Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

DORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLAR

Tunov kungi so‘rovnomadan dorichilikning yoyilishini ko‘pchilik salbiy holat deb baholashi ma’lum bo‘ldi. («Dorichilik» degan so‘zdan ayrimlar salbiy ruh olibdi, bu noto‘g‘ri, bu shunchaki tildagi so‘zyasash imkoniyati hosilasi.) To‘g‘ri, dorishunoslik sohasida yutuqlar, izlanishlar ham talaygina.


DORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLAR

Tunov kungi so‘rovnomadan dorichilikning yoyilishini ko‘pchilik salbiy holat deb baholashi ma’lum bo‘ldi. («Dorichilik» degan so‘zdan ayrimlar salbiy ruh olibdi, bu noto‘g‘ri, bu shunchaki tildagi so‘zyasash imkoniyati hosilasi.) To‘g‘ri, dorishunoslik sohasida yutuqlar, izlanishlar ham talaygina. Ba’zi yurtdoshlarimiz bu ma’noda yaxshi mehnat qilmoqda. Ammo umumiy, atroflicha olib qaraganada, bu borada ko‘ngilni xira qiladigan omillar ko‘p. Shu bois, bugungi doripurushlikdagi voqelikni men ham salbiy holat deb baholayman. Buning bir qator sabablari bor.

  1. Dunyoning hech bir joyida bizdagidek apteka ko‘p emas. Hozirda Chorsudan Keles ko‘prigigacha 5‑6 km yo‘l bo‘lsa, shu oraliqda 20 tadan ortiq dorixona bor. Katta shifoxonalar atrofidagi dorixonalarni‑ku sanab adog‘iga yetish mushkul.

  2. Tog‘li hududlarga borsangiz, bitta‑yarimta dorixonani arang topasiz, o‘shanda ham sanoqli dorilar bor, xolos. Novqot yoki Arslonbopga borganda odamlar bilan gaplashsam, aytarli kasal bo‘lishmas ekan, ancha‑muncha bemorliklarga tabiiy dorilar, muolajalar olishar ekan. Shuning uchun aptekalar va ularning dorilariga ehtiyojlari yo‘q ekan. Kimdir buni havo tozaligi va u yerdagilarning turmush tarzi bilan ham izohlashi mumkin. Biroq, u yer bilan ob‑havosida katta farq bo‘lmagan shaharlarda ham aptekalar taqqoslab bo‘lmas darajada ko‘p. Boshqa sharaharlarni olib qaraganda ham ob‑havoda dorixonalar adadiga yarasha farq yo‘q. Menimcha, bu yerda boshqa bir sabab bor: dorixonalar o‘zi kasallik manbai bo‘lishi mumkin.

  3.  Kimyoviy dorilar qadimdan qo‘llab kelingan bo‘lsa‑da, bugungidek keng yoyilmagan. Aslida kimyoviy dorilardan ko‘ra imkon qadar tabiiy dorilarni qabul qilgan yaxshi. Buni tabiiy fanlardan dars o‘tgan bir domalamiz quyidagicha tushuntirgan edi:

«Salapan (sellofan) yoki biror yelim narsani yerga ko‘msangiz, yillar o‘tib ketsa ham chirimaydi, boyagidek turaveradi. Ammo shuning o‘rniga temir yo po‘latni ko‘msangiz, bir necha yillarda chirib, yerga qorishib ketadi. Savol tug‘iladi: nega yupqagina yumshoq salapan chirimaydi‑yu, bilakdek keladigan qattiq temir, qulochni to‘ldiradigan, toshshdek qattiq taxta chirib ketadi. Chunki temir, taxta tabiiy narsa, shu bois, tabiatga singadi. Ammo salapan sun’iy narsa, shuning uchun u yerga kirishmaydi. Kimyoviy dorilar ham jismga singmay, tirik organizmlarni buzishi xuddi mana shu holatdan kelib chiqadi».

Domlaning gapi mavjud ilmiy qarashlarga qanchali mos tushishidan qat’iy nazar, voqelikning o‘zginasi edi.

  1.  Ba’zilar dorixonalar ko‘payishini aholi soni ortishiga bog‘laydi. Bu uncha to‘g‘ri emas. Chunki aptekalarning ko‘payishi aholi soniga monand emas, balki yuz barobar ko‘p. Avvalda bir shaharda yoki qishloqda ma’lum tabiblar bo‘lgan, hammaga yetib ortib qolgan. Yoshligimizda Andijon shahrida 3 dona apteka ma’lum edi. Ularda ham hammaga ma’lum sanoqli dorilar bor edi. Ammo bugun qo‘rqmasdan shaharda 300 ta apteka bor, deyaverasiz. Axir, aholi yuz barobar ko‘paygani yo‘qku...

  2.  Ayrim kishilar dorixonalar ko‘payishini kasallik turi ko‘payishiga bog‘laydi. Bu ham to‘g‘ri emas. Chunki 20 yilda kasalliklar soni yuz barobarga ko‘paymaydi aslida. Agar ko‘paygan bo‘lsa, bakli bu ham dorilarning sharofatidandir.

  3.  O‘zim va bir qator yaqin kishilarning hayotida dorilar natijasida kasallik faqat rivojlanganini ko‘rdim. To‘g‘ri, shifo bo‘layotgan dorilar ko‘p, lekin umuman natijasiz yoki noto‘g‘ri natijali davolanishlar juda ko‘paygandan ko‘paygani ham bor gap. Hadeb dori quyib qonni yuvishadi, aslida bir‑ikki marta qon oldirsa, o‘z‑o‘zidan yaxshi bo‘lib ketadi. Yana bunga o‘xshash holatlar juda ham ko‘p.

  4.  Dorilarni narxlashda ham insof yo‘q. Kasal qancha nozik bo‘lsa, dorisi shuncha qimmat. Holubki tarkibida katta o‘zgarish bo‘lmaydi. Ayrim dorilar butkul monopollashgan va kamiga bu qonun bilan himoyalangan bo‘ladi.

  5.  Soxta dori ko‘payib ketdi. Yaqinda bir xabarda 90% doirilar asl emasligi haqida aytildi. Ayrim dorilarni ichasiz, ammo hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Girip dorilarning ko‘pi sizni bira to‘la kasal qiladi. Bitta nimadir arzimagan modda qo‘shib, yangi nom bilan qimmat narxda yangi dori chiqarishadi. Doktor yozib bersa, bemor olib ichaveradi.

  6.  Ukol orqali dori yuborish ham aslida juda xatarli ish. Germaniyada davolanib kelgan yurtdoshlarimizning aytishicha, bemorga ukol qilish uchun bir nechta jihatdan doktorlar tekshiruv va xulosa berish kerak ekan. Ularning aytishicha, bizda jarrohlik uchun qanday yondashilsa, ularda ukolga shunday munosabat bor ekan. Bizda esa ha desa ukol yozishadi. Aslida tabiiy yo‘l ‒ boshqa ozuqalar kabi, dorining ham oshqozon‑ichak orqali so‘rilishi hisoblanadi. Uni muskul yoki tomirdan yoborilishi modda almashinuvining teskari yurishi bo‘ladi. shuning uchun ko‘p odamda hozir modda almashinuvi buzilgan va shuning uchun ko‘pchilik bo‘lar‑bo‘masga semirib, yana nimadir kasallarga chalinib yuribdi.

Xulosa qilib aytganda, dorishunoslik va doripurushlik sohalarini qattiq nazorat qilish, tartibga solishga muhtojmiz. Ko‘pchilik kishilar doktorlardan nolib qolishadi. To‘g‘ri, kimlardadir izlanishlar, bilim ko‘ngildagidek bo‘lmasligi mumkin. Lekin men aytamanki, eng asosiysi ular o‘qigan metodda o‘zi gap bordek, o‘ta eski yoki mustamlaka bo‘lgandek ko‘rinadi. Shuningdek, zamonaviy medisinada tan olinmaydigan, ammo hayotda bor ko‘p holatlar borki, to G‘arbdagi kattalari tan olmagunicha boshqalar ko‘zni yumib yuraveradi. Misol uchun, mijoz masalasi, doktorlar uni umuman hisobga olmaydi, lekin bu juda ham muhim. Shu bois, zamonaviy tibbiyot bilan birga Sharq tabobatini ham qayta jonlantirish kerak deb o‘ylaman. Asrlar osha bizning iqlimimizda o‘zini oqlagan tabiiy davolash usullari, dorilari bor, ulardan unumli doydalanish darkor.

Tabobat deganda ko‘z oldimizga oxirgi asrlarda hamma sohalar qatori tabiblik ham cho‘kkan davrdagi tabobat keladigan bo‘lib qolgan. Biz bugun G‘arbni uyg‘otgan tabobatimizni tiklashimiz kerak. Shu bilan birga, o‘sha uslublarni zamonga moslashimiz lozim. Oddiy misol, dori vositalarini iste’mol qilishnning qulay ko‘rinishlarini yaratish kerak. Ko‘pchilik kishilarning medisinaga murojaatining sabablaridan biri ‒ ular taqdim qilgan dorilarni qabul qilish oson, tabletkani yutasiz qo‘yasiz yoki shirinlik so‘rgandek dorini shimib yurasiz. Tabobatimizda esa dori qabul qilish uchun damlama, qaynatma uslublar ko‘p va bunday dorini har joyda olib yurish, iste’mol qilish qulay kelmaydi. Shuningdek, tekshiruv uslublarida ham yangiliklar qilishga muhtojmiz. Bir qator Sharq mamlkatalarida bu borada ancha yangiliklar bor, ularni ham o‘zlashtirishimiz lozim.

Bu yerdagi so‘zlarni bir oddiy iste’molchining shaxsiy mulohazalari deb qabul qilasizlar, mutaxassislik da’vosi yo‘q. Kamchiliklar bo‘lsa, to‘ldirishingiz mumkin.