadrdon, olimlarga muxlis, iymoniga sadoqatli, axloqi go‘zal, odob go‘zal, shirinso‘z, oliyjanob  inson edilar. Suxandon va xonandalar orasida u kishidek taqvoli, muxlis kishini boshqa bilmaymiz. Ana shunday noyob insonimizdan ayrildik.

Shuhrat hoji og‘amiz diniy mavzulardagi she’r va maqolalarni o‘qishga haris edilar. Oxirgi paytlarda Qur’on suralarining tafsirini o‘qib berishga kirishgan ekanlar. Fotiha surasining tafsirini o‘qib bergach, surani o‘zlari qiroat qilibdilar. Keyin shu videoni menga ham yuborib, "Ko‘ringchi, qiroatda xatoyim yo‘qmikin? Yoki qorilarga o‘qitsakmikin?" deb so‘radilar. Men: "Hoji aka, qiroatingiz nihoyatda yaxshi, boshqa qori o‘qishiga hecham hojat yo‘q. Qolaversa, qorilarning qiroati ko‘p, ammo siz kabi Qu’on o‘qiyidigan boshqa suxandon bormi? Yo‘q, o‘shaning uchun o‘zingiznig o‘qiganingiz har jihatdan yaxshi, qalbi ochiqlarga ibrat", deb aytdim. U kishi bundan qanoat hosil qilgandek bo‘ldilar.

Shuhrat Qayumov ahli ilmlarga yondosh yurar edilar. Ustozimiz Shayx hazratlariga o‘zgacha ixlosmand edilar. O‘rtalaridagi o‘zaro muhabbat va ishonch nihoyatda yuqori edi. Muftiy hazratlari bilan ham juda yaqin, boshqa ustozlar bilan ham qadrdon edilar. Shuhrat va martabada yuksakligi, o‘z sohasida yuqori maqomga ega bo‘lish bilan birga, juda ham kichikko‘ngil, kamtarin inson edilar. Diniy idorada bo‘ladimi, "Hilol nashr"da bo‘ladimi, qanday tadbirni o‘tkazib berish iltimos qilinsa, so‘zsiz qabul qilardilar va juda ham go‘zal shaklda o‘ktazib berardilar.

Bir necha bor Respublika Qur’on musobaqalarida suxandonlik qilganlar. 2018 yilgi Qur’on musobaqasining respublika bosqichini o‘tkazishda ham bizga juda katta ko‘mak bo‘lgandilar. Musobaqadan oldin qorilarga trenning dars o‘tib berdilar va kechgacha qorilarga o‘z sohalari bo‘yicha ta’lim berishdan charchmadilar. Musobaqaning ko‘tarinki ruhda, saviyada o‘tishida u kishining xizmatlari katta bo‘lgan. U kishi bilan ishlash juda ham qulay va maroqli edi. Sababi maomalasi oson, zakiy kishi edilar.

Oxirgi marotaba birga o‘tkazgan tadbirimiz "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" jome masjidida tashkil qilingan mavlid marosimi bo‘ldi. O‘shanda u kishi bu tadbirni shunday yuqori saviyada va juda ham maroqli o‘tishida asosiy shaxs, mehvar bo‘lgan edilar. U kishidan tadbirni o‘tkazib berishlarini iltimos qilib telefon qilganimda: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bag‘ishlangan tadbirda xizmat qilish bizga sharaf ku", degan gaplari xotiramga mixlanib qolgan.

Ko‘pchilik guvoh bo‘ldi,  o‘sha mavlid yig‘ini 4,5 soat davom etishiga qaramay, hech kim zerikmadi ham, charchamadi ham. Tadbirda u kishi tarafidan o‘qib berilgan Rasulimizga muhabbat xususidagi, Hasan degan bolaning hikoyasi majlisning eng yuqori nuqtasi bo‘ldi, yig‘lamagan odam qolmadi. Ushbu maqola haqida tadbirdan oldin maslahatlashar ekanmiz, u kishi maqolani maqtab: "Necha marta o‘qisam ham har safar yig‘lab yuboryapman", deb qoldilar. Men o‘zimcha: "Hoji aka, ko‘p o‘qivormang, yana tadbirda hikoya o‘zingiz uchun oddiy bo‘lib qolmasin, tarovati ketib", deb hazil qilsam, u kishi: "O‘n marta o‘qisam ham birinchisidek yig‘i kelyapti, shuncha yil yashab bunday ta’sirli hikoya o‘qimagandim, unday bo‘lmaydi, inshoolloh", degandilar.  Haqiqatan, tadbirda ham yig‘ladilar va yig‘latdilar.

U kishining Rasululloh alayhissalomga bo‘lgan muhabbatlari o‘zgacha edi. Bir necha yil oldin doktorlar u kishiga bemorliklari biroz xavfli ekanini aytganda, Madinai Munavvaraga ko‘chib bordilar va o‘sha joyda vafot etishni qasd qilgandilar. Ammo Alloh dardlariga shifo berib, qaytib kelgandilar. Biroq, umrlari qisqa ekan, bugun boqiy hayot sari rehlat qildilar.

Hoji og‘amiz haqlarida so‘zlasak, juda ko‘p gapirish mumkin. Fazilatlari, maqtovli xislatlari bisyor edi. Muhimi u kishi

muxlis mo‘min va go‘zal xulq sohibi edilar. Rasulimiz alayhissalom: "Qiyomat kuni menga eng yaqiningiz xulqi go‘zal bo‘lganingizdir", deganlar. Ilohim, muhabbat va axloqlarining mukofoti o‘laroq, ushbu maqom marhumimizga ham nasib bo‘lsin.

Qalblar mahzun, ko‘zlarda yosh, ammo tillar faqat Robbimizga manzur so‘zlar bilan cheklangay.

Allohim, Shuhrat hoji og‘amizni rahmatingga ol, kamchiliklarini afv qil, u kishini anbiyolar, solihlar, siddiqlar, shahidlar bilan birga ayla, mahbublari Nabiyyimizning shafoatlari, visollariga musharraf qil, bizlarning haqlarida qilayotgan duolarimizni ijobat et va bizlarga xayri xalaf ber.

Bu ayriliqda musibatga uchragan barcha azizlarimizga chin dildan ta’ziya bildiraman. Allohim ularga sabri jamil bersin va sabrlariga ajri azim ato etsin.

Baqo Allohga xos. Barchamiz Allohning mulkimiz va U Zotga qaytamiz.