Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

QUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?

Shu kunlarda Qur’oni Karimga o‘zgartirish kiritishga urunish mavzusida ayrim so‘zlar, xabarlar tarqab qoldi. Yurtdagi Qur’on ahllarining kichik bir vakili sifatida ayrim mulohazalarni siz azizlar bilan o‘rtoqlashishni ma’qul topdim.


QUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?

Shu kunlarda Qur’oni Karimga o‘zgartirish kiritishga urunish mavzusida ayrim so‘zlar, xabarlar tarqab qoldi. Yurtdagi Qur’on ahllarining kichik bir vakili sifatida ayrim mulohazalarni siz azizlar bilan o‘rtoqlashishni ma’qul topdim.

Qur’onni o‘zgartirish yoki bekor qilish da’vosini qiladiganlar tarix mobaynida har zamonda chiqib turgani bor gap. Bunday behuda harakat yangilik emas, vahiy zamonida ham bo‘lgan, ayni taklif vahiyni qabul qilib turgan zotga ham berilgan va hamisha muvaffaqiyatsiz yakun topgan. Quyidagi oyati karimalarni o‘qib, qalbdan tadabbur qilsangiz, ularning ma’nolari qanchalar buyuk ekanidan hayratga tushasiz.

«Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinganida, Bizga ro‘baro‘ bo‘lishdan umid qilmaydiganlar: «Bundan bosh¬qa Qur’on keltir yoki uni almashtir», dedilar. Sen: «Men o‘zimcha uni almashtira olmasman. Men faqat o‘zimga vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Albatta, men agar Robbimga osiy bo‘lsam, buyuk kun azobidan qo‘rqaman», deb ayt. Sen: «Agar Alloh xohlaganida, uni sizlarga tilovat qilmas edim va U uni sizlarga o‘rgatmas edi. Batahqiq, men orangizda undan oldin ham umr kechirdim. Aql yuritib ko‘rmaysizlarmi?» deb ayt. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qigan yoki Uning oyatlarini yolg‘onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, jinoyatchilar zafar topmaslar» (Yunus surasi, 15‒17-oyat).

Demak, o‘sha paytda ham kofir kimsalar Qur’onning ayrim oyatlarini qabul qila olmay, ularni o‘zgartirishni talab qilishgan ekan. Qur’on ta’biriga ko‘ra, ular Allohga yo‘liqishni o‘ylamaydigan, aql yuritmaydigan, eng zolim kimsalardir. Ular jinyatchilardir va hech qachon zafar topmaslar, maqsadlariga erisha olmaslar.

Ularning mazkur ahmaqona talablari ularning aqlsizliklaridan, Qur’on Allohning huzuridan bo‘lib, unga kimsa daxl qila olmasligini anglamaganlaridan edi. Hatto vahiyni qabul qilib turgan Muhammad alayhissalom ham Qur’onga bir harf ham o‘zgaritirish kiritishlari mumkin emas edi. Aks holda, ahvol juda ham dahshatli bo‘lishi tayin edi.

«Agar u (Muhammad sollallohu alayhi vasallam) Bizga ba’zi yolg‘on so‘zlarni to‘qisa, albatta, Biz uni qudrat bilan tutamiz. So‘ngra, uning shoh tomirini kesajakmiz. Bas, sizlardan hech kim uni to‘sib qolguvchi bo‘lmas» (Haqqo surasi, 44‒47-oyatlar).

Alloh taolo butun borliqning Egasidir, Uning irodasidan, qudratidan tashqari hech bir ish bo‘lmaydi. U Zot O‘z kalomini hech qachon qarovsiz tashlab qo‘ymaydi, uni shunday muhofaza qiladiki, hatto farazan O‘zining habibi, insoniyat sayyidi bo‘lgan zot biror kalimada o‘zicha yo‘l tutgudek bo‘lganlarida, Alloh u kishining jon tomirini uzib tashlagan bo‘lar ekan. Bundan Alloh taoloning Kitobiga daxl qilishga uringan kishi jazosiz qolmasligi anglashiladi.

Qur’onning biror oyati, kalimasi yoki harfini o‘zgartirishni qo‘ying, uning biror harfining talaffuz usulini ham o‘zgaritirib bo‘lmaydi, bunga hech kim qodir emas. Qur’oni Karimning naql etilish tarixini o‘rgangan odam bunga o‘zi guvoh bo‘ladi.

Birgina misol. So‘ngi yillarda «mim» harfini «ba» harfiga ixfo qilishda lablarni yaxshi yummay, ularning orasini  ko‘rinadigan darajada ochiq qoldirish odati paydo bo‘lib qoldi. Ustozlardan o‘rganilgan rivoyatlarda bunda lablarni tegar-tegmas qilib hiyol yopish yoki to‘liq yopish shakli naql qilib kelingan. Biroq, lablarni yaqqol yopilmay ochiq qolishi yangilik edi. Shunda butun dunyodagi yetkachi Qur’on ustozlari tajvid asarlari, qiroat ilmiga oid manbalar va naqllar asosida ushbu xatoga qarshi qattiq kurash ochib, har tomonda jar soldilar va bu xato nihoyat bartaraf bo‘ldi. Aslida bu tur xatoning ma’noga hech qanday daxli yo‘q, birorta harf butkul yo‘q bo‘lib ham ketmaydi. Faqat bir harfga tegishli qoidaning ijrosida, ma’lum bir nutq tovushining talaffuz usulida biroz o‘zgarish paydo bo‘lgani uchun shunchalar tashabbuslar bo‘ldi va yangi paydo qilingan usul darhol yo‘q qilindi.

Rus bosqinchilari Qur’ondagi nasroniylarni tanqid qilgan, dushmanga shiddatli bo‘lish borasidagi oyatlarni o‘zgartirish masalasi bilan yurtimiz ulamolariga murojaat qilishgan. Rus zobitlari ushbu taklif bilan Andijondagi «Jomiy» madrasasining bosh mudarrisi Xoliqberdi maxdum (Mubin qori dadanning qaynotasi bo‘lgan) domlaga uchrashgan. U kishi ularning gapiga keskin raddiya bilan javob berib, Qur’ondan biror kalimani ham o‘zgartirishning imkoni yo‘qligini ularga tushuntirganlar va bunga hech kim qodir bo‘la olmasligini aytib, ularni sal kam haydab solganlar.

Sobiq ittifoq davrida «Oq Qur’on» degan mushaf nashr bo‘lib, tarqagan. Unda yigirmatacha kalima xato chop bo‘lib qolgan. Shunda yurtimizdagi Qur’on ustozlari ushbu xatolarni birma-bir bayon qilib, e’lon qilganlar, barchani ogohlantirganlar.

Bir necha yil oldin amerikalik ayrim esini yegan kimsalar o‘zlaricha Qur’onning yangi, shu kunlarda ovozasi chiqib qolgan kimsa o‘ylagandek «bazarar» nusxasini tuzib, unga «Furqon» deb nom qo‘yib, musulmonlarga taklif qilishgan edi, barchaning oldida kulgiga qolishdi.

Yaqinda Saudiya shahzodasi Qur’onni o‘zgartirgani haqida mish-mish tarqaldi. Bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki Qur’onni hech kim o‘zgartira olmaydi.

Qur’onni o‘zgartirib bo‘lmasligiga hayotdan dalil istagan kishi birgina kalimani buzib Qur’on nashr qilib ko‘rsin, oqibatni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Butun dunyo qorilari, ulamolari, minglagan, millionlagan musulmonlar oyoqqa qalqib, o‘sha nusxani yo‘q qilib tashlashi aniq.

Qur’onning ishlari ana shunday ajoyib va uning ajoyibotlari tugamaydi, chunki u Alloh taoloning mo‘jiz kalomidir. Har qanday uyg‘oq qalb egasi bu haqiqatni e’tirof etadi. Bunga to‘liq ishonmagan odam musulmon bo‘la olmaydi.

Qur’on Islomning birinchi manbasi, musulmonlarning jonidan aziz muqaddas kitobi. Unga nisbatan beodobona so‘z aytish qonuniy jihatdan ham, axloqiy jihatdan ham og‘ir jinoyat hisoblanadi. Bunday betamizlarni tiyib qo‘yish mutsaddilarning zimmalaridagi burchdir.

Yillar huquqshunoslikni o‘granib, oddiy huquqiy me’yorlarni bilmagan, huquqiy madaniyat u yoqda tursin, huquqiy ongi bo‘lmagan odam olamlar Robbining kalomini, asrlar osha butun insoniyatni ojiz qoldirib kelayotgan Qur’oni Karimni qayoqdan anglasin?! Shu nuqtadan kelib chiqib, bu qabil behafmlarga so‘z xayf bo‘lgani uchun bu yerda umumiy so‘zlash bilan cheklanish ma’qul topildi.

Qur’onni o‘rgangan har qanday aqlu insofli odam uning inson tafakkuridan behad ustun ekanini chin qalbdan e’tirof etadi. Aqliy va naqliy dalillar shuni isbotlaydiki, Qur’on borliqni yo‘qdan bor qilgan, insonni yaratib, unga qudrat va tuyg‘ular bergan, bashariyatning qiyomatga qadar taqdirini yaxshi bilgan, cheksiz ilm sohibi Alloh taoloning mo‘’jiz kalomidir. Shunday ekan, undan kamchilik topishga urinish ayni ahmoqlikdir. Qolaversa, bugun odamlarning ongiga singmagan so‘z ertaga shior bo‘lib qolishi hech gap emas. Binobarin, Qur’onni o‘tkinchi siyosat, muvaqqat zamon va muhaddad makonlarning qolipi bilan o‘lchash kaltafahmlikdan boshqa narsa emas. Bu ham asrlar osha tasdiqini topib kelayotgan haqiqatlardandir.

Qur’onda nima buyurilgan yoki tavsiya qilingan bo‘lsa, u insonga kerak, foydalidir. Qur’onda nimadan qaytarilgan bo‘lsa, nima qoralangan bo‘lsa, u insonga zarar yoki uning foydasidan zarari ko‘p. Bu so‘zni har qanday sharoitda isbotlab berish mumkin.

Qur’onning ma’nolarini fahmlash hammaga ham emas. Qur’onning biror hukmini, o‘gitini kimlardir noto‘g‘ri talqin qilsa, kimdir uni zamonga mos emasdek ko‘rsa, bu o‘sha insonlarning fahmidagi muammo yoki jamiyatdagi buzuq ko‘nikmaning natijasidir, Qur’onning kamchiligi emas. Shuning uchun ham mushafni ochganda birinchi bo‘lib quyidagi oyatlarga nazar tushadi: «Ushbu kitobda hech shubha yo‘q, u taqvodorlarga hidoyatdir» (Baqara surasi, 2-oyat).

Ha, bu kitobning Allohdan ekanida shubha yo‘q va undagi so‘zlarning haq ekanida hech qanday shubha yo‘q, barchasi ayni haqiqatlardir. Shu bilan birga, bu Kitob barchagi birdek to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish barobarida, faqat taqvodorlar uchun hidoyat bo‘ladi, ya’ni uning hidoyatidan faqat Allohga, g‘aybga iymoni bor taqvoli kishilargina to‘liq istefoda qila oladilar. Qalbida taqvo ‒ Allohdan qo‘rquv, to‘g‘rilik bo‘lmagan kimsa Qur’onning hidoyatidan bebahra qoladi, uning hukmlarini, irshodlarini anglay olmaydi.

Shuni bilish lozimki, Qur’on qiyomatgacha o‘zgarmaydi, bunga shubha yo‘q va bu borliqning Egasi bo‘lgan Zot va’dasidir: «Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qivchimiz» (Hijr surasi, 9-oyat).

Qani, Allohning xohishiga qarshi bora oladigan kim bor? Uning mulkida Undan ustun keladigan kimsa bor ekanmi? Yo‘q! Aslo! Uning irodasini rad etadigan kuch yo‘q! Bunga uringanlar faqat o‘zlarini rasvo qiladilar. Qur’on haqida o‘zicha aljiraganlar ovora bo‘lishadi va qalblaridagi kasallari tufayli dunyou oxiratlarini barbod qilishadi, Qur’onga hech qanday zarar keltira olishmaydi. Qur’onga qarshi chiqqanlar, uni o‘zgartirmoqchi bo‘lganlar tarixda ko‘p o‘tgan. Ularning kuch-qudratlari o‘z vaqtida bashariyatni hayratga solgan. Biroq, ulardan bugun nom-nishon yo‘q, ammo Qur’on hamon zafarli yurishda davom etib bormoqda.

Oyatda «Qur’on» deyilmay, «Zikr» deyilishi bejiz emas. Bu so‘z Qur’onning lafzu ma’nosini va Sunnatning mazmunini o‘z ichiga oladi. Ha, Qur’on va Sunnat qiyomatgacha o‘zgarmaydi. Zero, ular insoniyat uchun yuborilgan so‘ngi risolatdir, so‘ngi dinning mayog‘idir. Avvalgi  kitoblar va dinlarni odamlar o‘zgartirdi, oqibatda Alloh Qur’onni nozil qildi. Endi boshqa ilohiy kitob tushmaydi. Shuning uchun uning muhofazasini Alloh taolo O‘z zimmasiga oldi. Bordiyu Qur’on va Sunnat o‘zgargudek bo‘lsa, u holda, bashariyatning, parovardida dunyoning yaratilishidan ko‘zlangan maqsad qolmaydi, yo‘qqa chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, dunyoning turishi behuda bo‘lib qoladi va qiyomat qoim bo‘ladi. Qiyomatni yaqinlashtirishga urinmang!