Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

SHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARS

2015 yilning mart oyi. Payshanba kungi dars. Ibn Nujaym rahmatullohi alayhning «Al-ashboh van-nazoir» kitobidan dars bo‘ldi. Darsdan keyin ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ustozlardan biri hazratga murojaat qilib qoldi: «Hazrat, bir shogirdim bor edi, anchadan beri ko‘rmas edim, kecha yig‘lab kelibdi. Ha desam, bir tush ko‘ribdi. Tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Sen Movarounnahr muftiysining huzuriga borgin» deb, sizni ko‘rsatibdilar. Bu tushdan to‘lqinlanib, yig‘idan o‘zini to‘xtata olmay, oldimga kelibdi...»


SHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARS

yoxud «musulmon bir teshikdan ikki marta chaqilmaydi»

2015 yilning mart oyi. Payshanba kungi dars. Ibn Nujaym rahmatullohi alayhning «Al-ashboh van-nazoir» kitobidan dars bo‘ldi. Darsdan keyin ko‘pchilikka tanish bo‘lgan ustozlardan biri hazratga murojaat qilib qoldi: «Hazrat, bir shogirdim bor edi, anchadan beri ko‘rmas edim, kecha yig‘lab kelibdi. Ha desam, bir tush ko‘ribdi. Tushida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Sen Movarounnahr muftiysining huzuriga borgin» deb, sizni ko‘rsatibdilar. Bu tushdan to‘lqinlanib, yig‘idan o‘zini to‘xtata olmay, oldimga kelibdi...»

Hammaning nigohi hazratda edi. U kishi bir zum to‘xtab turdilar-da, beparvogina: «Ha endi, tushga nimalar kirmaydi» deb, hammaning diqqatini bo‘lib, gapni boshqa mavzuga burib yubordilar.

Hamma chiqib ketgach, bir-ikkita domlalar bilan biz yana ayrim savollar yuzasidan yonlarida qoldik. Shunda sheriklarimizdan biri: «Hazrat, siz haqingizda ayrim odamlar juda bo‘lmag‘ur, tuhmat gaplarni gapirishyapti. Shunga bir nima desakmikin?» deb so‘rab qoldi. Hazrat odatdagi javobni berdilar: «Odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoqalaridan tortib, u zotni malomat qilishgan. Sarvari koinotga «Sen adolat qilmading», deb ta’na qilishgan. Biz kim bo‘libmiz?.. Agar ularga javob berish bilan band bo‘lsak, boshqa zarur ishlarimiz qolib ketadi. O‘zi ayrim odamlar dinga xizmat qilayotgan kishilarni chalg‘itish uchun ham aynan shu uslubni qo‘llaydi. Bittasi menga 100 tacha savol yuboribdi, hammasi befoyda tortishuvli gaplar, ularga javob berib chiqsangiz, yana nimadir topadi...»

Tuhmatchilarning gaplaridan ranjib turgan domlamiz fikrini ochiqlab, «Lekin ayrim kishilar haqiqatni bilmagandan yanglishib, ketib qolishyapti-da», dedi. Shunda hazrat: «U holda haqni yetkazish uchun biror maqola shaklida, ilmiy asosda javob berib qo‘yish kerak, shu kifoya. Qolganini odamlar o‘zi ajratib oladi. Behuda gaplarga parvo qilmanglar, tortishib vaqt o‘tkazmanglar, ular o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi, hammasi yaxshi bo‘ladi, inshaalloh», dedilar.

Ustozning darslarida oxirgi ishtirokimiz shu bo‘lgan ekan. Oradan besh kun o‘tib, u zot vafot topdilar. Alloh rahmatiga olsin. O‘sha nasihatlari bizga go‘yo vasiyatdek bo‘lib qoldi. Ana shu e’tibordan yaqin kunlarda ko‘tarilgan bir mavzu haqida ayrim mulohazalarni bayon qilishni lozim topdim. Sababi ‒ bu mavzuni ochiqlab qo‘yishni ayrim ahli ilmlarimiz va bir qator muxlis musulmonlarimiz ham ta’kidlab eslatmoqdalar.

Shayx hazratlari «Hizbut-tahrir» degan partiyaning kirdikorlari va adashuvlarini bayon qilish uchun «Din – nasihatdir» nomli kitob yozgan edilar. Bu asar juda ko‘p odamning ko‘zini ochib, dinning mohiyatini tushunishiga turtki bo‘lgan. Yuzlab, minglab insonlar behuda harakatlarini to‘xtatib, foydali ish bilan mashg‘ul bo‘ldi, oila bag‘riga qaytib, farzandlarini ilmli, hunarli qilib tarbiyalashga kirishdi. Buni hamma biladi.

Bu boradagi minglab misollardan birini eslasam.

Bizning yaqinlarimizdan birining uchta o‘g‘li «hizb»ga kirib, birin-ketin qamalgan edi. O‘zi ibodatda bo‘lsa-da, ilmsiz odam bo‘lgani uchun farzandlarining dindan deb gapirgan fikrlariga e’tiroz bildirishga cho‘chir ekan. Ammo hayotga, voqelikka zid bo‘lgan bu tumtaraqay falsafalardan ko‘ngli taskin topmas, aqli qabul qilmas ekan. «Din nasihatdir» kitobini o‘qigach, o‘sha istagan narsasini topibdi va qalbini qiynab turgan ko‘plab savollarga javob olibdi. Bir kuni ko‘zida jiqqa yosh bilan menga shunday deb qoldi: «Hazratdan Alloh rozi bo‘lsin, mana bu haqiqiy din, haqiqiy ilm. Ruhingiz oziqlanadi. Ammo bir narsadan xafaman: shayx shuncha haqiqatlarni bilar ekan, shu kitobni nega oldinroq yozmadi? Agar shunday bo‘lganida, balki o‘g‘illarim hayotini bunday zoye qilishmasmidi...»

Men u kishiga «Hammasi qazoi qadar ekan... Hazrat ham dastlab muammoning ko‘lamini payqamagan bo‘lishlari mumkin, keyin vaziyat murakkablashib, talofat kattarib ketayotganini ko‘rganda yozganlar-da...» deganga o‘xshash gaplar bilan yupanch aytgan bo‘ldim.

Shayx hazrat o‘zlari aytib bergan edilar. Bir-ikkita mas’ullar u kishining huzuriga kelib, «hizb»chi yigitlar hamma xodimlarni kofirga, hatto imom-domlalarni ham tog‘utga chiqarib, o‘ta radikal bo‘lib ketganini aytib, «Taqsir, biz bularni qamab o‘tirishni istamaymiz, ammo ularni bu ahvolda qo‘yib qo‘ya olmaymiz ham, chunki ularning fikri mamlakat tinchligiga rahna soladi. Ularga xatolarini din yo‘li bilan tushuntirsa bo‘lmaydimi? Axir Islom bunday din bo‘lmasa kerak?» degan ma’noda murojaat qilishadi. Hazrat bu partiyani yaxshi bilganlaridan, dunyoning boshqa joylarida ham faqat muammo tug‘dirib yurganidan xabardor bo‘lgani uchun, ularning tasarruflari shariatga zid ekanini bayon qilish lozimligi uchun bu borada bir risola yozishga kirishadilar. Kitobni o‘qigan qalbi ochiq odam u yerdagi har bir gap shariatga, haqiqatga asoslanganini, katta g‘am bilan, samimiy yozilganini anglaydi.

Hazratning hamma kitoblari ham elning dardiga davo bo‘lgan, lekin mana shu kitob hammasidan ham ko‘proq malham bo‘lganini aql-hushli odamlar juda yaxshi bilishadi. Ammo inson unutuvchan bo‘ladi, ko‘pchilik bir yoqlama qarashga moyil bo‘ladi. Ayniqsa, insonlarning tuyg‘ularini suiste’mol qiladigan toifalarning ta’siriga tushgan odamlar voqelikni to‘g‘ri baholay olmaydilar. Shu e’tibordan ayrim haqiqatlarni aytishni lozim topdim.

Avvalo shuni bilish kerakki, «hizbut-tahrir» – bir siyosiy partiya, xolos. U din emas, shariat emas. Ular dinni, islomiy ilmlarni o‘rgatadigan birorta madrasaga ham ega emas. O‘sha partiyaning manbalari ham buni ta’kidlaydi. Shu bois, ichlarida ulamolar e’tirof etadigan birorta olim yo‘q. Ammo bizning odamlar uzoq yillik dinsizlik sababli diniy ilmlardan uzoqlashib ketgani uchun kim Islomdan, Allohdan gapirsa, uni o‘ziga shayx deb olaveradi, gapini din deb qabul qilaveradi. Ustiga ustak, nari borsa, oddiy bir talaba bo‘lgan odamlar o‘zlarini «Shayx Fuloniy» deb nomlaydigan bo‘lib olishgan.

Xo‘sh, shayx Muhammaad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mazkur asarda «hizbut-tahrir» partiyasiga tuhmat qilganmilar?

Ushbu da’voni qilgan bir «janob» shayx hazratlarini xiyonatda ayblab, og‘ziga kelgan haqoratlarni qilibdi. Bu borada shayx hazratlarining kitobidan boshqa biror kitobni o‘qib ko‘rmagan odamlar bu gaplardan biroz o‘ylanib qolyapti yoki anavi ahmoqqa qo‘shilib, oh-voh qilib yotibdi. Aslida «hizb» haqida «Din nasihatdir» kitobida berilgan ma’lumotlar arab, rus tilidagi adabiyotlarda juda ham mashhur bo‘lib, hech biri osmondan olingan emas, to‘qib ham chiqarilmagan, balki aynan partiyaning o‘z rasmiy manbalaridan olib keltirilgan. Bu partiyaga raddiya sifatida bir qator kitoblar yozilgan bo‘lib, Islom olamidagi firqayu mazhablarga bag‘ishlangan qomuslarda ham bu mavzuda yetarlicha ma’lumot topsa bo‘ladi. Ammo «hizbut-tahrir» mas’ullari o‘zlarining manbalarini hamisha tahrir qilib, o‘zgartirib turishadi, keyin esa oldingi gaplariga raddiya berganlarni tuhmat qilganlikda ayblab turaveradi. Arab tilini bilganlar ushbu partiya haqida internetni qidirib ko‘rsa, bu gaplarga o‘zlari guvoh bo‘lishlari mumkin.

Ular gapni aylantirib, o‘z manbalarini ikkiga bo‘lib qo‘yishgan. Bu – g‘irt qalloblik. «Falon odaming bunday debdi» desangiz, bu o‘sha a’zoning ijtihodi, bu uning fikri, deydi. Xo‘sh, unday bo‘lsa, nega uning bu gapini saytlaringda tarqatib yotibsizlar, desangiz, «bu fikr erkinligi» deb, yana gapni olib qochadi. Aslida esa agar uning gapini qabul qilmasa, ijtihodini noto‘g‘ri deb bilsa, musulmonlarni ahmoq qilish o‘rniga, uning noto‘g‘riligidan boshqalarni ogohlantirishi kerak emasmi? Ijtihodni ijtihod bilan rad etish kerak-ku! Yo‘q, ular odamlarni ahmoq qilishda davom etaverishadi, musulmonlarni o‘z nog‘orasiga o‘ynataverishadi. Ularning bunga o‘xshash hiylakor, tuturuqsiz tasarruflari juda ko‘p.

Hazratga nisbatan tuhmat qildi deb aytilgan har bir gapga raddiya berib, manba ko‘rsatib chiqishga vaqt ziqligi to‘sqinlik qildi. Qolaversa, bu toifaning odamlari dalil nimaligini ham yaxshi tushunmaydi, haqiqatni tan olmay, gapidan tonib ham turaveradi. Shunday bo‘lsa-da, internetdan qidirsam, hozir ham bu borada arab tilida yozilgan ma’lumotlar yetarli ekan (buni ilgari ham ko‘rgan edim), til bilganlar internetdan ularning fatvolarini va ularga berilgan raddiyalarni ko‘rib olishlari mumkin. Hammasi nashrlarning raqamlari bilan ko‘rsatilgan. Balki boshqa ahli ilmlarimiz buning bayoniga imkon topsalar, ajab emas. Men o‘z sharoitimdan kelib chiqib, o‘zim bilgan ayrim gaplarni aytib, shundan xulosa chiqarishga va qiziqqanlar kerakli manbalarga murojaat qilishlariga ishora qilish bilan cheklanmoqchiman. Maqsad ‒ bu yolg‘onga avval bir marta aldangan mo‘minlarni ilon o‘sha teshikdan yana zaharlamasin.

Bu «hizb» a’zolari «Xalifa muslimon bo‘lishi shart emas», degan gapni o‘z manbalarida ochiq ham aytgan, ishora bilan ham aytgan. Bu borada ularning eng asosiy kitoblaridan biri bo‘lgan «Islom nizomi» degan kitobda umumiy mazmundagi matn ham bor. Ular «Boshqaruvchining kim bo‘lishi muhim emas, nizom islomiy bo‘lishi muhim», deyishadi. Bu gapni ularning vakillaridan o‘z qulog‘im bilan eshitganman. Ularning bu gapi din talablariga emas, quruq aqlga suyangan.

«Hizb»ning adabiyotlarini o‘qisangiz, birinchidan, ularda muayyan usul, uslub yo‘qligiga, ikkinchidan, gapni aylantirib, turli ehtimollarga tortadigan gaplarni qo‘llashlariga guvoh bo‘lasiz. Shuning uchun oddiy odam bu xatoni ilg‘ay olmay, chalg‘ib qoladi. Masalan, «Mahdiy chiqishi haqidagi hadislarni qabul qilish mumkin, ammo ohod bo‘lgani uchun ularga ishonish gunoh», deyishadi. Ular mana shu tuturuqsiz uslublari bilan qabr azobini ham inkor qilishadi. Bu gapdagi ziddiyatni sharhlashga hojat bo‘lmasa kerak. E’tiroz bildirsangiz, «Ahli sunna olimlari ohod xabarni aqiydaga olmaymiz, deyishgan, bu gap mana shu usuldan kelib chiqqan», deyishadi. Aslida esa ahli sunna ulamolari aqiydaning far’iy masalalarida ohod hadislar ham olinishini, ammo zonniy xabarlar yaqiynni anglatmasligini aytganlar, biroq unga ishonishni gunoh demaganlar va qabr azobi haqidagi hadislar ma’nan mutavotir ekanini ta’kidlaganlar. Ko‘ryapsizmi, bu umuman boshqa gap, orada yer bilan osmoncha farq bor. Ammo ilmsiz odamlar bu farqlarni ajrata olmay, hizbchilarning diydiyolariga ishonib qoladi. Shuni ta’kidlashni istardimki, men bu yerdagi so‘zlarni o‘zimcha aytayotganim yo‘q, bu gaplar ularning kitoblarida ham bor, qolaversa, bu gaplarni ularning ayrim yetakchi a’zolaridan ham eshitganman, bahslashganman.

Nomahram bilan qo‘l berib ko‘rishish joizligi haqida ular alohida risolalar ham nashr qilishgan, o‘sha risolalar bundan yigirma yilcha muqaddam Andijonda tarqatilgan. Men uni o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman, o‘qiganman. Adashmasam, 1994-1995 yillarda ular hali «hizb»chi bo‘lib tanilmagan paytlar edi. Andijondagi ulardan ta’sirlangan ayrim odamlar «hizb»ning behayo kinolarni ko‘rish joizligi haqidagi arabcha kitoblarini ham tarqatishgan. Ammo bu ishni nihoyatda ehtiyotkorlik bilan, tor doirada qilishgan.

Biladiganlar eslasa kerak. O‘sha paytlarda Andijondagi «Jome’» masjidi imom xatibi Abdulvaliy qori aka o‘zlarining bir safarlari asnosida «hizb»chilarning vakillari bilan bo‘lib o‘tgan munozarani aytib bergan va bu ma’ruza juda ham mashuhr bo‘lgan (u kishi bu «hizb»ga qarshi bo‘lishiga qaramay, ko‘p shogirdlari unga o‘tib ketgan). Munozarada «hizb»chilar (bu hodisa, adashmasam, Iordaniyada bo‘lgan) yalang‘och suratlarga qarash joiz deb da’vo qilishgan. Imom-domla buning haromligi haqida shar’iy dalillar keltirsa, ular turli vajlar bilan qabul qilmay, «Yo‘q, bu narsa rasm, xolos. O‘sha narsanging asli emas, aksi. Aslga qarash joiz emas. Lekin bu aks, uni tomosha qilsa bo‘ladi», deb javob berishgan. Shunda u kishi doimgidek hozirjavoblik bilan: «Unday bo‘lsa, keling, onangizning yalang‘och suratini xonaga ilib qo‘yaylik, axir bu asl emas, rasm-ku», degan. Shunda ular mot bo‘lib, lom-mim deya olmay qolishgan.

Aytmoqchimizki, bu gaplar «hizb»ning vakillari o‘rtasida rosa ma’lum va mashhur bo‘lgan. Ammo bular do‘ppi tor kelganda hamma narsadan tonib turaveradi, uyalmaydi. Xuddi shu holatni shayx hazratlariga o‘zicha loy otayotgan anavi yuzsiz tentakda ham ko‘rish mumkin. «Gapimni isbotlay olmasam, qaytib meni ko‘rmaysizlar», degan odam ertasidan bezrayib tuhmatda davom etib turaveradi. Portal kutubxonasida beppa-bekorga, oppa-ochiq turgan kitob haqida: «Bu kitobni ular o‘chirib yuborishgan, men saytdagi maqolasidan topib, hozir sizlarga xatolarini ko‘rsatib beryapman», deb valdiraaydi. Bu bola yo ko‘rib turgan narsasidan ham tonadigan o‘ta ketgan kazzob, yoki uning ruhiy holatida qandaydir muammo bor.  Lekin shunda ham uni eshitayotganlarga qoyil! Essiz umr!

«Hizb»ning aqiydadagi, fiqhdagi adashuvlari o‘zi bir olam bo‘lsa, ularning ruhiy tarbiyadan, axloqdan butunlay mosuvoligi bu toifaning adashgan ekaniga yetarli dalil bo‘ladi. Gaplari faqat fikr, siyosatdan iborat, axloq-odob, dinning mag‘zi bo‘lgan ubudiyat ruhi umuman yo‘q. Eng achinarlisi, o‘sha fikr va siyosat ham o‘ta sayoz, qotib qolgan, xayoliy. Kitoblarini o‘qisangiz, haqiqiy ulamolarning asarlaridan olinadigan ruhiy ozuqa yo‘q, «din» niqobidagi yangicha bir ta’limot, faqat fikriy bahslar, qoq-quruq, tumtaroq baqir-chaqir gaplar. Ozgina tartibli ilm olgan kishi ham bu gaplar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan kelayotgan din emasligini, Allohning so‘nggi vahiysi emasligini darhol payqaydi.

«Hizb»chilarning manhajdagi adashuvlari esa kundek ravshan. Bu partiyaga asos solinganiga 70 yil bo‘ldi. Ulardan so‘rang-chi, qachon qayerda nimani qoyillatishibdi? Oradan bir-ikki avlod o‘tib ketdi, lekin aytgan da’volari amalga oshishiga sal-pal yaqin keladigan natijaga ham erishganlari yo‘q. Biroq, yana o‘sha osmono‘par da’volarda davom etib ketaverishadi. Boshqalarning ilmiy harakatlari orqali odamlar dinini o‘rganib, diyonati kuchayyapti, Allohni tanib boryapti. Ammo bularda quruq balandparvoz gaplar, amalda esa hech vaqo yo‘qligi yetmaganday, o‘zidan boshqalarni obro‘sizlantirishdan ham charchashmaydi. Quvayt fuqaholari 30-40 yillik ilmiy harakat bilan mamlakatdagi qonunlarning 80 foizini Islom shariatiga muvofiqlashtirishdi. Ammo bular 70 yil ichida qayerda Islomning qaysi hukmini tatbiq etishdi ekan? Bularning fikrlari kirgan joy faqat xarob bo‘ldi, yoshlarning umri xazon bo‘ldi, ummatning quvvati behuda mafkura bilan, xayolparastlik bilan sovurildi, jamiyat parokanda bo‘ldi va hokazo...

Sababi oddiy: aqiyda ham, yo‘l ham noto‘g‘ri, manhaj ham nabaviy siyratga tamoman zid.

Bular doim faqat g‘o‘r, dinu dunyodan bexabar odamlarni ovlab, tentiratishadi. O‘sha yigirma yilcha avval, bizda ularning «da’vati» rosa avjiga chiqqan paytlarda xalqimiz tashqi dunyodan bugungidek xabardor emas edi, ko‘pchilik dunyoning siyosatidan ham bexabar edi. Bular esa dam-badam bitta gapni tarqatishadi: «Tezroq hizbga xizmat qilib qolinglar, yaqinda xalifalik tiklansa, bu imkoniyat bo‘lmaydi, savob olib qolinglar». «Iye, xalifalik saylovi qachon ekan?» desangiz, «Shu, kelasi oylarga. Uzog‘i bilan ikki oy ichida. Aytishlaricha, hozir butun dunyo bo‘yicha hizbning eng kuchli tayanchi O‘zbekistonda bo‘lyapti ekan, xalifalik markazi vodiyda bo‘lar ekan», deyishar edi. Shu gapga o‘zlari ham chippa-chin ishonishardi. Eng qizig‘i, bu aytgan gaplari amalga oshmagach (o‘zi amalga oshmasligi ham aniq edi), yangi yolg‘on to‘qishadi: «Eh, kechagi kuni Falonchi bilan Pistonchining uchrashuvida shunday gap bo‘lib o‘tibdi, shunga xalifalik keyingi oyga qoldirilibdi», deyishardi, boyagi kallasi qotgan bechoralar bu yolg‘onga ham yana ishonib ketaverishardi. Mana shunaqa yosh bolacha gaplar bilan qancha yigitlarning umrini xazon qilib, aslida yaxshi niyatli bo‘lgan odamlarni yo‘ldan ozdirishdi, ixlosini, g‘ayrat-shijoatini ko‘kka sovurishdi.

Eng ajablanarlisi, «hizb»chilar o‘zining dunyodagi eng muvaffaqiyatsiz partiyasini din deb, e’tiqod deb, ergashish vojib bo‘lgan yo‘l deb da’vo qilishadi. «Qanaqasiga?» desangiz, «Chunki hozirda Islom ahkomlarini hayotga tatbiq etishning yagona yo‘li shu», deyishadi. Bu ham yolg‘on. «Qani, qayerda, qaysi hukmni tatbiq qildinglar?» desangiz, hech narsa yo‘q.

O‘zingiz insof bilan o‘ylab ko‘ring, o‘zidan boshqa hamma musulmonni zalolatda deyayotgan, bir narsa desangiz, «Odam bunday desa, dindan chiqadi» deb, takfir bilan tahdid qilayotgan, xatosini aytgan odamni xoinga chiqarayotgan, dinda ham, siyosatda ham o‘taketgan no‘noq shu jamoa bugungi dunyoda bir yarim milliard musulmonga rahbar bo‘la oladimi? Ular shu ishni uddalay oladi deb ishonasizmi? O‘zi ular shunga haqlimi? Siz o‘zingizning, farzandlaringiz hayotini shu odamlarga topshira olasizmi?

Da’voni hamma ham qilaveradi. Kommunistlar ham odamlarga shu dunyoning o‘zidagi jannatni va’da qilgan edi. Holbuki, butun mamlakatni do‘zaxga aylantirishdi. Shu bois, da’volar, shiorlar emas, amal va natija muhim. Din g‘amidan gapirgan, muammolarni bir chetdan sanab bergan har kas ham haqgo‘y, haqparvar bo‘lavermaydi. Ovozini qo‘yib, yig‘lamsirab gapirganki da’vatchi najotkor bo‘lavermaydi. Hatto musulmonlarga chindan joni kuyib, ixlos bilan bor vujudini fido qilishning o‘zi ham yetarli emas. Haqiqiy rahnamo bo‘lgan odamda o‘sha muammoning aniq yechimi ham bo‘lishi kerak. «Yechim Islomda» degan shiorning o‘zi bilan hech narsa hal bo‘lmaydi, buni ularsiz ham hamma biladi. Shuning uchun ham biz «Hizbut-tahrir hayotga yechim bera olmaydi, chunki u Islom dini emas», deymiz.

«Hizb»chilar odamlarning ehtirosini, ayniqsa, diniy his-tuyg‘ularini qo‘zg‘ashga usta, xolos. Ular shu yo‘l bilan o‘z fikrlarini yoyishga urinishadi, bu yo‘lda insonlarning ruhiy quvvatini suiste’mol qilishadi. Ular shu yo‘l orqali jamiyat bilan davlat o‘rtasini buzib, bir butun xalqni bo‘laklarga bo‘lib tashlaydi, quvvatini bir-biriga qarshi sarf etadi. Bular xalqimizning bir avlodini yeb bitirdi, boshqa joylarda ikkita avlodni ahmoq qildi. Endi yana nimani da’vo qilishadi, tushunmaysiz. Ular-ku, ingliz yurtidagi markaziga tobe’, o‘sha «qibla»laridan nima sado kelsa, o‘shani tarqatib yuraverishadi. Ammo ularning shu siyqasi chiqqan, befoyda safsatasiga quloq solayotgan odamlarga hayronsan, bularga nima bo‘lgan? Mo‘min kishi ham shunchalar farosatsiz bo‘ladimi?

«Hizb»chilarning gap-so‘zini eshitsangiz, rosa siyosatdon, dovyurak arslondek ko‘rinishadi. Ammo aslida holatlari tamoman buning aksi, siyosatda ham, jasoratda ham go‘dak, kamiga voqelikka zid. Shuning uchun hamma joyda muammo keltirib chiqarishadi, ammo hech qachon hech qanday muammoni hal qilishmaydi.

Bu partiya har qaysi mamlakatda o‘sha yerning odamlarining saviyasiga qarab ish yuritadi. Bu ham ularni qandaydir jamiyatshunoslar boshqarishiga ishora bo‘lsa kerak. Bundan yigirma yilcha oldin bizning odamlar dunyo axborotidan deyarli bexabar yashar edi. O‘sha paytda jahon axborotida yoki internetda tarqalgan birgina siyosiy xabar, masalan, Iordaniya prezidenti bilan Fransiya mas’uli o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv tumtaraqay «hizb»cha xomxayollar bilan izohlangan varaqani tarqatishni din-diyonat, Alloh yo‘lidagi jihod deb uqtirib, qancha yoshlarni ahmoq qilishardi. Holbuki, internetni bilgan odam bu xabarni o‘tirgan joyida jimgina o‘qib qo‘yishi ham mumkin edi. Ammo bular xalqning savodsizligidan ustalik bilan foydalanishar edi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam birgina Yosirning oilasiga talofat yetgach, musulmonlarning jonu mollarini himoya qilish uchun Habashistonga hijrat qilishga buyurganlar. Oshkora da’vat ta’qiqlangan paytda sahobalarni maxfiy qabul qilib, ularga Qur’on o‘rgatganlar. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu Makkada baralla Qur’on o‘qib, mushriklar tarafidan kaltaklangach, yana chiqmoqchi bo‘lganida, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunga ruxsat bermaganlar. U zot birgina «Alloh yagona» degan so‘zni yetkazishda shunchalik ehtiyotkorlik qilganlar. Chunki u zot bir insonning hayotini yengil sanamaganlar, odamlarning tinchligi, salomatligi bilan o‘ynashmaganlar. Ammo bu «hizb»ning da’vatchilari o‘zlari dunyoning qaysi bir burchagidagi ofisda o‘tirvolib, bu yoqdagi yosh musulmonlarning hayotini barbod qilishda davom etaverishadi va bundan uyalishmaydi ham. Har zamonda bir haqni aytayotgandek baqir-chaqir qilib, muammoni hal qiladigandek javrab qo‘yadi, nari borsa, xotinlarga o‘xshab qarg‘anib qo‘yadi yoki «buyuk rejalar» bilan tahdid qiladi. Bo‘ldi, shu bilan vazifasi bitdi, homiylaridan pulini olib, tinchgina damni olib yotaveradi, buyoqda esa musulmonlar tashvishda, oilalar parokanda, bolalar sarson bo‘lib yuraveradi.

Azizlar, Islom – voqelik dini, ilm dini, ilmga amal dini. Xayolparastlik, balandparvoz shiorlar hech narsani hal qilmaydi. Islom bandalarning ustidan hukmronlik qilishga intilish bilan emas, balki bandalarni Allohning yo‘liga chaqirish bilan barpo bo‘ladi. Musulmonlar bunaqangi quruq da’volar bilan emas, balki dinu dunyo ilmlarini va quvvatini egallash bilangina yuksaladi.

Oxirgi ellik yildagi dunyoni bir ko‘z oldingizga keltiring. Boshqa xalqlar ilg‘or texnologiyalarni egallash, siyosatning yangi-yangi pog‘onalariga ko‘tarilish borasida musobaqalashib, yuksalib bormoqda. Yer qolib, fazoga egadorlik uchun kurashmoqda, samoga sun’iy yo‘ldoshlarni kortej qilib uchirmoqda. Ammo musulmonlar bir-biri bilan tortishishdan bo‘shamaydi, ming yil oldin hal qilib qo‘yilgan masalalardagi juz’iy ixtiloflarni kavlashdan nariga o‘tmaydi. Bir yoqda manavi «hizb»chilarga o‘xshagan esi past toifalar musulmonlarni quruq xayolparast g‘oyalari bilan chalg‘itsa, boshqa tarafda o‘zini mujohid deb tanitgan safsatavozlar ummatning umidi bo‘lgan yoshlarni boshi berk ko‘chaga – birodarkushlik urushlariga chaqirib, qurol savdogarlarining cho‘ntagini qappaytirishyapti. Ellik yildan beri shu talofatlarda halok bo‘layotgan, qalbida iymoni jo‘sh urgan kishilarimiz voqeiy fikrlab, dinini to‘g‘ri o‘rganib, musulmonlar uchun zarur bo‘lgan sohalarni egallashganida, zamonaviy ilmlarni o‘rganishganida, musulmon ummati uchun foydali emasmidi? Xo‘p, bo‘lar ish bo‘ldi, endi ko‘zni ochish kerak emasmi, aqlni ishlatish kerak emasmi? Qachongacha millatning eng sara gullarini o‘zimiz nobud qilamiz?

Alloh taolo dunyoni sababiyat qonunlari asosida yurgizib qo‘ygan. Musulmonlar ham ushbu qonuniyatni hisobga olishga majburlar. Shayx hazratlari mana shu haqiqatni teran anglagan olim edilar. Ammo mana bunday xomxayol partiyalar yoshlarning quvvat va imkoniyatlarini befoyda yo‘lga sarflash bilan ovora. Musulmonlarga kim xiyonat qilayotganini shundan ham bilsa bo‘ladi. «Musulmonlarni kimningdir xiyonatidan ogohlantirmoqchi bo‘lsang, birinchi bo‘lib o‘zingdan boshla, galvars», deging keladi.

«Hizb»chilar o‘z a’zolari o‘rtasidagi ixtiloflarni ijtihod huquqi degan izoh bilan oqlab turib, o‘zlaridan boshqa barcha musulmonlarni xatokorlikda ayblaydi, hatto dinga dushman qilib ta’riflaydi, «Biz Allohning shariatini qoim qilamiz desak, manavi faloniylar bunga qarshi, pistonchilar unday-bunday», deydi. «Aslida bu olimlar dinga emas, sening qing‘ir yo‘lingga qarshi, xolos, so‘tak», deydigan odam yo‘q.

«Hizbut-tahrir» aslida oddiy siyosiy partiya sifatida ish boshlab, keyin o‘z mafkurasini kengroq yoyish uchun aqiyda, fiqh sohalariga ham aralashdi va tabiiyki, hamma narsani chalkashtirib yubordi. Ular o‘z mafkurasini Islom aqiydasi va fiqhiga bo‘ysundirish o‘rniga aqiyda va fiqhni o‘zlariga moslashtirishga urinishdi. Shuning uchun ular o‘z a’zolariga aqiydada ham, fiqhda ham faqat o‘z odamlarining yengil-yelpi kitoblarini o‘qitishadi, u yog‘iga o‘tkazishmaydi. Adashgan toifalarning barchasida odat shu – o‘z fikriga qo‘shilmagan barcha musulmonlarni adashganga chiqargani uchun turosiy, ya’ni qadimgi kitoblarga rag‘bat qilishmaydi. Chunki buyuk olimlarning ilmidan bahramand bo‘lgan odam bularning poyma-poy gaplariga quloq solmay qo‘yadi. Ahli sunna ulamolari esa barcha sohalarda zamonaviy asarlar yozib, ilmni osonlashtirish barobarida hamisha qadimgi kitoblarga tayanib turadilar va yangi asarlarni o‘sha katta kitoblarga bir narvon sifatida ko‘radilar.

E’tibor bersangiz, bu toifalarni dunyoda hech kim tan olmaydi – na din olimlari, na siyosiy doira kishilari. Shundan alamzada bo‘lgani uchunmi, qayerga qaramang, bular Islom ummatiga buyuk xizmat qilib turgan shaxsiyatlarga qarshi jang qilib keladi. Bir qarasangiz, Turkiya prezidenti kabi jahonda o‘rni bor musulmon yetakchilarni tanqid qilsa, bir aylanib, shayx hazratlariga o‘xshash ulamolarga osiladi. Musulmonlarning peshvolari haqida qalblarda shubha tug‘dirish, hatto ularni bid’atchiga, kofirga chiqarish Islom dushmanlarining har doimgi uslubidir. Anavi maynavozlar aslida shu nog‘oraning o‘yinchilaridir.

Nima emish, odamlarning qalbidagi shayx degan «but»ni yiqitarmish. Shayx hazratlari kim edi? Inson sifatida oddiy bir odam edilar, ammo u kishi Islomni yetkazish jihatidan xalqning qalbidan o‘rin olgan. Xo‘sh, buni odamlarning qalbidan ketkazib, nimaga erishmoqchisan? Nima, musulmon odam dinini o‘rgatgan ustoziga muhabbat qilishi, ergashishi mumkin emasmi?

Bular xalqni bebosh qilmay turib, o‘zining safsatasiga hech kimni ishontira olmasligini yaxshi biladi. Shuni bilgani uchun mana shu pastkash yo‘lni tutadi.

Odamlarning qalbiga hukmronlik qilishni shunchalik istar ekansan, qalblardagi «butlar»ni yo‘qotmoqchi ekansan, nega qalbida shayton hukmron bo‘lgan, o‘zing ikki gapning birida nafrat bilan tilga oladigan g‘ayridinlarga qarshi kurashmaysan? G‘arb Islom olamini unday qildi, bunday qildi, demokratiya unday-bunday, deyapsan. Ammo o‘zing o‘sha G‘arbning qo‘ynida o‘tiribsan-ku! Qo‘lingdan kelsa, da’volaring rost bo‘lsa, o‘sha g‘ayrimuslimlarning qalbidagi rostakam butlarni sindir oldin!

Yo‘q, ular bunday qilmaydi va qila olmaydi ham. Chunki bu ma’noda ularga buyruq kelmagan, ko‘rsatma berilmagan. Bular anavi terrorchi hamtovoqlari bilan bir xil: bir qadam narida turgan bosqinchi davlatlar bilan ishi yo‘q, lekin dunyoning narigi burchagida o‘z holicha diniga amal qilib turgan musulmonlarga tahdid qilib, o‘shqiradi. Shunchalik shariatni joriy qilmoqchi ekansan, marhamat, shariatning asari ham bo‘lmagan, lekin yalinib borganingda senga boshpana bergan o‘sha Yevropadan boshla! Axir, o‘zing aytmoqchi, ularning aksari kofirlar-ku! Yana ham aniqrog‘i, musulmonni kofirga chiqarguncha, Islom yurtlarini dorul-kufr deguncha, kofirni musulmon qil, dorul-kufrni dorul-Islom qil, baraka topgur! Yo‘q, bu haqda o‘ylab ham ko‘rmaysan, chunki biring o‘sha kofir davlatning qoq markazida ijaraga joy olib, ular yasab bergan jihozlarda, ular yaratgan internet bilan tirikchilik qilasan, biring esa o‘sha kofirlar yasagan qurol-aslahalar bilan musulmonning qonini to‘kyapsan. Vaholanki o‘sha qurol tugul, uning bitta o‘qini ham o‘zing yasay olmaysan. Shu ahvolingda qanday qilib ularga qarshi biror ish qila olarding? Kamiga, shu o‘yiningni «jihod» deyishlaring ortiqcha.  Shunday ekan, nima qilasan o‘zingcha katta gapirib, boshqalarni malomat qilib? Sal ko‘zguga qarab gapir, buyoqdagilar sen o‘ylaganchalik ahmoq emas!

Ammo afsuski, o‘shalarning shu ahvoliga mahliyo bo‘layotganlar haliyam bor ekan. Alloh tuzum bersin.

Bunday toifalarning bu qilmishlari aslida ularning botindagi e’tiqodiga mos keladi. Nima emish, kofirlar zimmiy emish, musulmonlar esa murtad emish! Shuning uchun musulmonlarni o‘ldirish kerak emish. Shundan ham bilsangiz bo‘ladi bularning asl rahbarlari kimligini…

«Hizb»chilarning juda ko‘p a’zolari popiris chekib, ancha-muncha gunoh ishlarni ham pisand qilishmasdi. Ha desangiz, «Avval xalifa saylanishi kerak, keyin bu kabi ishlar o‘z-o‘zidan tuzalib ketadi», deyishardi. Bir kuni sigaret chekib o‘tirgan bir «hizb»chiga: «Aka, boringki, shuni halol degan fatvoni topdingiz ham deylik, lekin bu zormandangiz siz hamisha yomonlaydigan, sindirish kerak deydigan kufr davlatlarining mahsuloti-ku? Kecha bir taqvimda o‘qib qoldim, bir yilda musulmon davlatlardan G‘arb mamlakatlariga sigaret savdosi orqali 1,5 millard dollar daromad kelib tushar ekan. Xo‘sh, shuni to‘g‘ri deb o‘ylaysizmi? Siz aytayotgan dushmanning tegirmoniga suv quyish o‘rniga, shu pulni musulmonlar uchun, din uchun sarflash kerak emasmi? Axir kimlardir sizga Alloh yo‘lida deb yordam qilyapti, siz esa uni tutatvorsangiz, yoqvorsangiz, bu qanaqasi bo‘ldi?» dedim. O‘sha odam javob topolmay, kalovlanib qoldi.

Bundan 15 yilcha muqaddam Qirg‘izistonda bir taksiga o‘tirsam, haydovchi «hizb»chi bola ekan, birpasda meni o‘zichasiga da’vat qila ketdi. O‘zida hech vaqo yo‘q, namoz o‘qishi ham dargumon, ammo da’volar osmon qadar, har gapida xalifalikdan, Islom ahkomlarini tatbiq etishdan kelyapti. U ham haligiday gap aytib qoldi: «Bu mayda-chuyda gunohlar hech narsa emas, xalifalik tiklansa, bitta fatvo bilan hammasi to‘g‘rilanib ketadi», dedi. Men unga: «Siz misvok voqeasini eshitmaganmisiz?» desam, «Yo‘q, nima ekan u?» deb qoldi. Men shunday dedim: «Salafi solihlar bir jangda hech g‘alaba qozona olishmabdi. Odatda bundan ham kamchilik bo‘la turib g‘alaba qozonib yurishgan, shuning uchun uchun darhol o‘zlaridan kamchilik qidirishibdi: «Bizdan nima xato o‘tdiki, Allohning nusrati kelmayapti», deyishibdi. Keyin bilishsa, misvok ishlatish sunnatiga beparvo bo‘lib qolishgan ekan. Darhol tuyalarda misvok olib kelib, tarqatib, ushbu sunnatni qoim qilishgach, ularga g‘alaba yor bo‘lgan ekan. Sizlar sunnat u yoqda tursin, ancha-muncha farzlarga ham beparvo bo‘lib, kamiga gunohlarni yengil sanab yurib, qanaqangi nusrat kutyapsizlar?»

Afsuski, bu kabi toifalar 70 yildan beri borgan joyida faqat muvaffaqiyatsizlikka uchrayotgan bo‘lsa ham, o‘zini isloh qilmaydi, xatosini qidirmaydi. Aytsangiz, tan ham olmaydi. Aksincha, hammani o‘sha boshi berk ko‘chasiga da’vat qilaveradi, o‘zidan boshqalarni esa adashganga chiqaraveradi. Qarangki, bugun qanchadan-qancha «hizb» a’zolari 15 yil, 20 yil qamoqda o‘tirib, ming afsus-nadomatlar bilan, tavbasiga tayanib, hukumatdan kechirim so‘rab, ozodlikka chiqib kelayotgan bir paytda qayerdagi ablahlar yoshlarni yana o‘sha ertakchi, kasod partiyaga da’vat qilmoqda. Ular keyingi avlodni ham barbod qilmoqchimi? Yetar shuncha go‘llik?!

Bu kabi toifalarning odati shuki, qayerda Islomga yo‘l ochilsa, o‘sha yerda paydo bo‘lib, hammani tashvishga sola boshlaydi, hikmatli ahli ilmlarning, muxlis mo‘minlarning yillar davomida qilgan sa’y-harakati bilan qo‘lga kiritilgan yutuqlarni ham barbod qiladi, farosatsizlik qilib, «qosh qo‘yaman deb, ko‘z chiqarishadi». Yo‘l ochildi deguncha, baqir-chaqir qilib davraga kirib kelishadi. Vaziyat keskinlashganda esa yana pisib, yo‘q bo‘lib qolishadi.

Kimdir: «Siz faqat bir tarafga gapiryapsiz, axir bir odamni fikri uchun qamash zulm-ku, nega ularga nasihat qilmaysiz?» deb aqllilik qilishi mumkin. Har qanday sog‘lom fikrli odam biladiki, davlatning asosi bo‘lgan konstitusiyani kuch bilan o‘zgartirmoqchi yoki davlatni to‘ntarmoqchi bo‘lganlarga dunyoning hech bir joyida yengil qaralmaydi. Agar o‘sha «hizb»chilar iqtidorda bo‘lsa, ular ham bunga yo‘l qo‘ymaydi. Chunki busiz davlat davlat bo‘lmaydi. Voqelik shunday ekan, musulmon odam aql bilan ish qilishi kerak. Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Zamonini bilgan, tilini saqlagan va yo‘li to‘g‘ri bo‘lgan kishiga Allohning rahmati bo‘lsin», deganlar. Zamonini bilish shu zamonning barcha ilmlarini, shart-sharoitlarini har jihatdan bilish demakdir. Musulmon odam bu hikmatga doimo amal qilishi lozim.

Shuni ham anglash kerakki, bir mamlakatda o‘tirib olib, boshqa davlatni tanqid qilish hech qanday jasorat yoki haqgo‘ylik emas. Bunaqangi «haqparvarlik»ni hamma ham qilishi mumkin, ko‘pincha bundaylar «chuvalchang» bo‘ladi.

Har qanday ko‘zi ochiq odam shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning kimligini yaxshi biladi. U kishi umrini Islom xizmatiga tikkan va bu yo‘lda muvaffaqiyat qozongan sanoqli kishilardan edi. Xususan, yurtimizda ushbu zamonda Islomga xizmat qilishda u kishining oldiga tushadigan odam bo‘lmadi desak, mubolag‘asi yo‘q. Bu borada Parvardigori olam u kishining ulushini mo‘l qilgan ekan. Hazratni haqorat qilayotgan o‘sha nobakorlar ham aslida shu odamning dinga qilgan xizmatlari soyasida erkinlikka erishgan. Ammo ko‘rnamakligidan buni tan olishmaydi.

Alloh taolo sobiq ittifoq hududida Islom diniga keng yo‘l ochilishida shayx hazratni sabab qildi. U zot nafaqat O‘zbekistonda, balki butun mintaqada minglab masjidlar ochilishiga sababchi bo‘ldilar, yuzlab masjidlar, o‘nlab madrasalar ishga tushishida bevosita ishtirok etdilar, bu borada behad tashabbus ko‘rsatdilar. Bundan tashqari, mintaqada islomiy ilmlarning qayta uyg‘onishida ham, ixtiloflar bartaraf bo‘lib, ahli sunna mazhabining mustahkamlanishiga hissa qo‘shishda ham hozircha u kishiga yetadigan odam yo‘q. Biroq, inson unutuvchan bo‘lgani uchun, ayrimlarning ko‘zini esa hasad ko‘r qilib qo‘ygani uchun, ko‘pchilikning haqiqiy ilmdan, ko‘plab haqiqatlardan bebahra bo‘lgani uchun olimlarni tanish hammaga ham nasib bo‘lavermas ekan. Shu bois, ulamolarlarga ta’na toshi otishga urinish hamisha bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘laveradi. Shayx hazratlarining obro‘siga qasddan putur yetkazish uchun qilinayotgan fitnalar ham ana shuning bir ko‘rinishi. Inshoolloh, bu urinishlar ham behuda ketadi, chunki Alloh O‘z dinini, O‘zining do‘stlarini yordamsiz tashlab qo‘ymaydi. Buning isbotini har doim ko‘rib kelingan.

Azizlar, biz olimlarimizni qadrlashni, mo‘’tabar ustozlarga sadoqatli bo‘lishni o‘rganishimiz lozim. «Hizb» va unga o‘xshash toifalar 50 yildan beri ana-mana deb, musulmonlarni chalg‘itib, ahmoq qilishdan boshqa hech narsani uddalashgani yo‘q. Birorta madrasa ochishgani yo‘q, birorta masjid qurishgani yo‘q, biror kishiga Islomni o‘rgatishgani yo‘q. Ular bor narsalarni xarob qilishdi, ilm toliblarini xazon qilishdi, xolos. Sodda xalqimiz esa bularning balandparvoz gaplariga yana aldanib yuribdi. Qachongacha bu safsatavoz xayolparastlarga quloq solinadi, bilmadim. Ammo bir narsa aniqki, haqiqiy ilmga ega odamlar o‘rtasida ular hech qachon bosh ko‘tara olmaydi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘min Allohning nuri bilan nazar qiladi, uning farosatidan ehtiyot bo‘linglar», deganlar, ya’ni mo‘min inson ana shunday farosatli bo‘lishi kerak, demoqchilar. Yana bir hadislarida: «Mo‘minni bir teshikdan ilon ikki marta chaqmaydi», deganlar. Dono xalqimiz bu nabaviy o‘gitni «Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi» degan maqolda ifodalagan. Ushbu va boshqa nabaviy o‘gitlarga amal qiling, siyratni yaxshiroq o‘rganing, juda ko‘p haqiqatlarni anglaysiz, o‘zingiz uchun ham, jamiyat uchun ham foydali insonga aylanasiz.

Dunyo bugun bir qishloqqa aylanib qoldi. Endi oldingi davrlardagi kabi hududiy, cheklangan, tor qarashlar yaramaydi. Jamiyatlar va davlatlar tizimi juda ham murakkablashgan. Bu voqelikni anglay bilish kerak.

Shu bilan birga, yaxshi bilishimiz kerakki, Islom avvalo qalblarda barpo bo‘ladi, keyin hayotda bo‘y ko‘rsatadi, uni tashqaridan bosim bilan singdirib bo‘lmaydi. Qadimdan shunday bo‘lib kelgan, Qiyomatgacha shunday bo‘ladi. Qalb esa faqat mafkura bilan boshqarilmaydi. Mafkuraning o‘zi yetarli bo‘lsa, kommunizm kabi mafkuralar insonlarga baxt keltira olgan bo‘lar edi.

Allohning so‘nggi dini bo‘lmish Islom mukammal ta’limotdir, hayotiy manhajdir. Islom – dindir, u quruq falsafa yoki siyosatdan iborat partiya emas. Bas, diningizni kimdan olayotganingizga nazar soling!  

Shuni aytishni istardimki, ayrim kimsalar bilan tortishmasak, o‘sha kimsaning da’vosiga javob topa olmadik yoki unga tan berdik degani emas. Bu – o‘sha kimsani tortishuvga loyiq deb bilmaslik, unga javob berishni zarur deb bilmaslik, kerak bo‘lmagan mavzu bilan odamlarni chalg‘itmaslik, ilmiy doiraga xos gaplarni omma o‘rtasida munoqasha qilmaslik, musulmonlar uchun zarurroq, manfaatliroq ishlar bilan bandlikdir. Biroq, odamlar yana adashib qolmasin, vaqti isrof, umri xazon bo‘lmasin degan xavf bo‘y ko‘rsatganda kerakli chora sifatida haqiqatning bayoni uchun shu kabi maqolalar taqdim qilish lozim bo‘ladi. Ushbu satrlar ham aynan shu ma’noda yuzaga keldi. Shu bois, muxlis dindoshlardan bu mulohazalarni ko‘pchilik bilan baham ko‘rishlarini istardim.

Barchalaringizni Ramazon oyi bilan yana bir bor muborakbod etaman.

Alloh taolo barchamizga insof-tavfiq berib, O‘zining haq yo‘lidan ayirmasin!