Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MUALLIMLARNING FAZLI HAQIDA

Ha, azizlar, Hazrat Navoiyning bu so‘zlarida hech qanday mubolag‘a yo‘q. Darhaqiqat, ustozlarimizning haqlari beqiyos. Ular ma’naviyat bog‘ining bog‘bonlaridirlar. Dunyo ularning mehnatlari evaziga oboddir. Oxirat zulmatlari ularning qalblari taratgan ziyo tufayligina bartaraf bo‘lishi mumkin. Binobarin, biz ularni qancha ko‘p ulug‘lasak, e’zoz qilsak, shuncha oz.


MUALLIMLARNING FAZLI HAQIDA

Haq yo‘lida kim sanga bir harf o‘qitmish ranj ila
Aylamak bo‘lmas ado oning haqin ming ganj ila

Ha, azizlar, Hazrat Navoiyning bu so‘zlarida hech qanday mubolag‘a yo‘q. Darhaqiqat, ustozlarimizning haqlari beqiyos. Ular ma’naviyat bog‘ining bog‘bonlaridirlar. Dunyo ularning mehnatlari evaziga oboddir. Oxirat zulmatlari ularning qalblari taratgan ziyo tufayligina bartaraf bo‘lishi mumkin. Binobarin, biz ularni qancha ko‘p ulug‘lasak, e’zoz qilsak, shuncha oz.

Inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar, qaysi soha vakili bo‘lmasin, bilim olish uchun ustozga muhtoj. Shohu gado, yaxshiyu yomon qachonlardir muallim ostonasining soili bo‘lgan. Payg‘ambarlardan boshqa hamma insonlar ilm hosil qilish uchun muallim ostonasini o‘pgan. Insoniyat tarixida faqat payg‘ambarlargina muallim huzurida dars olmaganlar. Chunki ularning ilmlari vahiy asosida hosil bo‘lgandir. Agarchi payg‘ambarlarga zamondosh bo‘lgan johillar va keyingi ayrim ilmni da’vo qiluvchi kishilar, payg‘ambarlarning ta’limotlari oldida ojiz qolganlaridan, ularning, jumladan, Allohning oxirgi elchisi Muhammad alayhissalomning kimdandir dars olganliklarini isbotlashga harakat qilgan bo‘lsalar­da, buni ilmiy asosda tushuntirib bera olmaganlar. Ularning so‘zlari tuhmat, faraz va xomhayoldan nariga o‘tmagan.

O‘rni kelganda shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, ustoz deganda faqatgina diyniy bilmlarni ta’lim bergan kishilarni emas, balki, har qanday foydali ilm o‘rgatuvchi shaxs nazarda tutilishini ham unutmasligimiz lozim. Chunki muqaddas dinimiz ‒ Islomda ilmlar diniy­dunyaviyga ajratilmaydi. Balki, foydali va foydasizga taqsimlanadi.

Insoniyat uchun foydali bo‘lgan har qanday ilm Islomda ardoqlanadi. Alloh taolo Qur’oni karimning bir nechta oyatlarida insoniyatni dunyoni obod qilish uchun yaratganini bayon qilgan va kishilarni borliq haqida tafakkur qilishga, uni o‘rganishga targ‘ib qilgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining hadislarida ilmga targ‘ib qilar ekanlar, ilmni umumiy ma’noda ishlatganlar. Kerak bo‘lgan o‘rinda diniy bilmlarni nomlab aytganlar. O‘zlarining hayotlari mobaynida sahobai kiromlarni, ularning iqtidorlariga qarab, o‘sha davrdagi ilmning turli sohalariga yo‘naltirganlar. Shu bois, har bir musulmon banda dunyoda yaxshi hayot kechirishi uchun undagi narsalarning ilmini o‘zlashtirishi, oxiratda saodatga erishishi uchun unga taalluqli bo‘lgan bilmlarni o‘rganishi lozim.

Shu bilan birga, har bir foydali ilm dunyaviy va uxraviy manfaatlarga ega. Uning qaysi tarafining ustun kelishi esa, insonning o‘ziga, niyatiga bog‘liqdir.

Imom G‘azzoliy o‘zlarining mashhur «Ihyaau ulumiddin» kitoblarida shunday deydilar: «Muallim, ya’ni dunyoni emas, oxiratni qasd qiluvchi oxirat yoki dunyo ilmlari muallimi doimiy uxraviy hayotga manfaat keltiruvchi kishidir. Ammo dunyo maqsadida ta’lim berish bu ‒ halokatdir va halokatga uloqtirishdir».

Demak, insoniyatga manfaatli har qanday bilm o‘rgatuvchi kishi muallim deb e’tibor qilinadi va dinimizda ko‘rsatilgan haq­huquq va e’zozlarga sazovor hisoblanadi.

Imom Suyutiy «Jomi’us sag‘iyr»da keltirishicha, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalam: «Ilm olinglar va ilm uchun viqor va sokinlikni o‘zlashtiringlar hamda muallimlaringizga tavoze’li bo‘linglar», degan ekanlar. Bu hadisni Imom Tabaroniy va Ibn Adiylar Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilgan.

Alloma Munoviy ushbu hadisning sharhida jumladan shunday deydilar: «Chunki ilmga tavoze’ va qunt ila tinglash orqali yetiladi. Tolibi ilmning ustozga tavoze’si oliylikdir, unga bo‘lgan xokisorligi izzatdir, unga bo‘yin egishi faxru iftixordir».

Ulamolar ilmni suvga o‘xshatishadi: ilm ham suv kabi inson uchun hayot manbaidir. Shu bilarga, ilm ham faqat pastga oqadi, yuqoriga oqmaydi. Binobarin, ilm doimo o‘zini past olgan tavoze’li kishigagina yuqadi, mutkabbir, dimog‘dorga ilm naf’ bermaydi.

Ali roziyallohu anhu aytadilar: «Quyidagilar muallimning haqlaridan hisoblanadi: odamlarga umumiy salom berib, unga xossatan salom berishing; uning ro‘parasida o‘tirishing, uning huzurida qo‘l bilan ishora qilmasliging va ko‘z qismasliging; falonchi siz aytgan gapning xilofini ‒ teskarisini aytdi, demasliging; uning oldida birovni g‘iybat qilmasliging; uning oldida hamnishining bilan maslahatlashmasliging;  u o‘rnidan turganida kiyimidan tortmasliging; u charchagan vaqtda biror narsa talab qilmasliging; uning suhbatidan yuz burmasliging».

Ulug‘ muhaddis, hofiz Shayx Aydarus ibn Umar al­Hazramiy o‘zining «Uqudul laal fi asaanidir rijaal» nomli kitobida shunday deydilar:

«Mashoyixlarimiz aytar edilar: «Kimga Alloh taolo ustozlardan ta’lim olish ne’matini nasib etsa, unga ularni doimo yodda tutish, ularning fazilatlarini va foydalarini ommaga yetkazish, haqlariga duo qilish, Allohdan ular uchun rozilik so‘rash kabi ishlar bilan shukr bajo keltirish lozim bo‘ladi. Bu – shogird zimmasidagi eng muhim vazifalardandir. Zotan, ustoz unga otasi bergandan ko‘ra afzalroq bo‘lgan abadiy saodatga yetkazuvchi narsani taqdim etgandir. Binobarin, ustozning hurmati otaning hurmati kabi, balki undan­da yuksakroqdir. Shu bois har bir tolibdan ustozini va unga taalluqli barcha narsalarni ehtirom qilishi, ulug‘lashi va unga nisbatan ulamolarimiz bayon qilgan odoblar bilan munosabatda bo‘lishi talab qilinadi».

Ustozning ota­onadan yuqori qo‘yilishi hech qanday mubolag‘a emas, ‒ deydi ulamolar, ‒ chunki ota­ona insonning osmondan ‒ ruhoniy olamdan yerga tushishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ustoz uning yerdan osmonga ‒ yuksak darjalarga, jannatga yetishishi uchun mehnat qiladi.

Islom madaniyati bu borada faqatgina nazariy ko‘rsatma va tavsiyalar taqdim etibgina qolmay, yuksak darajadagi amaliy namunalarni ham ko‘rsatib bergan.

Qur’oni Karimda «Kahf» surasida Muso alayhissalom bilan Xizr alayhissalom o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qissa hikoya qilinadi. Unda ilm olish shartlari va muallimga nisbatan shogirddan talab qilinadigan odoblar juda ham go‘zal suratda bayon qilingan. Avvalo tolib ilm uchun safar qilishi, mehnat qilishi va buning uchun kerakli choralarni ko‘rishi lozimligi uqtiriladi. Keyin tolibi ilm muallimga nisbatan odobda bo‘lishi, ilm o‘rgatishini iltimos qilishi, uning shartlariga rozi bo‘lishi va bu yo‘lda sabr qilishi o‘rgatiladi. Shuningdek, muallimdan zururatsiz savol so‘ramasligi, uni taftish qilmasligi lozim ekani aytiladi va agar ushbu shartlarga amal qilmasa, ilmdan mahrum bo‘lib qolishi mumkinligi bayon qilinadi.

Qur’oni Karim musulmonlarning ilk avlodi ‒ sahobai kiromlarga yuqoridagi kabi zarbulmasallar yordamida va boshqa ochiq­oydin oyatlar bilan ilm olish odblarini o‘rgatdi: eng ulug‘ muallim Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishlari lozimligini bayon qildi, ularni yer yuzida eng odobli halq etib tarix sahnasiga taqdim etdi.

«Baqara» va «Niso» suralarida ilm olish jarayonida ustozga murojaat qilishda munosib so‘z tanlashga o‘rgatilgan. «Nur» surasida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga boshqalarga qilingandek murojaat qilmaslikka, «Hujurot» surasida u zotning huzurlarida ovozni ko‘tarmaslikka, «Mujodala» surasida u zotga behuda savollar bermaslikka amr qilingan va boshqa bir nechta suralarda ushbu ma’nodagi oyatlar bayon qilingan.

Ilm olish odobining muhimligidan, Alloh taoloning ta’limotlarini insoniyatga yetkazish vazifasini ado etuvchi farishta ‒ Jabroil alayhissalom Muhammad alayhissalom boshliq musulmonlarga ta’lim olish odoblarini faqat nazariy ko‘rsatma tarzida yetkazibgina qolmay, boshqa hukmlardan farqli ravishda, amaliy suratda ham ko‘rsatib bergan. Hazrati Umar roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. Birdan ustimizda oppoq kiyimli, sochlari qop-qora odam paydo bo‘ldi. Unda safarning asari ko‘rinmas edi. Uni birortamiz tanimas ham edik. U kelib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning to‘g‘rilariga o‘tirdi. Ikki tizzasini u zotning ikki tizzalariga tiradi. Ikki kaftini sonlari ustiga qo‘ydi...»

Boshqa bir rivoyatda kelishicha, ushbu kelgan odam birinchi bo‘lib kirishga izn so‘ragani ham aytilgan. Hazrati Umar roziyallohu anhu mazkur notanish kishining bir qancha savol­javoblardan so‘ng qaytib chiqib ketganini aytib, hikoyani shunday tamomlaydilar:

«So‘ngra u qaytib ketdi. Bas, men birmuncha vaqt jim bo‘lib qoldim. So‘ngra u zot sollallohu alayhi vasallam menga:

«Ey Umar, so‘rovchi kimligini bildingmi?», ‒ dedilar.

«Alloh va Uning Rasuli biluvchiroq», ‒ dedim.

U zot sollallohu alayhi vasallam:

«Albatta, u Jabroildir. Sizlarga dinlari­ngizdan ta’lim bergani kelibdi», ‒ dedilar».

Ushbu voqeada farishta Jabroil alayhissalom musulmonlarga bir qancha shar’iy ahkomlarni o‘rgatish bilan birga, ta’lim olish odobini ham ko‘rsatib berganlar va Nabiy sollallohu alayhi vasallam bularning hammasini qo‘shib bir qilib «din» deb ataganlar, deydi ulamolarimiz.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yo‘lga qo‘ygan ushbu ta’limot u zotning izdoshlari ‒ sahobai kiromlar va shu kungacha ularga merosxo‘r bo‘lib kelayotgan ulamolarimizning hayotlarida go‘zal suratda aks etib kelmoqda.

Ulug‘ sahoba, yetuk olim Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhumo yuksak martabaga ega bo‘lib, Rasulullohga yaqin qarindosh bo‘lishiga qaramay, Zayd ibn Sobit raziyallohu anhuga otining uzangini tuta turib, «Ulamolarimizga shunday ehtiromda bo‘lishga amr qilinganmiz», ‒ dedilar. Shunda Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu Ibn Abbos raziyallohu anhuning qo‘llarini o‘pdi va: «Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalamning ahli baytiga shunday muomalada bo‘lishga buyurilganmiz», ‒ dedilar.

Muvaffaq Xorazmiyning «Imom Abu Hanifa manoqiblari» nomli kitobida keltiriladi: «Abu Hanifa rahmatullohi alayhi: «Men ustozim Hammodning hurmatidan uning uyi tomonga hech ham oyog‘imni uzatmadim. Uning uyi bilan mening uyim orasida yettita ko‘cha bor edi. Hammod vafot etgandan buyon qachon namoz o‘qisam, albatta, otam bilan uning haqqiga istig‘for aytaman. Zotan men doimo menga ta’lim bergan yoki biror narsa o‘rgatgan kishi uchun istig‘for aytaman», degan ekanlar.

Abu Yusuf rahmatullohi alayhi: «Men ota­onamdan oldin Abu Hanifaning haqqiga duo qilaman», der edilar.

Imom Shofe’iy rahmatullohi alayhi: «Men Molikning huzurida unga shaqirlashi eshitilmasin deb kitobni ohistalik bilan varaqlar edim», deganlar.

Imom Shofe’iyning shogirdi Robiy’ rahmatullohi alayhi: «Allohga qasamki, Shofe’iy qarab turgan bo‘lsa, suv ichishga jur’at qila olmadim», degan edi.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi shunday degan edilar: «O‘ttiz yildan beri Shofe’iyning haqqiga duo qilib, istig‘for aytmay turib uyquga yotmadim».

Ulug‘ muhaddis, hofiz Ibn Hajar Asqaloniy doimo ustozining ismini aytmay, uni «Imomlar imomi», «Buyuk ustoz» kabi nomlar bilan tilga olar edi.

Ha, azizlar, Islom tarixining oltin sahifalariga zarxal harflar bilan bitilgan bu satrlar afsona emas, balki ayni voqeiy haqiqatdir. Shu bilan birga, bu aytganlarimiz ummondan bir qatra, xolos. Agar bu mavzuda misollar keltirishda davom etadigan bo‘lsak, so‘zimiz doston bo‘lishi turgan gap.

Ming afsuski, bugungi kunda ayrim kishilar, xususan ba’zi yoshlar orasida muallimlarga past nazar bilan qarash, ularni kamsitish holatlari ham uchrab turadi. Bu, albatta, ma’rifatsizlik, axloqsizlik, dinimiz ta’limotlaridan uzoqlikning natijasidir.

Muallimlarni ilmni qadrlamagan, unga muhabbat qilmagan, o‘zini unutgan kishilargina behurmat qilishi mumkin. Qerdaki ilm qadrlansa, u yerda muallimlar ardoqlanadi. Qayerda muallimlar ardoqlansa, u yerda ilm­fan rivoj topadi. Qayerda ilm­fan rivojlansa, u yerda jamiyat farovon bo‘ladi, davlat mustahkam bo‘ladi. Bu haqiyqatni bugungi kundagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar erishayotgan yutuqlar misolida ham ko‘rishimiz mumkin.

Ilm­ma’rifatsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Buning uchun, ma’naviy­axloqiy targ‘ibotlar bilan bir qatorda, moddiy choralar ham ko‘rish lozim. Islom tarixida bu borada ham ko‘plab yaxshi ishlar olib borilganini eslab o‘tish joiz.

Uchinchi xalifa Hazrati Umar roziyallohu anhu bir kuni Madiyna ko‘chalarida o‘ynab yurgan yosh bolachalarni ko‘rib qoldilar. Shunda: «Bundan ko‘ra ular ilm o‘qishsa bo‘lmaydimi?!», dedilar­da, ularga ta’lim beradigan muallimlarni tayyorlab, ularga davlat xazinasidan maosh ajratdilar. Shu bilan birga, shaharlardagi voliylarga ham maktub yozib, ilm ta’limida turgan muallimlarning maoshini ko‘tarish haqida buyruq berdilar.

Ma’lumki, hazrat Navoiy o‘zlarining rahbarliklari asnosida uch yuzdan ortiq masjid­madrasaga asos solganlar. Bir kuni madrasalardan birida fiqhdan dars berayotgan ustozlardan biri u kishining oldiga kirib, uy­joy masalasida muammosi borligini, agar bu muammo xal bo‘lmasa, o‘z yurtiga ketishga majburligini aytdi. Ammo Navoiyning huzurida unga o‘xshash murojaatlar bilan kelgan kishilarning son­sanog‘i yo‘q edi. Haligi muallim o‘zicha «Navoiy mening gapimga «ha» deb qo‘ydi­yu, shuncha odamning ichida mening muammoyim uning esida qolarmidi», deb hisobladi. U o‘z maskaniga borib, mana shu fikrda, uyqusi qochib, mahzun bo‘lgancha o‘yga tolib o‘tirgan edi, birdan eshik taqqillab qoldi. Qarasa, Navoiyning xizmatkorilaridan biri. U hazrat Navoiy muallimni chaqirayotganini aytdi. Navoiy muallimga ajoyib bir shinam va ko‘rkam hovlini tortiq qildi. U bunday shohona bino kimniki ekan, deb surishtirgan edi, hovli Alisher Navoiyga qarashli bo‘lib chiqdi. O‘sha vaqtda Astrobodda hokim bo‘lib turgan buyuk shoir madrasada ilm tahsiliga futur yetkandan ko‘ra, o‘z hovlisini bo‘shatib berishni afzal ko‘rgan ekan.

O‘rni kelganda shuni ham aytib o‘tish joizki, muallimlar yuqorida aytilgan izzat­ehtiromlarga sazovor bo‘lishlari uchun, dinimizda talab qilingan me’yorlaga qat’iy amal qilishlari, ya’ni o‘zlarining mas’uliyatlarini chin dildan, vijdonan ado etishlari lozim. Zero, tolibi ilmlarning biror muallimga nisbatan e’zozda bo‘lishlarida o‘sha ustozning shaxsiyati ham muhim ahamiyatga ega. Shu bois, har bir ustozlik martabasiga ega bo‘lgan shaxs o‘z hayot tarzini, talim uslubini eng buyuk muallim ‒ Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga, ta’lim sohasidagi siyratlariga muvofiq qilishga harakat qilmog‘i lozim. Ammo agar muallimnning o‘zi hali axloqan kamolot kasb etmagan bo‘lsa, insoniy fazilatlarni o‘zlashtirmagan, nafsini tarbiya qila olmagan bo‘lsa, Allohdan qo‘rqish hissidan yiroq bo‘lsa, kiyinish, yurish­turish, gap­so‘z, muomalada odob, iffat tushunchalaridan, dinimiz ko‘rsatmalaridan uzoqlashgan bo‘lsa, u holda, bunday ustoz haqiqiy muallim va murabbiy bo‘la olmasligi ayon, u faqatgina qandaydir ma’lumotlar shahobchasi hisoblanadi, xolos. Zotan, hali o‘zini tarbiya qila olmagan, o‘z shaxsiyatini to‘g‘ri shakllantira olmagan inson qanday qilib boshqalarni tarbiya qila oladi? Qanday qilib buyuk shaxslarni yetishtira oladi? Sir emaski, bugungi yoshlar ana shunday muallimlarga juda ham muhtoj.Biz musulmonlar mana shu haqiqatlarni yaxshi anglab yetishimiz lozim.

So‘zimizni imom G‘azzoliyning quyidagi gaplari bilan tamomlaymiz: «Ta’lim olib, unga amal qilib, so‘ng uni boshqalarga ta’lim bergan kishi osmonlar uzra buyuklik nomini oladi. Zero, u xuddi Quyoshga o‘xshaydi: boshqalarni ham yoritadi, o‘zi ham porloqdir; u xuddi mushkka o‘xshaydi: boshqalarni xushbo‘y qiladi, o‘zi ham xushbo‘ydir. Ammo ta’lim olib, unga o‘zi amal qilmagan kishi xuddi daftarga o‘xshaydi: boshqaga foyda keltiradi, o‘zi esa ilmdan xoli; u xuddi charxga o‘xshaydi: boshqani o‘tkirlaydi­yu, o‘zi o‘tkir bo‘lmaydi; u xuddi ignaga o‘xshaydi: boshqani kiyintiradi­yu, o‘zi doimo yalong‘och; u xuddi pilikka o‘xshaydi: boshqlarni yoritadi­yu, o‘zi kuyib bitadi. Modomiki, kishi ta’lim bilan shug‘illanar ekan, hech shubhasiz, u juda ham buyuk, xatarli va ulkan ishni o‘z zimmasiga olibdi, endi u ta’limning odob va vazifalariga qat’iy rioya qilsin».

Alloh taolodan o‘tgan azizlarimizni O‘z rahmatiga olishini va bizlarni ularga munosib avlod bo‘lishimizni nasib etishini so‘rab qolamiz.