Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaILOHIY O‘RNAKMaqolaIYMONINGIZNI SINAB KO‘RING!MaqolaQANI ENDI HAR KUNI O‘LIM BO‘LSA...MaqolaKULGIMaqolaKO‘RISHISH ODOBLARIMaqolaJANOZA – FARZ IBODATDIR!MaqolaFIROQ VAQTIDUR, EY KO‘ZLAR, ENDI QON YIG‘LANG...MaqolaRAMAZONNI QARSHILAB...MaqolaTILGA IXTIYORSIZ – ELGA E’TIBORSIZMaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

RAMAZONNI QARSHILAB...

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Shriftni kichraytirishShriftni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

RAMAZONNI QARSHILAB...

Ramazon oyi kirib kelar ekan, bu oyni munosib kutib olib, go‘zal tarzda o‘tkazish uchun, undan unumli foydalanib qolish uchun avvalo unga munosib tayyorgarlik ko‘rish kerak bo‘ladi. Biz hozir mana shu xususda so‘z yuritmoqchimiz. 

Ramazonni munosib kutib olib, uning fazilatlaridan bahravar bo‘lish uchun quyidagi amallarni hozirlash lozim:

  1. Ramazonga muntazir bo‘lib turish va shu ma’noda Alloh taologa duolar qilib yolvorish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam rajab oyi kirgandan boshlab Ramazonga intizor bo‘lib qolar va buni izhor qilar edilar. U zot: «Allohim! Rajab va sha’bonni bizga barakali qil va bizni Ramazonga yetkaz!» deb duo qilishlari ham shundan edi. Bu hol kishini Ramazonga ruhan tayyorlashi ham tabiiydir.

Muallo ibn Fazl aytadi: «Salaflar olti oy Ramazonga yetkazishini so‘rab Allohga duo qilishar, keyin olti oy bu oydagi ibodatlarining qabul qilinishini so‘rab iltijo etishar edi».

  1. Ramazoning fazilatlari haqida suhbatlar qilish, so‘zlash va bu boradagi ma’lumotlarni o‘zaro o‘rtoqlashish va ulashish. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyi yaqinlashgan sari kishilarga uning fazilatlarini, ahamiyatini uqtirib, ularni ushbu oyga tayyorlab borardilar.

Abu Fazl o‘z «Musnadida» Salmon roziyallohu anhudan quyidagicha rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sha’bonning oxirgi kuni bizga xutba qilib bunday dedilar: «Ey odamlar! Darhaqiqat, sizlarga buyuk bir oy soya solmoqda. Muborak oy. Unda ming oydan yaxshi bir kecha bor. Alloh uning ro‘zasini farz qildi, kechasini ibodat bilan o‘tkazishni ixtiyoriy – nafl qildi. Kim unda ixtiyoriy ravishda bir yaxshi ish qilsa, xuddi bir farzni ado etgandek bo‘ladi. Kim unda bir farzni ado etsa, xuddi yetmishta farzni bajargandek bo‘ladi. U sabr oyidir, sabrning savobi esa jannatdir. U ko‘ngil ovlash oyidir. U mo‘minning rizqi ziyoda qilinadigan oydir. Kim bir ro‘zadorga iftorlik bersa, bu uning uchun bir qul ozod qilish va gunohlari uchun mag‘firat bo‘ladi», dedilar. Shunda: «Ey Allohning Rasuli, hammamiz ham ro‘zadorga iftorlik qilib beradigan narsa topa olmaymiz-ku?», deyildi. U zot: «Bu savobni Alloh ro‘zadorga bir tatim sut yo xurmo yoki bir qultum suv bilan iftorlik qilib bergan kishiga ato etadi. Ammo kim ro‘zadorni to‘ydirsa, bu uning gunohlari uchun mag‘firat bo‘ladi va Alloh unga mening Havzimdan ichimlik ichiradi, u to jannatga kirgunicha chanqamaydi. Unga ro‘zadorning ajricha ajr bo‘ladi, u(ro‘zador)ning ajridan hech narsani kamaytirilmaydi. 

U avvali rahmat, o‘rtasi mag‘firat va oxiri do‘zaxdan ozod bo‘lish fursati bo‘lgan oydir. Kim unda o‘z mamlukiga (qul va cho‘risiga) yengillik yaratsa, Alloh uni do‘zaxdan ozod qiladi», dedilar».

  1. Ramazonning kirib kelganiga xursand bo‘lish va ushbu shodlik shukuhini jamiyatda taratish. Bu ham iymon alomtalaridan biri sanaladi. Bu bir birovlarni Ramazon bilan qutlash, bu oyni g‘animat bilishga chaqirish, o‘zaro nizolarga barham berish kabi ishlar bilan amalga oshadi. Alloh asrasin, kishi agar Ramazon oyi kirganidan qalbida mahzunlik sezsa, darhol Alloh taologa tavba qilishi va o‘zini isloh etishga intilishi darkor, chunki bu holat nifoqning botiniy alomatlaridan sanaladi. Bu illatning davosi ko‘proq istig‘for aytish, Ramazon shodligini izhor etish, ulashish bilan yuzaga chiqadi.
  2. Ramazon oyining fazilatlarini yodga olish, tafakkur qilish va qalbga singdirish. U Qur’on nozil bo‘lgan oy. U oylar sultoni. U rahmat, mag‘firat va do‘zaxdan ozod bo‘lish oyi. Unda ming oyga teng kecha bor. Unda har bir yaxshi amalning ajri bir necha barobarga ko‘paytirib beriladi...
  3. Tavbani qasd qilish. Xatosiz inson yo‘q. Bilib bilmay ayrim gunohlarga qo‘l urib qo‘yamiz. Ayrimlarimiz ba’zi bir gunohlarni kundalik amallar sarasiga qo‘shib olgan. Ramazonda yaxshi amallarga bir necha barobar savob berilgani kabi, yomon amallarning iqobi ham bir necha barobar ko‘p bo‘ladi. Shu bilan birga, kunduzi bilan og‘iz berk yurgani e’tiboridan kishi bardavom ibodatda bo‘lgani uchun qalbi gunohdan uzoqroq bo‘ladi, nafsi mag‘lub bo‘ladi, taqvo malakasi hosil bo‘ladi va ortadi. Xatmi Qur’onlar ta’sirida qalbdagi zanglar ketib, gunohga bo‘gan mayl sustlashadi. Qolaversa, bu oyda nafsga suv purkaydigan bebosh shaytonlar ham zanjirband etiladi. Bu imkoniyatlar boshqa oyda topilmaydi. Endi o‘zingiz o‘ylang, gunohlardan qutulish uchun bundan qulayroq fursat bo‘lishi mumkinmi? Ma’siyatlar dardidan xalos bo‘lish uchun bundan ortiq yana qanday sharoit bo‘lishi kerak? Shuning uchun ham Alloh taolo bu oyni taqvoni ziyoda qilish oyi deb atagan. Shu bois, ro‘zador banda o‘zi tark eta olmayotgan g‘iybat, tuhmat, chaqimchilik, yolg‘on, ko‘z zinosi, qo‘l zinosi, qalb zinosi, satri avratni ushlamaslik kabi gunohlardan, mast qiluvchi ichimlik, nos, sigaret va boshqa harom narsalarni iste’mol qilishdan, kibr, hasad, g‘azab kabi yomon axloqlardan shu oyda qutilib olishi, poklanishi lozim. Ha, Ramazon gunohlardan, yomon xulqlardan poklanish oyidir, nafsni tarbiyalash, sayqallash mavsimidir.
  4. Go‘zal axloqlar kasb etishni azm etish. Insonni yaxshilikdan to‘sib, yomonlikka undaydigan ikki omil bor, bu nafs va shayton. Ro‘za nafsni sindirish kuchiga ega. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uylanishga imkoni bo‘lmagan kishilarga ro‘za tutishni tavsiya qilganlar va uni gunohlardan asrovchi, nafs hujumlaridan to‘suvchi «qo‘rg‘on» deb ataganlar. Ikkinchi yovuz kuch bo‘lmish bebosh shaytonlar esa bu oyda zanjirband etilgan bo‘ladi. Demak, insonni yaxshilikdan to‘suvchi ikkala dushman ham ro‘zador uchun tutqun: nafs singan, shayton zanjirband etilgan. Har qanday iymon va aql sohibi bo‘lgan kishi bu imkoniyatni g‘animat bilishi, undan foydalanib qolishga intilishi tabiiydir.

Islomda ayrim oy va kunlarni gunohlardan saqlanish, solih amallar qilishga urunish fursati deb uqtirilishining hikmati shundaki, insonga biror gunohdan bir umr saqlanishni yoki qaysidir yaxshi amalnni umr bo‘yi bajarishni aytilsa, bu unga og‘ir kelishi mumkin. Ammo unga buni bir oy yoki bir necha kun shunday qilish buyurilsa, bu unga yengil tuyiladi va shu muddat ichida mazkur amrning foydalarini o‘z shaxsida ko‘rishi, bunga o‘zida quvvat topishi sababli bir umr o‘shanday hayot kechirishga hozir bo‘lib qoladi.

  1. Silai rahmni tiklash. Mo‘min kishi boshqa bir mo‘min bilan uch kundan ortiq gina saqlashi joiz emas. Ayniqsa, qarindosh urug‘chilik aloqalarini uzush mutlaqo harom. Birov bilan arazlashgan kishilar, silai rahmni uzgan insonlar Ramazon oyi fazilatidan bahramand bo‘lish uchun avvalo oralarini isloh etishlari, bordi keldilarini tiklashlari shart. Aks holda, har chand ibodat qilmasinlar, Ramazoning fazilatlaridan bebahra qolishlari hech gap emas.

Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayh rivoyat qiladi: «Abu Hurayra roziyallohu anhu dedi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning bunday deyayotganlarini eshitdim: «Har payshanba oqshomi, juma kechasi Odam bolalarining amallari Alloh taboraka va taologa namoyish etiladi. Silai rahmni uzgan kishining amali qabul qilinmaydi».

Abulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Ichlarida silai rahmni uzgan kishi bor qavmga rahmat inmaydi», dedilar».

Demak, Ramazon oyi fazilatlaridan bahramand bo‘lish uchun kishi qalbida gina kudurat ko‘ymasligi kerak ekan.

Alloh talodan bu muborak oyni O‘zi rozi bo‘ladigan tarzda kutib olib, yaxshi o‘tkasizishimizda O‘zi madadkor bo‘lishini so‘raymiz. 

Fursatdan foydalanib, muhtaram o‘quvchini ham Ramazon oyi bilan muborakbod etaman! Alloh O‘zi hammalarimizga yuqorida aytilgan gaplarga amal qilish baxtini nasib etsin!

Hasanxon Yahyo Abdulmajid 1435 yil Ramazon oyi qudumi oldida