Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaQANI ENDI HAR KUNI O‘LIM BO‘LSA...MaqolaKULGIMaqolaFIROQ VAQTIDUR, EY KO‘ZLAR, ENDI QON YIG‘LANG...MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

EL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIR

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Duo ibodatning mag‘zidir. Alloh taolo O‘z kalomida bandalarni duo qilishga amr etish bilan birga, eng ulug‘ duo namunalarini ham ko‘rsatgandir. Ana shunday duolar el‑yurt haqqiga duo qilish mavzusida ham bor.


EL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIR

Duo ibodatning mag‘zidir. Alloh taolo O‘z kalomida bandalarni duo qilishga amr etish bilan birga, eng ulug‘ duo namunalarini ham ko‘rsatgandir. Ana shunday duolar el‑yurt haqqiga duo qilish mavzusida ham bor.

Ayrim kishilar el‑yurt haqqiga duo qilishni unutib qo‘yadi yoki negadir xushlamaydi. Ba’zilar esa buni unchali muhim deb bilmasligi ham mumkin. Sinchkovlik bilan kuzatsangiz, ayrim kishilar shaxsiy hojatlarga doir duolar qilinganda berilib iltijo etadi, qalbidan «omin!» deydi, ammo umumiy, jamiyat uchun duo bo‘lganda beparvoroq holatda bo‘lib qoladi yoki umuman dami ichiga tushib ketadi. Aslida esa mo‘min kishi uchun shaxsiy hayoti emas, millati va vatanining taqdiri ko‘proq ahamiyatli bo‘lishi darkor. Zotan, Qur’on bizga shuni uqtiradi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bizga shuni o‘rgatganlar. Solihlarning: «Agar menga yuzta ijobat qilinadigan duo berilsa, hammasini podshoh va ish boshilarning haqqiga qilgan bo‘lar edim», degan so‘zlari ham aynan shu mazmunni o‘z ichiga oladi.

Qur’oni Karim payg‘ambarlar misolida vatan, xalq va kelajak avlod haqida xayrli duolar qilishni ta’lim beradi. Bu borada eng yorqin namuna payg‘ambarlar otasi, Allohning xalili Ibrohim alayhissalomning tillaridan keltiriladi. Keling, u kishi el‑yurt haqqiga qanday duo qilganini biz ham o‘rganaylik.

Alloh taolo Ibrohim surasida shuday deydi: «Esla, Ibrohim dedi: «Robbim! Bu yurt¬ni emin qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin. Robbim! Albatta, u(sanam)lar odamlardan ko‘pini adashtirdilar. Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy bo‘lsa, albatta, O‘zing G‘afur va Rohiymsan» (35‒36‑oyatlar).

Ibrohim alayhissalom ayoli Hojar va murg‘ak o‘g‘li Ismoilni (ularga Allohning salomi bo‘lsin) Makka vodiysigi tashlab, qaytar ekan, eng birinchi Alloh taolodan bu yurtning tinch, osuda va zurriyotlarining iymon‑ixlosli, tavhidda sobit bo‘lishini so‘rab duo qilganlar: «Robbim! Bu yurt¬ni emin qilgin, meni va bolalarimni sanamlarga ibodat qilishimizdan chetda qilgin».

Ibrohim alayhissalom Allohning payg‘ambari va dono inson bo‘lganidan hamma odam ham bunday hidoyatli bo‘lmasligini bilar edi. Biroq, u kishi ana o‘shanday osiylar haqida ham bad duo qilmadi, balki ularning holini Allohga havola qilib, U Zotning mag‘firatidan umidvor ekanini izhor qildi: «Bas, kim menga ergashsa, u mendandir. Kim menga osiy bo‘lsa, albatta, O‘zing mag‘firatli va rahimlisan».

Bu yerda yana bir ibrat shuki, Ibrohim alayhissalom o‘ziga ergashgan mo‘min‑musulmon zurriyotlarini o‘zining chin vorisi ekanini e’tirof etish bilan birga, ergashmaganlaridan tonmayapti. «Menga itoat etganlar mendandir» degan jumaladan «ergashmaganlar mendan emas» degan ma’no tushunilsa ham, bunday deyishga botinmayaptilar va o‘shalarning haqqiga ham Allohdan mag‘firat va rahmat umidini qilmoqdalar.

Baqara surasida Ibrohim alayhissalomning mazkur duolariga Parvardigor tarafidan qanday javob bo‘lgani ham bayon qilinadi: «Esla, Ibrohim: «Robbim, buni eminlik yurti qilgin va ahlidan Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirganlarini mevalar ila rizqlantirgin», dedi. U: «Kim kufr keltirsa, ozginagina  bahramand etaman, so‘ngra do‘zax azobiga majburlab kiritaman va u qanday ham yomon borar joy!» dedi» (126‑oyat).

Ibrohim alayhissalom iymonli zurriyotlarining rizq‑ro‘ziga baraka tiladi, lekin, iymonsiz bo‘lganlarini qarg‘ab, duoibad qilmadilar. Ammo buyuk Xoliq taolo iymon keltirmagan kimsalar xususida O‘zining qonuniyati qanday ekinini ochiq e’lon qildi: «Kim kufr keltirsa, ozginagina bahramand etaman, so‘ngra do‘zax azobiga majburlab kiritaman va u qanday ham yomon borar joy!»

Ular Meni inkor qilsalar ham, Menga kufr keltirsalar ham, Menga qarshi yursalar ham, Men ularni ozginagina, ya’ni shu besh kunli dunyoning arzimas matolari ila bahramand etaveraman. Ammo oxiratda ularga yaxshilik yo‘q, bo‘yinlaridan tutib do‘zaxga uloqtiraman.

Ha, yeb‑ichmasa, oyog‘ida tura olmaydigan, har kuni bir necha marta najosat chiqaradigan, agar yeganini chiqarmasa, qorni ishib o‘ladigan, borliqda zarradek ham kelmaydigan ojiz banda Parvardigori olam bergan hayotda U bergan umrni kechirib, ne’matlaridan bahramand bo‘la turib U Zotga kufr keltirsa, kibr qilib o‘zidan ketsa, Uning diniga qarshi yursa, unga qilmishiga yarasha jazo berish ham adolatdan bo‘ladi.

Ibrohim alayhissalom zurriyotining haqqiga duo qilishda davom etadilar: «Robbimiz! Haqiyqatda men o‘z zurriyotimdan O‘zing haram qilib qo‘ygan Bayting yoniga, ekinsiz vodiyga joylashtirdim. Robbimiz, namozni to‘kis ado etishlari uchun. Bas, O‘zing odamlarning qalb¬larini ularga talpinadigan qilgin va ularni mevalardan rizqlantirgin. Shoyad, shukr qilsalar».

«Haram» so‘zi aslida «taqiqlangan», «man qilingan» degan ma’nolarni anglatadi. Ma’lum oy, kun yoki joyning «harom» deyilishi arab tili balog‘atidagi «erkin majoz» qoidasiga ko‘radir. «Haram» – muqaddas deb e’lon qilingan maxsus hudud yoki narsa bo‘lib, uni ulug‘lash, e’zozlash maqsadida unga bog‘liq o‘rinlarda odatda joiz bo‘lgan ba’zi ishlarni qilish uning sharafi uchun taqiqlanadi, harom qilinadi. Bu yerda Makkadagi Harami Sharif nazarda tutilgan.

Ibrohim alayhissalom bu duolarida zurriyotining hidoyatli bo‘lishini so‘rab iltijo qilmoqdalar. Biz ham doimo avlodlarimiz, zurriyotlarimiz haqqiga tavfiqu hidoyat va hayotiy farovonlik so‘rab duolar qilishimiz kerak.

Ibrohim alayhissalom xalq haqqa chaqiruvchi, Haqni eslatuvchi kishilar yordamida saodat topishini bilganlaridan zurriyotlari ichidan yaxshilikka chaqiruvchi va yomonlikdan qaytaruvchi rasullar yuborishini so‘rab iltijo etadilar: «Robbimiz, ularning ichiga o‘zlaridan ularga oyatlaringni tilovat qilib beradigan, kitobni va hikmatni o‘rgatadigan, ularni poklaydigan Rosul yubor. Albatta, Sen O‘zing azizu hakimsan».

Demak, biz ham xalqimiz ichidan, avlodlarimizdan yaxshilik jarchilari, ezgulik darg‘alari chiqishini so‘rab duolar qilishimiz darkor.

Qur’oni Karim Ibrohim alayhissalomning duolarini o‘rgatibgina qolmay, oyatlarda uning ijobati qanchalar ko‘p xayr‑barakaga sabab bo‘lgani, kimsasiz sahro qanchalar obod va aziz bo‘lganini bayon qiladi. Bu esa biz musulmonlarga benihoya umid baxsh etish uchundir.

Vatan va xalqning haqqiga xayrli duolar qilish haqida yana qator oyatlarni keltirish mumkin. Ammo biz gapni qisqaroq qilish uchun mazkur oyatlar bilan chekalanib, bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarida qanday ma’lumotlar borligi xususida ozroq to‘xtalsak.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Makka va uning aholisi haqqiga hamisha xayrli duoda bo‘lar, bu yurtning emin, xalqi hidoyatli bo‘lishini so‘rab iltijolar qilar edilar. Toif ahli u zotni quvganda ham ularning pushti kamarlaridan solih zurriyot chiqishini umid qilgandilar.

Keyinroq Madinada istiqomat qilganlarida uning ham haqqiga duo qiladigan bo‘ldilar.

«Allohim, Madinani bizga sevimli qil», deb duo qilar, «Allohim, uning so’iga, muddiga baraka ber», deya iltijo qilar edilar. Madinada isitma kasalligi tarqaganda uning bartarf bo‘lishini tilab ham duolar qilganlar. (Barchasi Buxoriy rivoyati).

(Izoh: So’ va mud o‘lchov birliklari, yegulik tortadigan idishlar.)

U zot Madinaning yerlik aholisi bo‘lmish ansoriylar haqqiga ham ko‘p duo qilganlari sahih rivoyatlarda kelgan.

Bularning barchasi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari yashab turgan yurtga qanchalar ezgulik istaganlari, u uchun hamisha Allohdan xayru baraka so‘rab duoda bo‘lganlarini ko‘rsatadi.

O‘rni kelganda shuni ham aytish joizki, Islomda vatanparvarlik haqida juda ko‘p gapirish mumkin. Vatan tushunchasi, uni sevish, uni madh etish, unga bo‘lgan shavq‑zavqini bayonlash, unga xizmat qilish, hatto uning uchun jon fido etish xususida qator misollar keltirsa bo‘ladi. Lekin biz bu yerda faqatgina vatan va el haqqiga duo qilish haqida biroz so‘zlashni ko‘zda tutganimiz uchun gapni shu yerda tamomlab, jonajon xalqimiz va aziz vatanimiz haqiga qisqagina bo‘lsa‑da duo qilish bilan maqolaga yakun yasaymiz.

Allohim! Ey olamlar Robbi! Ey podshohlar podshohi, sultonlar sultoni! Senga bo‘lgan iymonimiz, marhamatingga bo‘lgan ishonchimiz va «Duo qilinglar, qabul etaman», degan va’dangga tayanib O‘zingga iltijo qilmoqdamiz, ijobat ayla! Ulug‘ ismu sifatlaring hurmati duolarimizni qabul et!

Robbimiz! Bu aziz vatan Sen xalq etgan Kurrai zaminning juda ham kichik bir bo‘lagi bo‘lsa‑da, uni Sening nazaring tushgan yer deb bilamiz. Bu zaminda qanchadan‑qancha valiylaring Senga ibodatlar qilib o‘tdilar, yana qanchadan‑qancha shariating bilimdonlari dining nurini yer yuzi bo‘ylab taratdilar. Ilohiy, Sen uchun xolis qilingan o‘sha buyuk amallar  hurmatidan bu yurtga yana ulug‘vorlik ber, uning har bir go‘shasida kaloming ziyosi hamisha porlashini, ulug‘ ajdodlarimiz ilmlari qayta jonlanishini, dining ta’limotlari tantanasini, yana avvalgiday olimu valiylar, qoriyu fuzalolar yetishib chiqishini nasib ayla!

Ilohiy! Butun Islom olamiga tichnlik‑osudalik ber, rushdu zafar ato et, farovonligu taraqqiyot topib, gullab‑yashnaganini ko‘rib  ko‘zlarimiz quvnashini nasib ayla! Iymon dushmanlarining sharridan mo‘min bandalaringni O‘zing asra!

Allohim! Yurtimizni hamisha tinch‑omon qil! Uni barcha yomonliklardan, kulfatlardan O‘zing asra! Kasbu tijorat, kisht‑kor, ilmu fan, umru rizqlarimizga baraka ber! Tarozilarimizga baraka ber, o‘lchovlarimizga baraka ber! Xalqimiz hayotini isloh qil, hamisha farovon ayla! Rahbaru fuqarolarimizni iymonu Islomda sobit qil! Yetakchilarimizga solih ko‘makdosh, muxlis maslahatchilar, sodiq xodimlar nasib ayla! Tinchligimiz, taraqqiyotimiz yo‘lida xolis mehnat qilayotgan qardoshlarimizni O‘zing yorlaqagin! Xalqimizni yana dunyoda yetakchi xalqlardan bo‘lishini nasib et! Vatanimizni har jabhada taraqqiyot etishini muyassar ayla! Bu qutlug‘ zaminga, uning mushfiq, mo‘min xalqiga dushmanlik istayotganlarga O‘zing kifoya qil!

Allohim! Gunohlarimizni mag‘firat qil! Qalbimizni musaffo ayla! Xalqimizga tavfiqu hidoyatingni yor et, barcha xayrli ishlarida O‘zing madadkor bo‘l! Erkaklarimizga g‘urur va g‘ayrat, ayollarimizga sharmu hayoni yor ayla! Bu yo‘lda mo‘min bandalaringga O‘zing yordam va zafar ato et! Yomonlarga insof ber, ularning yomonligidan bizni asra! Fojirlar tufayli solihlarimizni azobga solma! Avlodlarimizni bizdan ko‘ra hidoyatli, bizdan ko‘ra saodatli qil! Bizlarga dunyoda ham, oxiratda ham faqat yaxshiliklaringni ber, dunyo mashaqqatidan va oxirat azobidan bizni O‘zing asra! Ertamizni bugunimizdan, oxiratimizni dunyomizdan afzal bo‘lishini nasib et! Omin, yo Robbalolamiyn!