Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

NAVOIYNING BIR SHE’RI

Soibjon Mirzaliyev degan feysbuk foydalanuvchisi Alisher Navoiyning bir rubo’iylarini qo‘yib, odamlardan izoh so‘rabdi. Bu qanchali o‘rinli bo‘lganini bilmadim, lekin birorta odam jo‘yali javob yozmagan. Satrlar muallifi kaminaga xos xat yuborib, o‘sha she’rga izoh berishimni so‘radi. Aytilgan sahifaga kirib, odamlarning bildirgan mulohazalarini ko‘rib, avholimizga ham achindim. Shunchalar savodsiz bo‘lib ketibmizki, yaqin tariximizni ham bilmaydigan, butun dunyo tan bergan islomiy shoirimizni tanimaydigan, uning gaplarini ters tushunadigan holatga tushib qolibmiz.


NAVOIYNING BIR SHE’RI

Soibjon Mirzaliyev degan feysbuk foydalanuvchisi Alisher Navoiyning bir rubo’iylarini qo‘yib, odamlardan izoh so‘rabdi. Bu qanchali o‘rinli bo‘lganini bilmadim, lekin birorta odam jo‘yali javob yozmagan. Satrlar muallifi kaminaga xos xat yuborib, o‘sha she’rga izoh berishimni so‘radi. Aytilgan sahifaga kirib, odamlarning bildirgan mulohazalarini ko‘rib, avholimizga ham achindim. Shunchalar savodsiz bo‘lib ketibmizki, yaqin tariximizni ham bilmaydigan, butun dunyo tan bergan islomiy shoirimizni tanimaydigan, uning gaplarini ters tushunadigan holatga tushib qolibmiz.

Avvalo Hazrat Navoiy rahmatullohi alayhdek zotni tanimaslik o‘zbek musumlon uchun yaxshi holat emas. U kishini tanimaganlik yetmagandek, u kishi haqida nojo‘ya gap aytishga jur’at qilish esa o‘ta ketgan axloqsizlikdir, johillikdir. Ul zotni hech yo‘q bir vafot etgan musulmon shaxs deb bilinganda ham, mulohazalarda yozilgan ayrim gaplar nojoiz ekanida shubha yo‘q. Vafot etgan musulmon haqida yomon gap aytishning eng yomon joyi shundaki, undan uzr so‘rab, gunohni yuvishga imkon yo‘q, ish qiyomatga qoladi. Allohning valiylari borasida esa ish yanada qattiq bo‘ladi. Bunday yomon ishdan saqlanish lozim, tilga erk bermaslik kerak. Hadisi sharifda: “Insonni do‘zaxga yuzi bilan tushiradigan narsa tili bilan o‘rganlaridir”, deb bejizga aytilmagan. Post tagidagi ko‘p odamlarning gaplari, munosabatlari ilmsizlik, tarbiyasizlikning oqibati, boshqa narsa emas.

Alisher Navoiy rahmatullohi alayh va u zotning ijodini o‘rganishga mas’ul bo‘lganlarning noxolisligi, hamisha mafkuraga bo‘yinsungani, ma’naviyatsizligi, haqni xalqqa yetkazmagani oqibatida odamlarimiz ulug‘ ajdodlarni tanimay qoldi, nafaqat tanimay qoldi, balki ular haqida noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lib ulgirdi. Bularning barchasiga ilmga xiyonat qilgan kishilar sabab bo‘ldi, bundan kelib chiqqan gunohlardan ularning ham zimmasiga yuk borligida shubha yo‘q.

Hazrat Navoiyni tushunish haqida o‘zi bir suhbat qilish niyati ham bor. Alloh nasib qolsa, ajab emas, u ham bo‘lar. Hozircha so‘zni qisqa qilamiz.

Alisher Naoviy xoslarning ishqiga yetishgan va adabiy tasavvuf namoyondalaridan hisoblanadilar. U kishi yolg‘iz emas, bu  uslubda ijod qilgan shoirlarimiz ko‘p bo‘lgan.

Adabiy tasavvuf istilohlari avvalda arab shoirlarida, mutsavviflarida, keyin forslarda, keyin turkiy til sohiblarida o‘z davrida keng yoyilgan. Ushbu ilmni bilmay turib yuqoridagiga o‘xshash she’rlarni tushunib bo‘lmaydi. Bu ilmni tushunish uchun kishida juda ko‘p xislatlar bo‘lishi talab qilinadi. Adabiy tasavvuf istilohlarini qo‘llashning hukmi haqida ham olimlar o‘rtasida xilof bor. Bu o‘zi katta mavzu. Gapirsa gap ko‘p, hozircha mazkur she’rni izohlash bilan cheklansak.

Zohid, senga hur‑u, manga jonona kerak, Jannat sanga bo‘lsun, manga mayxona kerak. Mayxona aro soqiyu paymona kerak, Paymona necha bo‘lsa, to‘la yona kerak.

Rubo’iyning qisqacha mazmuni quydagicha:

Zohid ‒ o‘zini ibodatli ko‘rsatadigan riyokor, dinning mohiyatini tushunmaydigan, ibodati boru, ixlosi yo‘q, ehson maqomidan mosuvo zohirparast kimsa. Jonana ‒ jonga tutash, jonni oladigan, qalbga ega degani.

Ey zohirparast zohid, sen o‘zingcha musumlonchilik amallarini qilib yurasan‑u, lekin sen bularni Allohning ishqida emas, hurlar ilinjida qilasan. Mayli, senga o‘sha hurlar bo‘lsin, menga esa Allohning jamoli, mushohadasi yetadi. Sen amallarni jannatga kirish uchun qilasan, senga o‘sha jannat bo‘lsin, menga esa mayxona ‒ Allohning muhabbatiga to‘la qalb va shunday qalbli kishilar davrasi kerak. Ya’ni men Allohga ibodatni Uning jannati uchun emas, O‘zi uchun qilaman, demoqchi.

Robiya Adaviya aytadi: «Ey Allohim! Men Senga do‘zaxingdan qo‘rqqanimdan ham, jannatingga yetishish uchun ham ibodat qilayotganim yo‘q. Bildimki, Sen ibodatga haqli Zotsan, shuning uchun Sengna bandalik qildim».

Mayxona ‒ ishqqa to‘la dil; oshiqlar xonaqohi, zikr xalqasi. Soqiy ‒ qalbga Allohning ishqini to‘kib turuvchi ilohiy inoyat; Allohni qalbda mushohada qilish; oshiqlar ustozi, piri komil.  

Men uchun qalbimga ilohiy ishqni to‘kib turuvchi kerak va o‘sha ishqni o‘ziga sig‘diradigan qalb kerak. Qalb to‘la ishq qancha bo‘lsa, yana o‘shancha kerak.

Shuni aytish lozimki, bu sharh bir ulug‘ oshiq olimning so‘zlariga bir g‘ofil, ilmsiz kishi tarafidan qilingan yuzaki izoh, xolos. Valiy zotlarning maqomini, holini o‘sha darajaga yetmagan odam, Allohning ishqida qalbi kuymagan banda fahmlashi juda ham mushkul. Ana shu nuqtadan aqlu farosatli kishi “Ilohiy ishqi bo‘lsa, jo‘ngina gapirib qo‘yavermaydimi? Buning uchun shu may, jonana degan gaplarning nima keragi bor?” degan iddaoga javob topa oladi.

Eng muhimi, musulmon odam Allohga oshiq bo‘lgan kishilar, Allohning valiylari haqida so‘zlashda juda hushyor bo‘lishi kerak. Kishi ilm maydonida, ruhiy tarbiya borasida yuksalgani sari bu  so‘zlarni anglab boraveradi.