Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADI

Ulamolar aytadilarki, islomiy ilmlarda har bir sohada o‘z mutaxassisining so‘zi olinadi, ammo o‘sha olimning so‘zi ixtisosligi bo‘lmagan sohada masalani hal qila olmaydi, ya’ni mutaxassisning so‘zi sifatida qabul qilinmaydi. Masalan, Imom Buxoriy hadisda tengi yo‘q olim, mo‘minlar amiri, u kishining hadis ilmidagi so‘zlariga birov e’tiroz bildirishi mushkul, ammo qiroat yoki fiqh ilmida u kishi mutaxassis hisoblanmaydi.


ILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADI

Ulamolar aytadilarki, islomiy ilmlarda har bir sohada o‘z mutaxassisining so‘zi olinadi, ammo o‘sha olimning so‘zi ixtisosligi bo‘lmagan sohada masalani hal qila olmaydi, ya’ni mutaxassisning so‘zi sifatida qabul qilinmaydi. Masalan, Imom Buxoriy hadisda tengi yo‘q olim, mo‘minlar amiri, u kishining hadis ilmidagi so‘zlariga birov e’tiroz bildirishi mushkul, ammo qiroat yoki fiqh ilmida u kishi mutaxassis hisoblanmaydi. Binobarin, u kishining bu sohalardagi so‘zlari soha mutaxassisining so‘zi o‘laroq ko‘rilmaydi. Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh fiqhda tengi yo‘q olim, benazir mujtahid, ammo qiroat yoki hadis ilmida u kishining so‘zi soha egasining so‘zidan ustun bo‘la olmaydi. Imom  Nofi’ yoki imom Osim qiroatda daho kishilar, ammo ularning fiqh yoki aqidadagi fikrlari hech qanday kuchga ega emas. Imom Zamaxshariy lug‘at va tafsir ilmining arsloni, ammo aqida yoki fiqhda u kishiga ergashilmaydi.

Yana bir misol. Avvallari bir mazhabdagi fiqhiy kitobda munoqasha yuzasidan boshqa bir fiqhiy mazhabning so‘zlarini keltirish ko‘p bo‘lgan. So‘ngi paytlarda esa to‘rt mazhabning fatvolarini jamlovchi qomusiy asarlar ko‘paydi. Bu asarlarni yozgan olimlar chakana ilmga ega emas. Shunda ham ulamolar aytadilarki, ma’lum bir mazhabning biror masaladagi qarashini aniqlashda boshqa mazhabga doir kitobda munoqasha yuzasidan keltirilgan qavldan yoki to‘rt mazhabni jamlovchi asarlardan olinmaydi, balki o‘sha mazhabning asl manbalariga murojaat qilinadi.

Shunday ekan, islomiy ilmlarning birortasida ilm tahsil olmagan odamlarning diniy ilmlarda, yana bir emas, bir necha sohalarda, kamiga eng nozik masalalarda o‘zicha bilag‘onli qilib aytgan gaplariga nima deyish mumkin?

O‘zi bir tijoratchi yoki dasturchi, birorta olim huzurida tayinli ilm olmagan. Ammo dinda peshvolik da’vosini qiladi, ahli ilmlarni muhokama qiladi, o‘zicha saralaydi, yana bir balolar qiladi. Insofdanmi shu? Bu ham yetmagandek, endi ashullachilar ham shar’iy masalalarda qo‘rqmay fatvo aytishga o‘tmoqda.

To‘g‘risini aytish kerak, barcha sohadagi kishilarimizning dinga, diniy ilmlarga qiziqishi, albatta, maqtovga sazovor. Bundan biz xursand bo‘lishimiz kerak. Alloh ularning muhabbatlari, shavqu ixloslarini ziyoda qilsin. Zotan, dinga qiziqish o‘zi har bir isonning tabbiy g‘arizasida bor, har kim bu ezgu yo‘lda nimadir qilgisi keladi. Bular hammasi yaxshilik, inshoolloh. Ammo dinda biror mavzuda so‘zlashga kelganda o‘ta katta hushyorlik darkor.

Ayrimlar men faqat olimlarning gapini keltiryapman-ku, deydi. Lekin o‘sha keltirishga ham  yetarli ilm bo‘lishi, gapning mazmunini chindan tushunishi kerak, insof bo‘lishi kerak va xolislik ustuvor bo‘lishi lozim. Afsuski, hozir hamma o‘zicha dindan so‘z qotishga odatlanib qoldi. Buning oqibati juda ham yomon. Tartibli o‘qib, yaxshi o‘rganib, keyin gapirish uchun ancha mehnat kerak, sabru toqat kerak. Bunga chidamasdan, shoshib ketadi, erta "mujtahid" bo‘lib oladi, natijada hamma narsa rasvo bo‘ladi.

Aslida haqiqiy ilm egalarini ko‘rsangiz, aynan yuqoridagi qoidaga amal qilishadi, o‘z sohasida yurtning eng katta olimi, ammo o‘z mutaxassisligi bo‘lmagan sohada o‘zicha gap qilmaydi, mutaxassisidan so‘rashni tavsiya etadi.

To‘g‘ri, ayrim olimlar bir necha sohada yetuk ilmga ega bo‘lishi, fatvo aytishi ham mumkin. Lekin bunday olimlar noyob bo‘ladi va o‘shanda ham asl mutaxassisligidagi so‘zi ajralib turadi.

Har bir ilmiy sohada o‘sha sohaning mutaxassisining so‘ziga quloq solish kerak. Har bir soha mutaxassisi o‘z sohasi bilan shug‘illanib, boshqa sohadagi muammolarni o‘z mutaxassislariga qoldirishi kerak. Ana shunda hammasi to‘g‘ri bo‘ladi. Shuning uchun ulamolar «Bilmadim», deyish ilmning yarmidir, deganlar.

Bu qoida, ayrim xudbin, bebosh kimsalar da’vo qilganidek, dinni monopollashtirishtirish emas, balki dinni asrash, uning jamiyatda to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlash uchun zarurdir. Hayot, inson tabiati, imkoniyati o‘zi shuni taqozo qiladi. Bularning barchasi dinda ehtiyotkorlik ustuvor bo‘lishi lozimligidandir.