Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

HAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!

Qobil Dusovning ayrim tashabbuslari, jonkuyarliklarini qadrlayman. Baraka topsin, joni bor odam deb bilaman. Ammo ayrim fikr‑mulohazalari juda ham xom va nohaqdir.


HAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!

Sobiq deputat Qobul Dusovga murojaat

Qobil Dusovning ayrim tashabbuslari, jonkuyarliklarini qadrlayman. Baraka topsin, joni bor odam deb bilaman. Ammo ayrim fikr‑mulohazalari juda ham xom va nohaqdir.

Bir necha oy oldin qorilar haqidagi gaplari uchun bir maqola yozgan edim. U kishi o‘shandan yetarlicha xulosa chiqargan deb o‘ylagandim. Biroq, keyingi paytlarda haybarakallachilikka berilishmi yoki boshqami, yana o‘z hududidan tashqariga qadam qo‘yib, ko‘pchilikni sarosimaga solayotganini kuzatib qolyapman. Bu gal oldingidan biroz boshqacharoq so‘zlashga majburman.

Birinchi masala.

Qobil Dusov bir chiqishida imom domlalarni ro‘mol masalasida tashabbus ko‘rsatmaganlikda ayblabdi. Bu gapda bir jihatdan jon bordek. Ammo O‘zbekistonda yashayotgan va o‘zini siyosatdon deb bilgan odamning bu gapni aytishi aslida siyosiy no‘noqlikdan boshqa narsa emas.

Avvalo odamlarga ro‘mol va boshqa shariat hukmlarining asoslarini yetkazgan va hayotlarida ko‘rsatib bergan kishilar aynan imom domlalardir. Buni hamma yaxshi biladi. Ular ayrim vaziyatlarda bu mavzuda gapira olmagan bo‘lsa, bu xalq vakillari ‒ siz deputatlarning ayblaringiz sababidandir. Sizlar oldin odamlar uchun so‘z erkinligi huquqini ta’minlab beringlar, keyin gapirishni talab qilinglar. O‘zlaring o‘zlaring bilan ovorasizlar, xalqning haqiqiy dardini biladigan imomlar bilan umuman ishlaring yo‘q, biror marta kelib, nima gap demagansizlar. Shunday bo‘lsa‑da, saylov paytida imomlar ham sizlarni o‘zlaridan vakil qilib saylagan va har gal saylaydi. Sizlarning esa xayolingiz boshqa joyda, o‘zlaringni bilimdon hisoblab, imomlarni ham, qorilarni ham oyoq uchida ko‘rsatib yurasizlar. Siz kabi deputatlar oldin xalqning so‘zlash va fikr bildirish huquqini yetarlicha himoya qilib beringlar, xalq bilan ishlashni o‘rganinglar, keyin boshqa gapni gaplashamiz.

Qolaversa, so‘z erkinligi deb har mavzuni ortiqcha muhokama qilish ham o‘rinsiz, jamiyat o‘rtasini bo‘lib, aksincha natija berishi mumkin, fitnaga sabab bo‘lishi mumkin.

Sizga oddiy savol: birorta imomning daxlsizlik huquqi poymol etilganda siz uni himoya qilib kurashganmisiz? Birorta ahli ilmga tajovuz bo‘lsa, siz uni oddiy fuqaro sifatida qanchalik himoya qilib bera olasiz? Qaysi deputat o‘zini saylagan qaysi imomning biror kuniga yaragan, ko‘rsatib bera olasizmi?

Ikkinchi masala.

Siz «Hech bir domla gapirmaganda men ro‘molni himoya qildim», debsiz. Birinchidan, aynan 666‑sonli qaror muhokamaga qo‘yilganda men va yana ayrim ahli ilmlar uni birinchilardan bo‘lib ulashib, nima qilishni yozganmiz va shariatning hukmini ham aytganmiz. Ikkinchidan, aslida ro‘molning hukmini ahli ilmlar keragicha yetkazib bo‘lganlar, ularning asl vazifalari, vakolatlari doirasi o‘zi shu, ammo bu huquqni himoya qilish chindan ham xalq vakillari ‒ deputatlarning ishi, domlalarning majburiyati emas. Siz ro‘molni himoya qilganda uni shar’iy jihatdan emas, huquqiy jihatdan gapirgansiz va bu aynan sizning burchingiz va vakolatingizdagi ish edi.

Qolaversa, bir minbardan joiz bo‘lgan gap boshqasida durust sanalmaydi. Men marosimda aytgan hamma gapimni masjid minbaridan gapira olmayman va gapirishim xato ham bo‘ladi. Bir mavzuni imom‑xatib o‘laroq ko‘tarish boshqa, deputat, siyosatchi o‘laroq o‘rtaga tashlash boshqa, oddiy fuqaro sifatida gapirish boshqa. Siz buni farqlashingiz kerak, axir bu oddiy haqiqat. Siz birorta domlani yomonlashdan oldin sizni o‘sha domlaning o‘rniga qo‘ysa, qanchalar so‘zlay olasiz, oldin bir o‘ylab ko‘ring‑da, keyin gapiring.

Masalan, ro‘mol mavzusini bir soha vakilining so‘zlashiga boshqa, boshqa soha odamining gapiga boshqa baho beriladi. Bir gapni qaysidir minbardan to‘g‘ri eshitilsa, boshqasidan o‘zgacha talqin qilinishi mumkin. Bunga o‘xshash nozik jihatlarni siyosatdan so‘zlaydigan odam yaxshi farqlashi kerak aslida.

Bir inson ishchi bo‘lganida gapirgan har gapini bo‘lim boshlig‘i mansabiga o‘tirganda ham gapiravermaydi. Oddiy deputat agar partiyaga rahbar etib saylansa, oldingi erkin so‘zlashi qaysidir ma’noda cheklanadi. Agar hozir sizni biror partiyaga rahbar qilinsa, siz bugungidek erkin gapira olmaysiz, so‘zlaringiz anchagina hisob‑kitobli bo‘lib qoladi, do‘stu dushmanni inobatga olib qolasiz. Shundan o‘zingiz vijdonan xulosa chiqarib olsangiz ham bo‘ladi.

Biz dunyaviy va huquqiy davlatda yashamoqdamiz. Jamiyatda har kimning vakolati va majburiyati o‘ziga xos. Har bir fuqaro, jumladan, imomlar ham o‘z hududlarini bilishlari tabiiy. Buni ham hisobga olish kerak.

Uchinchi masala.

Siz bir gapda xato so‘zlabsiz. «O‘shanda men ro‘molni gapirdim, hamma domlalar jim turdi, endi shariatdan gapirsam, nega bo‘lmaydi ekan?» debsiz. Bu gapni o‘ylab gapirdingizmi?

Sizningcha, musulmonlarning birorta huquqini ko‘tarib chiqqan odam shu bo‘yi shariat olimi deb e’tibor qilinishi va u endi shariatdan xohlagan hukmini aytishi mumkin bo‘ladimi shunda? Bizning birorta huquqimiz haqida bir‑ikki og‘iz baralla gapirganki deputatni, siyosatchini biz o‘zimizga imom qilib, shariatni undan o‘rganishimiz kerakmi endi? Qiziq ekansiz‑ku.

Siz bir muammoni gapirdingiz va boshqalar ham gapirdi, tashabbuslar uchun tashakkurlar, ammo hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Buni o‘zingiz ham yaxshi bilasiz. Agar o‘sha qarorni bekor qilinishiga erisha olganingizda ham bu haqda qilgan tashabbusingiz bilan biroz maqtansangiz, balki o‘rinli bo‘lardi. Hali hech narsani bitirmay turib, urmasdan boshni yorish nimasi?

To‘rtinchi masala.

Endi so‘ngi kunlarda o‘zingizning qandaydir tushunchalaringizdan kelib chiqib, ribo haqida ham fatvo bervoribsiz. Qoyil! Siz hali bittagina ro‘mol o‘rash huquqini hal qilmay, shu haqda bir‑ikki bor gapirganingiz uchun shunchalar jur’atga ega bo‘lsangiz, Alloh ko‘rsatmasin, agar musulmonlarga tuzukroq xizmat qilib qolsangiz, shariatni o‘zingiz yozib bera qolasiz ekanda‑a? Uka, sizga nasihatim, haddingizni biling va odamlarning gap‑so‘ziga, olqishiga mahliyo bo‘lmang, adashib qolasiz. Shariatdan so‘zlash uchun o‘zingizni hech ham haqli bilmang. Siz o‘z ishingizni qiling, imkoniyatingiz darajasida musulmonlarni siyosiy jihatdan himoya qiling, huquqlarini o‘rgating, himoya eting, xizmat qiling, baraka topasiz. Ammo shariat ishiga, din ahkomlariga aralashmang.

Ribo haqida bir‑ikkita odamning gapini eshitib, yoqtirib qolib, o‘shani ommaga taqdim qilish havoi nafsga ergashish bo‘ladi. Bu kabi nozik masalada shariatning hukmini so‘zlash uchun shu mavzudagi aksar dalillarni va fatvolarni o‘rganib chiqish lozim. Siz esa bitta‑yarimta odamning gapini ko‘tarib yuribsiz va o‘zingizga shariat ishida o‘ta katta baho berib yuboribsiz.

Ribo harom, uni hech kim halol qilib bera omlaydi. Diniy idora 100 ta fatvo chiqarsa ham, ribo halol bo‘lib qolmaydi. Chunki u Qur’on va Sunnatda ochiq ta’qiqlab qo‘yilgan. Buning hikmatini bugun musulmonlar qolib, boshqalar yaxshiroq anglab turibdi. Shariatdan tashqarida kim nima qilsa, o‘zi biladi. Ammo shariat bu mavzuda o‘z so‘zini qat’iy aytib bo‘lgan, nuqta qo‘yilgan.

Siz musulmon odam ribo bilan bo‘lsa ham boyishi kerak, boshqalar foydalanib boyib ketyapti‑ku, odamlar qiynalyapti va hokazolar, deb ancha vaj keltiribsiz. Bu gaplar o‘zini oqlamaydi. Iqtisodchilarning fikricha, ribo iqtisodiyotni battar cho‘ktiradi. Faqat ayrim taraflar undan foyda ko‘radi. Riboda riboxo‘rlar boyib, boshqalar kambag‘allishib ketaveradi. Shuning uchun ribodan katta davlatlar boyigandan boyib, boshqalar esa qarz ustiga qarzga botib boraveradi. Keyin ribo rosa shishib ketgandan keyin, bankrotlik e’lon qilinib, kimlardir qurbon qilinadi. Mutaxassislar fikricha, so‘nggi o‘n yilliklarda takrorlanayotgan iqtisodiy inqirozlarning asli aynan shunday yuz bermoqda. Hatto dunyodagi ayrim urushlarga ham aslida riboning kemtigini yopish muammosi sabab bo‘ladi degan fikrlar bor.

Bilasizmi, ribo nega harom? Chunki u evazsiz mol. Islom iqtisodiyotida pul daromad manbai hisobanlanmaydi, balki pul keltirgan manfaat daromad manbai hisoblanadi. Kapitalga asoslangan iqtisodiyotda esa pulning o‘zi daromad manbai sanaladi va shuning uchun har qanday sharoitda foiz ustamasi mavjud bo‘ladi. Buning samarasi shundaki, riboda pul foyda keltirmasa ham, hatto ishchi ishlab zarar qilgan bo‘lsa ham, pul egasiga belgilangan daromad aytilgan vaqtda topshiriladi. Holbuki, voqelikda uning asli yo‘q. Bu yo‘q foydadan ulush berishdek gap. Natijada o‘z‑o‘zidan bo‘shliq paydo bo‘ladi va bu pufak kimningdir boshida yoriladi. Islom bankida esa aniq foydadan daromad undiriladi va bunda hech kim yutqazmaydi, chunki daromad voqelikka mutanosibdir.

Siz agar shunchalar halqning iqtisodiy yuksalishini o‘ylasangiz, Muftiy Hazratga riboga yo‘l topish maslahatini berish o‘rniga, Vazirlar Makhamasiga, Markaziy  Bank rahbariyatiga Islom banklarini yurtga kiritish bo‘yicha murojaat qiling. Ana shunda siz o‘z ishingizni qilgan bo‘lasiz va xalqning halol pul topish huquqi uchun kurashgan bo‘lasiz.

Beshinchi masala.

Siz ko‘proq o‘z sohangizdan boshqa sohalardagi muammolarni og‘iz to‘ldirib gapirasiz, ammo o‘z sohangiz ‒ siyosat maydonidagi, deputatlarning faoliyatlaridagi muammolar va boshqalar haqida tuzuk quruq to‘xtalmaysiz. Nega shunday?

Aslida siz avval o‘z sohangiz, o‘z hamkasblaringizni isloh qilishdan ishni boshlasangiz to‘g‘ri bo‘ladi. Zero, jamiyatdagi aksar muammolar ana o‘sha nuqtadan kelib chiqmoqda. Sizga masalahat shuki, siyosatshunosman dedingizmi, shu sohani yaxshi o‘rganing, Islomning ushbu mavzuga oid hukmlari bilan tanishing va faqat muammolarni sanab ketavermay, aniq va voqeiy yechim bering. Deputatlaringizni uyg‘oting, xalq bilan ishlashga o‘rgating, yeganini halollab yeyishlarini uqtiring, sohangizni ichidan isloh qilishga hissa qo‘shing.

Xalq uchun chin dildan xizmat qilmoqchi bo‘lsangiz, oshkorasidan ko‘ra maxfiysini ko‘paytiring va eng muhimi ‒ o‘z ishingizni qiling, mutaxassisliginggiz bo‘lmagan sohaga aralashmang, shunda o‘zingiz uchun ham, boshqalar uchun ham eng katta yaxshilik qilgan bo‘lasiz.

Shariatdan so‘zlaydigan kishilar yetarli. Diniy idorada fatvo bo‘limi bor, o‘z ishini qilyapti. Sizlar ham o‘z jabhangizdan turib xalqqa xizmat qilinglar, har ishga burun suqavermanglar.

Men sizning hamma chiqishingizni ham kuzata olmayman. Ayrim ko‘zim tushganlaridan olgan ma’lumotlarim asosida sizga ayrim mulohazalarni aytgan bo‘ldim. Shulardan yetarli xulosa chiqara olasiz deb umid qilaman.

Bu gaplarni o‘zingizga aytishim ham mumkin edi, ammo chiqishlaringiz ommaviy bo‘lgani uchun javobni ham shu o‘zandan yuborishni lozim topdim.

Alloh taolodan tavfiqu inoyat va xayli ishlaringizga omad so‘rab qolaman.