Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!

So‘zda yashirin quvvat bor. O‘sha quvvat bilan kishini, hatto butun bir jamiyatni qo‘zg‘atish, u yoki bu tomon yo‘naltirish mumkin. Zotan, Hazrat Navoiy aytganlaridek, dunyo o‘zi birgina so‘z ‒ «Bo‘l!» degan amri ilohiy bilan bunyod bo‘lgan. Shuning uchun Islomda har bir so‘zning zalvori bor. Shuning uchun ham Qur’on va hadis mo‘min kishiga so‘zga e’tibor berishni va so‘z tanlashni ham o‘rgatadi.


MASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!

So‘zda yashirin quvvat bor. O‘sha quvvat bilan kishini, hatto butun bir jamiyatni qo‘zg‘atish, u yoki bu tomon yo‘naltirish mumkin. Zotan, Hazrat Navoiy aytganlaridek, dunyo o‘zi birgina so‘z ‒ «Bo‘l!» degan amri ilohiy bilan bunyod bo‘lgan. Shuning uchun Islomda har bir so‘zning zalvori bor. Shuning uchun ham Qur’on va hadis mo‘min kishiga so‘zga e’tibor berishni va so‘z tanlashni ham o‘rgatadi.

Hozirgi kunda qayerda bo‘lmang, «Masjidlar yopilibdimi?» yoki «Masjidlarimiz yopilibdi-ku», degan gapni ko‘p eshityapmiz, o‘qiyapmiz. Shu so‘z ta’siridanmi, ayrim kishilar ehtirosga berilib, turli bo‘lmag‘ur, asosssiz gaplarni ham tarqatmoqda. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini dindor, dinparvar namoyon etgan bir qator kishilarimiz o‘ta yuzaki, mulohazasiz, ba’zan quyushqondan chiqqan ifodalarni ham qo‘llamoqdaki, ularni o‘qigan har qanday aqlli inson yo darg‘azab bo‘ladi, yoki ahvolimizga achinadi.

Men bu o‘rinda aynan «yopildi», degan so‘zni qo‘llashga qarshiman. Zero, MASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q! Nega deysizmi? Chunki masjidlarda azonlar yangramoqda, alhamdu lilloh va fursatdan foydalanib, ular yanada tozalanmoqda. Faqat mo‘min-musulmonlarimiz kasallik yuqtirib, mashqqatga tushishmasin, nobud bo‘lishmasin, degan tashvishda masjidda jamoat bir muddat to‘xtab turibdi. Bu ish shariatimizning ham talabi aslida va, inshoolloh, vaqtincha qilinadigan chora.

Ba’zi bir kishilar ushbu choralarga qarshi ayrim olimlarning gaplarini tarqatmoqda. To‘g‘ri, hozir shunday qarashdagi ahli ilmlar ham bor. Ammo vaziyatni yaxshi anglagan aksar ulamolar bunday holatda juma va jamoat namozllarini vaqtincha to‘xtatish joiz, uzrli bo‘lishini ta’kidlab fatvolar chiqarmoqdalar va o‘z so‘zlariga kerakli asoslarni keltirmoqdalar. Jumaladan, «Azhari Sharif» qoshidagi Yirik ulamolar uyushmasi alohida bayon bilan chiqdi va butun dunyo musulmonlariga bu boradagi shar’iy xulosalarini e’lon qildi. Ushbu fatvoning ayrim joylarini e’tiboringizga havola etsam:

«Islom shariatining eng katta maqsadlaridan biri jonni asrash, uni turli xatarlar va zararlardan himoya qilish ekan, Yirik ulamolar uyushmasi o‘zining shar’iy mas’uliyatidan kelib chiqib, barcha jihatlarni hisobga olgan holda, virus tarqashi, yoyilishi xavfi bo‘lganda shaharlarda juma va jamoat namozlarini to‘xtatib turishni shar’an joiz deb biladi...

Barcha davlatlardagi mas’ullarga bu borada bor imkoniyatlarini ishga solishlari, virus tarqashining oldini oluvchi barcha himoya va saqlanish choralarini ko‘rishlari vojibdir. Muhaqqiq ulamolar bir ovozdan tasdiqlaydilarki, «voqe’ bo‘lishi yaqin hodisa voqe’ bo‘lgandek e’tibor qilinadi», «bir narsaga yaqinlashgan narsa uning hukmini oladi» va «badan sog‘ligi Islom shariatining eng katta maqsad va ko‘zlagan muddaolaridan biri»dir.

Fuqaholar jon, mol yoki ahlga bo‘lgan xavf jum’a yoki jamoatni tark etishni muboh qiladigan uzrlardan degan xulosaga kelganlar. Bunga dalil Abu Dovud rahmatullohi alayh Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilgan hadisdir. Unda shunday deyiladi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim muazzinni eshitsa-yu, unga tobe bo‘lishdan uzr to‘smagan bo‘lsa, o‘qigan namozi undan qabul qinmaydi», dedilar. «Uzr nima?» deyishdi. U zot: «Xavf yoki kasallik», dedilar»...

(Izoh: Bu yerda «qabul qilinmaydi», degan gap «komil suratda qabul qilinmaydi», deb tushuniladi.)

Hozirda virus tez tarqayotgani, uning tez yuqishi va hozirgacha muvaffaqiyatli muolajasi topilmagani sababli xavf mavjud. Shu bois, musulmon kishi juma yoki jamoatga bormagani uchun ma’zur hisoblanadi.

Mazkurlarga ko‘ra, «Azhari Sharif»dagi Yirik ulamolar uyushmasi qaysi bir davlat juma yoki jamoat namozini o‘qish uchun to‘planish mazkur xatarli virusning tarqashiga olib kelishi muqarar deb bilsa, juma va jamoat namozlarini vaqtincha to‘xtatib turishni shar’an joiz, degan xulosaga keldi.

Vabo tarqalishining oldini olish maqsadida juma va jamoat namozlarini to‘xtatib turishning shar’iy ekaniga «Ikki sahih»da kelgan quyidagi rivoyat dalil bo‘ladi:

«Ibn Abbos muazziniga yomg‘irli kunda: «Ashhadu anna Muhammadan Rosululloh» deganingda «Hayya ’alas-solah» («Namozga shoshilinglar!») demagin, «Sollu fi buyutikum» («Namozni uylaringizda o‘qing!») degin», dedi. Odamlar (buni) xushlamagandek bo‘lishdi. U: «Buni mendan ko‘ra yaxshiroq zot ham qilganlar. Albatta, juma qat’iy vojibdir. Men sizlarni tanglikka solishni istamadim, axir loy va sirpanchiqda yurib kelasiz», dedi».

(Izoh: O‘sha paytdagi Madina sharoitida qattiq yomg‘irda masjidga kelish o‘ta mashaqqatli, qaysidir darajada xatarli ham bo‘lgan, shu bois, ushbu chora qo‘llangan.)

Mazkur hadis yomg‘ir sababli yuzaga keladigan mashaqqatning oldini olish uchun jumani tark qilishga dalil bo‘ladi. Hech shubha yo‘qki, virusning xatari yomg‘irda namozga borishning mashaqqatidan ko‘ra og‘irdir. Shu bois, vabo tarqagan paytda masjidlarda juma namozini tark etishga ruxsat bor va bu shar’iy, aql va fiqh qabul qiladigan ishdir. Jumaning o‘rniga shar’iy o‘rinbosar ‒ uylarda yoki tiqin bo‘lmagan joylarda to‘rt rakat peshin o‘qishdir...»

Fatvoning davomida ulamolar hay’ati masjidlarda azon to‘xtamasligi lozimligini, namozxonlar xonadon ahllari bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari kerakligi va kasallikdan saqlanish uchun kerakli barcha choralarni ko‘rishni, shu bilan birga, barcha musulmonlar Alloh taologa tazarru’ bilan, tavba bilan iltijoda bo‘lishlari lozimligini eslatib o‘tadi.

Ta’kidlash joizki, «Azhari Sharif» qoshidagi Yirik ulamolar uyushmasi «Azhar»ning yuzi hisoblanib, butun dunyoda katta e’tiborga ega. Bu uyushma «Fatvo hay’ati»dan ayri hisoblanadi.

Qo‘shimcha qilish mumkinki, fiqhiy kitoblarda juma farz bo‘lishi uchun musulmonlarning rahbarlaridan maxsus izn bo‘lishi va u masjidda ado etilishi ham shart qilib ko‘rsatilgan. Binobarin, ushbu shartlar topilmaganda juma farz bo‘lmaydi va o‘qilsa, ado ham topmaydi.

Butun dunyoda bo‘lib turgan ushbu chorani xuddi faqat O‘zbekistondagina qilinayotgandek yozg‘irib jar solib, qiyiq istash mo‘minga kishiga munosib emas, o‘ta torfikrlikdir. Ijtimoiy tarmoqlarda bu borada xilma-xil asossiz gaplar, yuzaki mulohazalar, istehzoli nidolar tarqab qolgani ilmsizlik va bilimsizlikdan boshqa narsa emas.

Kimdir: «Muftiy namozni to‘xtatolmay zo‘rg‘a turgan ekanda», desa, boshqasi: «Hukumat dinga qarshi bo‘lganidan paytdan foydalandi», deb yozmoqda. Hay baraka topgurlar, birinchidan Muftiy hazrat u fatvoni bir o‘zi o‘tirib chiqarmagan, atrofidagi ahli ilm va boshqa mutaxassislar bilan maslahatlashib, keyin shu xulosaga kelingan. Qolaversa, bu fatvo birgina O‘zbekistondagi Diniy idoraga xos emas, o‘nlab mamlakatlarda aynan shunday fatvolar chiqdi. Eng asosiysi ‒ Diniy idoraga masjidlarning yopilishi emas, ochiq bo‘lishi muhim, chunki Idoraning asosiy xizmati masjidlarga bog‘liq. Agar masjidlar bo‘lmasa, Diniy idoraning eng asosiysi faoliyati yo‘qqa chiqib qoladi.

Bu tadbirni dinga qarshi kurash deyish ham o‘ta kulgili. Chunki deyarli barcha musulmon mamlakatlarda jamoatlar vaqtincha to‘xtatilganini hamma o‘qib, ko‘rib turibdi. Qolaversa, hukumat faqat masjidlarni berkitgani yo‘q, undan oldin barcha ta’lim maskanlariga ta’til berdi. Masjidlarimiz soni 2000 dan ziyoda bo‘lsa, 10.000 dan ortiq maktab, yana minglab bog‘chalar va boshqa o‘quv dargohlari bor. Xo‘sh, ular nega yopildi? Buni qanday izohlash mumkin? Bu ham dinga qarshi kurashmi? Musulmon odam sal aqlni ishlatish kerak, voqeiy fikrlash kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mo‘minning farosatidan qo‘rqinglar, chunki u Allohning nuri bilan nazar soladi», deganlar. Mo‘min shunday bo‘lishi darkor.

Hukumatga masjidlarni yopishdan nima foyda, axir buning zarari qanchalar yomon bo‘lishini ular juda yaxshi bilishadi-ku? Undan ham ochiq haqiqat shuki, masjidlarda azonlar yangramoqda, to‘xtagani yo‘q. Bunga nima deysiz? Qolaversa, hozirda hukumatdagilar ichida namozxonlari, loaqal shunday paytlarda musulmonlar namoz o‘qib, duo qilishsa, shoyad balo arisa, deydiganalari juda ham ko‘p. Davlatimiz rahbari boshchiliga nechta masjid ochildi va ta’mirlandi. Masjidlardan tashqari ko‘p joylarda namozxonalar ochildi va ochilmoqda. Yildan-yilga masjidlarimiz yanada ko‘payadi, inshoolloh. Ammo bunday vaziyatda hissiyot bilan ish bitmaydi, soha mutaxassislarining so‘zlariga quloq solish kerak. Chunki vaziyatni ular boshqalardan ko‘ra yaxshiroq biladi, xatarni oldindan ko‘rib, his qiladi. Har narsani dinga qarshi kurashga yo‘yish vahimasozlik bo‘ladi.

Ayrim kishilar «Bozor, to‘yxonalar berkitilmadi, ammo masjidlarni yopishdi, nega endi?» demoqda. Aytish mumkinki, hukumat mazkur maskanlardagi vaziyatga o‘zini mas’ul bilganidan ularda vaqtinchalikka odamlar to‘planmay turishini ma’qul ko‘rgan, boshqalarda esa bu holat yo‘q. Bundan boshqa izoh o‘rinsiz. Bu faqat va faqat mo‘min-musulmonlarni asrash, ularning salomatliklarini saqlash uchun bir chora, xolos. O‘zingiz o‘ylab ko‘ring, «Falon masjidda bir kishida virus chiqibdi, u bir nechta odam bilan ko‘rishgan ekan», degan xabar tarqasa, shu yaxshimi? Bundan kimga foyda? Namozxonlarni o‘ylab qilingan ishdan illat qidirish insofdan emas.

Bu holatni qanaqadir maxfiy maqsadlarga bog‘lab, murakkablashtirish yoki bundan fitna chiqarish ham aqlli odamning ishi emas. Bu oddiy karantin, kasallikning kengayib, muammoning kattayib ketishining oldini olish, xolos. Shu bois, ortiqcha sarosimaga tushmay, holatni boricha qabul qilib, Alloh taolodan yaxshilik so‘rab turishimiz lozim.

Hammadan o‘tib tushgan munosbatlardan biri ‒ O‘zbekistonda faqat hanafiy mazhabida namoz o‘qiladi, degan talab bo‘lgani uchun Alloh taolo bunday bo‘lishini istamaganidan bizdagi masjidlar yopilgan emish. Gapni qarang, odam ham shunchalar farosatsiz bo‘ladimi?! Oradan bir kun o‘tib Saudiyadagi masjidlarda ham jamoatlar to‘xtatildi. Xo‘sh, endi nima bo‘ldi? Bunga nima deysiz, janob? Har qancha javob kutmang, bunga javob yo‘q, hammasi jim-jit...

Yana bittasi «Imomlar nega virusdan ogohlantirmadi, bular o‘zi shunaqa, marosimlarda yuraverishadi», deb yozg‘iribdi. Hay kallavaram, imomlar hammadan oldin bu borada so‘zlashdi, jumalarda ma’ruza qilishdi, tarmoqlarda chiqishlar bo‘ldi, xalqqa sokinlik ulashildi, duolar o‘rgatildi va hokazo... Buni hamma ko‘rib, bilib turibdi, siz o‘zingiz qayoqda yuribsiz? Shuning uchun har zamonda bo‘lsa ham jumaga chiqib, sal-pal mav’iza eshitib, namozxonlar bilan namoz o‘qib turish kerak, birodar.

Musulmon kishi bunday vaziyatlarda xayoliga kelganini yozib, og‘ziga kelganini aytish o‘ringa ushbu vaziyatdan kerakli xulosalar olishi kerak. Jumladan:

  1. Masjidlarning obodligi namozxonlar bilan ekan. Hayhotdek masjidlar bo‘lgani bilan uni to‘ldiradigan namozxonlar bo‘lmasa, masjidda ham shukuh qolmas ekan. Binobarin, biz masjidlarni chindan ham obod qilishni istasak, faqat binolarni emas, uni to‘ldirib turadigan jamoatni ham barpo qilishimiz darkor. Agar biz namozxon avlodni yetishtirsak, ular qancha kerak bo‘lsa, shuncha masjidni o‘zlari ham quraveradi. Ammo masjidlarni osmono‘par qilib, tillo-kumushlar bilan bezab qursagu, uni ma’nan obod etadigan avlod tarbiya qilmasak, bir nasldan keyin bu masjidlar bugungi huvillagan cherkovlarga o‘xshab bo‘m-bo‘sh bo‘lib qoladi. Shu bois, biz avvalo o‘zligimizni asrashimiz va dinimizni avlodlarga to‘la-to‘kis yetkazishimiz dakror.

  2. Masjidlarni qurar ekanmiz, ochar ekanmiz, bunga hissa qo‘shar ekanmiz, o‘zimizni xuddi Allohga yoki Islomga bir nima o‘tkazib qo‘ygandek sanamasligimiz kerak ekan. Masjidlarni  qancha qursak yoki ochsak ham, Alloh nasib qilsa, ularda namoz o‘qilar ekan. Bo‘lmasa, arzimagan bitta virus yoki shu kabi muammo bilan yillab qurgan va ochgan masjidimiz ishlamay ham turishi mumkin ekan. Shu bois, masjidlarni qurganda, ularni ochishga hissa qo‘shganda buning qabul bo‘lishini, manfaati mo‘l bo‘lishini Alloh taolodan so‘rab, tazarruda bo‘lish darkor.

  3. Jamot bo‘lib namoz o‘qishga, Robbimizga ko‘plashib ibodat qilishga U Zot emas, biz muhtoj ekanmiz, Alloh taoloning bunga zarracha ehtiyoji yo‘q. Agar butun dunyo masjidlarida jamoat to‘xtasa ham, Allohning mulkiga hech qanday zarar yetmaydi, faqat zarari o‘zimizga bo‘ladi. Bir paytlar yer yuzida birgina Ibrohim alayhissalom yolg‘iz Allohga ibodat qiladigan yagona musulmon bo‘lgan edi. O‘shanda ham dunyo turavergan. Ammo insonlar o‘z qilmishlari uchun Robbilari huzurida javob berajakalari tayin.

Biz gohida jamoatga qatnaganda, o‘zimizni xuddi hamma narsani qoyillatgandek his qilib qolamiz. Bu juda ham jo‘n tushuncha. «Sahihi Muslim»da kelgan quyidagi hadisi qudsiyga nazar soling:

«Ey bandalarim, sizlarning avvalgiyu oxirgilaringiz, insu-jinlaringiz orangizdagi qalbi eng taqvoli kishidek bo‘lsa ham, bu narsa Mening mulkimda hech narsani ziyoda qilmaydi.

Ey bandalarim, sizlarning avvalgiyu oxirgilaringiz, insu-jinlaringiz qalbi eng fisqu fujurga to‘lgan kishidek bo‘lsa ham, bu narsa Mening mulkimdan hech narsani kamaytirmaydi».

Ushbu haqiqatni har bir inson ‒ masjidlar ko‘payishini istaydiganlar ham, istamaydiganlar ham bilib olishi, chuqur anglashi darkor.

  1. Dunyodagi barcha kattayu kichik ishlar Alloh taoloning irodasi bilan bo‘ladi. Binobarin, jamoatdan mahrum bo‘lishimiz balki o‘zimizning gunohlarimiz, g‘aflatlarimiz sababidandir. Ochig‘ini aytish kerak, jamoat namoziga ancha beparvomiz. Aslida besh mahal namozda jamoat juda jumadagichalik bo‘lmasa ham, hech yo‘q yarmichalik, uchdan birichalik bo‘lishi kerak. Ammo jumada ko‘chalariga odam sig‘may ketadigan masjidlarda ham besh mahal namozda 3-4 saf namozxon bo‘ladi. Bu ham jamoat namozining ahamiyatini yaxshi anglamaganimizdan, «Boshqalar umuman namoz o‘qimaydi, men uyda bo‘lsa ham o‘qiyapman-ku», degan yupanch bilan o‘zimizni avrab yurganimizdan bo‘lsa, ehtimol.

Bir necha yillar Madinai Munavvarada yashagan vatandoshlarimizdan biri masjidimizga yaqin joyda turadi. U kishi bir kuni shunday deb qoldi: «Bugungi musulmonlarning holatiga bosh sabab o‘zimiz. Haramning yonida yashab, azonni eshitib turib jamoatga chiqmaydiganlar son-sanoqsiz. Boshqa masjidlarda ham shu ahvol. Mana bu yerda ham ko‘ryapman, masjidga bitta katta domdan 3-4 kishi chiqamiz, xolos».

Ha, inson zoti shunday, masjidlarda jamoat bo‘lib tursa, borgani vaqti yo‘q, to‘xtatilsa, kirgizishmayapti, deb jar soladi. Masjidlarda jamoatlar vaqtincha bo‘lmagach, ajab emaski, bundan kerakli xulosa olib, qolgan hayotimizda jamoatga oshiqadigan bo‘lib qolsak.

  1. Masjidlarda jamoatga bora olmaganidan mahzun bo‘lgan kishilar xursand bo‘lsinlar-ki, qalblari masjidga bog‘lanibdi ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qiyomat kuni Arshning soyasida bo‘ladigan toifalardan biri qalbi masjidga bog‘langan kishilar, deganda aynan shu xislatdagi kishilarni nazarda tutganlar. Barchamiz shunday bo‘lishga intilishimiz lozim.

Bu ro‘yxatni har kim o‘zi yana davom ettirishi mumkin.

Masjidlarda jamoat bo‘la olmasak-da, uyda, ish joyimizda jamoat bo‘lib namoz o‘qishimiz mumkin. Shu bilan birga, ushbu vaziyatda ko‘proq tazarru bilan duoyu iltijoda bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rgatgan «Allohim! Musibatimizda ajr bergin va o‘rniga yaxshisini almashtirgin», degan duoni qilib yursak, inshoolloh, masjidlarimiz oldingidan ham obod bo‘lib, hayotimiz yanada farovon bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib shuni ham eslatib o‘tish o‘rinliki, juma namozi faqatgina ruxsatli masjidlarda o‘qiladi, uyda jamoat bo‘lib juma o‘qilmaydi va o‘qilsa, inobatga o‘tmaydi. Bunday paytda peshinni yolg‘iz-yolg‘iz o‘qiladi, jamoat qilinmaydi. Shariatning hukmi shunday.

Alloh taolodan bu baloni tezroq boshimizdan ko‘tarib, masjidlarimizni yana jamoatlar bilan obod etishini, bu  ne’matini bizdan to qiyomatga qadar aritmasligini so‘raymiz.

Masjidlar yopilgani yo‘q va, inshoolloh, hech qachon yopilmaydi. Ilohim, masjidarimiz yopilmasin, minoralarimizdan azonlar arimasin!

Hasanxon Yahyo Abdulmajid