Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

NARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?

Ayni paytda yurtimizda narx-navo masalasi ko‘pchilikni tashvishga solib turgani hech kimga sir emas. Maoshlar ma’lum darajada oshgani bilan odamlar farovonlikka to‘liq erisha olmayapti. Sababi ‒ maosh bilan birga barcha tovar va xizmatlarning narxi ham ko‘tarilib ketmoqda, deyishmoqda. Ayniqsa, soliq borasidagi o‘zgarishlar qanday izohlanmasin, narxlarning tushishiga emas, ko‘tarilishiga olib kelganini yashirishga hojat yo‘q.


NARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?

Alloh taologa hamdu sanolar, Rasulimizga durudu salavotlar bo‘lsin!

Ayni paytda yurtimizda narx-navo masalasi ko‘pchilikni tashvishga solib turgani hech kimga sir emas. Maoshlar ma’lum darajada oshgani bilan odamlar farovonlikka to‘liq erisha olmayapti. Sababi ‒ maosh bilan birga barcha tovar va xizmatlarning narxi ham ko‘tarilib ketmoqda, deyishmoqda. Ayniqsa, soliq borasidagi o‘zgarishlar qanday izohlanmasin, narxlarning tushishiga emas, ko‘tarilishiga olib kelganini yashirishga hojat yo‘q.

Narx-navoning oshishi va unga munosabat haqida har kim o‘z mutaxassisligidan kelib chiqib so‘zlashi tabiiy. Bunday vaziyatda ko‘pchilikning dardiga malham bo‘lishga urinish insoniy burch hamdir. Shu ma’nodan kelib chiqib, kamina ham mavjud voqelikka dinimiz ta’limotlari asosida, o‘z bilganlarimga ko‘ra ayrim fikr-mulohazalarni taqdim etishni lozim deb topdim. Agar ulardan yaxshilik topsangiz, manfaat ko‘rsangiz, buni Allohdan deb bilgaysiz, kamchiliklari bo‘lsa – bandaligimiz hosilasidir.

Narx-navoning oshishida ko‘pchilik yirik mulkdorlar yoki amaldor-mutasaddilarni javobgar bilib, ularni ayblashga berilsa, ba’zilar barcha ish Allohdan ekanini ta’kidlab, har qanday holatda ham sabr va shukr qilishga chorlaydi. Kimlardir narxlarni cheklash payiga tushsa, boshqalar bundan norozi bo‘ladi. Aslida Islom bunday holatda qanday yo‘l tutishni buyuradi? Keling, yaxshisi, bu borada nabaviy o‘gitlarga quloq tutaylik.

عَنْ أَنَسٍ قَالَ قَالَ النَّاسُ يَا رَسُولَ اللَّهِ غَلاَ السِّعْرُ فَسَعِّرْ لَنَا. فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم:  «إِنَّ اللَّهَ هُوَ الْمُسَعِّرُ الْقَابِضُ الْبَاسِطُ الرَّازِقُ، وَإِنِّى لأَرْجُو أَنْ أَلْقَى اللَّهَ وَلَيْسَ أَحَدٌ مِنْكُمْ يُطَالِبُنِى بِمَظْلَمَةٍ فِى دَمٍ وَلاَ مَالٍ».

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Odamlar: «Ey Allohning Rasuli! Narxlar oshib ketdi, bizga narx belgilab bering», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Narxni belgilovchi Allohning O‘zidir. U Zot Qobizdir, Bositdir, Razzoqdir. Men Allohga shunday holatda yo‘liqishni umid qilamanki, sizlardan biror kimsa na qon va na molda mendan biror haqni talab etmasin». Imom Abu Dovud va Ahmad rivoyati.

Qobiz ‒ tutib qoluvchi, Bosit ‒ keng qilib beruvchi, Razzoq ‒ rizq beruvchi deganidir. Demak, rizq beruvchi ham, uni tutib qoluvchi ham, keng qilib beruvchi ham Alloh taoloning O‘zidir.

عَنْ أَبِى هُرَيْرَةَ أَنَّ رَجُلاً جَاءَ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ سَعِّرْ. فَقَالَ « بَلْ أَدْعُو ». ثُمَّ جَاءَهُ رَجُلٌ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ سَعِّرْ فَقَالَ:  «بَلِ اللَّهُ يَخْفِضُ وَيَرْفَعُ وَإِنِّى لأَرْجُو أَنْ أَلْقَى اللَّهَ وَلَيْسَ لأَحَدٍ عِنْدِى مَظْلَمَةٌ».

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi kelib, «Ey Allohning Rasuli, narxni belgilab bering», dedi. U zot: «Yo‘q, men duo qilaman», dedilar. Keyin yana bir kishi kelib, «Ey Allohning Rasuli, narxni belgilab bering», dedi. U zot: «Yo‘q, Alloh pastlatadi va ko‘taradi. Men Allohga menda biror kishining haqqi bo‘lmagan holda yo‘liqishni umid qilaman», dedilar». Imom Abu Dovud va Ahmad rivoyati.

Ushbu mazmunda qator hadislar kelgan bo‘lib, ularda yuqoridagi ikki hadisning mazmuni aks etgan. Ulardan xulosa qilinsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning davrlarida yeguliklarning narxi ko‘tarilib ketganda odamlar u zotdan muayyan narx-navoni belgilab berishni so‘rashgan. Ammo Nabiy sollallohu alayhi vasallam odamlarga ham ilohiy, ham iqtisodiy qoidani uqtirib, bunday vaziyatda nimalar qilish kerakligini bayon qilganlar. U zotning ko‘rsatmalaridan quyidagi foydalarni olish mumkin:

  1. Narx-navoning o‘zgarishi Alloh taoloning izmidadir. Mo‘min kishi ushbu haqiqatni yaxshi anglashi va shunday e’tiqodda sobit bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qimmatchilikdan shikoyat qilgan kishilarga «Narxni belgilovchi Allohning O‘zidir», demoqdalar. Bu ish zohirda odamlarning qo‘lida, tasarrufida ko‘rinsa-da, aslida Alloh taoloning irodasiga bog‘liq bo‘lishi aniq. Zotan, maxluqotlarning xohishlari ham Xoliq taoloning xohishidan chetga chiqa olmaydi.

Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday deydi:

«Olamlarning Robbi Alloh xohlasagina sizlar xohlaysiz» (Takvir surasi, 29-oyat).

Borliqdagi har qanday hodisa Alloh taoloning irodasi bilan bo‘lishini bilish kishiga xotirjamlik, sokinlik baxsh etadi. Bu esa muammoni hal qilishda his-hayajonga berilmay, tushkunlikka tushmay, to‘g‘ri harakatlanishni ta’minlaydi. Allohning taqdiriga iymon keltirish, unga rozi bo‘lish bandada sabr-matonat va irodani mustahkamlaydi.

  1. Narxlar qimmatlashganda rizqdan ortiqcha tashvishga tushmaslik, aksincha, Alloh taoloning roziqligiga suyanish, beruvchi ham, oluvchi ham U Zotning O‘zi ekanini unutmaslik lozim. Shuning uchun ham hadisi sharifda qimmatchilikdan bezovta bo‘lgan kishilarga Alloh taoloning mazkur ism va sifatlari eslatilmoqda.
  2. Narxni sun’iy boshqarish muammoni hal qilmaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning narxlarni belgilashga ko‘nmaganlari, «Narxni belgilovchi Allohning O‘zidir» degan so‘zlari shuni ko‘rsatadi. Biroq, qimmatchilik paytida ko‘pchilikning xayoliga darhol «Narxlarni cheklash kerak», degan o‘y keladi. Sahobalarda ham dastlab shu fikr paydo bo‘lgani uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamga muroajaat qilishdi. Ammo u zot alayhissalom odatga ko‘ra hikmat bilan ish tutdilar, narxlarni cheklashni ma’qullamadilar. Chunki bunday tasarruf erkin bozor, bozor iqtisodi hamda sog‘lom raqobat qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi. Bu bir qarashda qulay va foydali ko‘rinsa-da, oqibatda vaziyatni battar chigallashtiradi. Narxni sun’iy ravishda ushlab turish bilan uzoqqa borib bo‘lmaydi, natijada odamlar bir-birini aldashga tushadi. Buning misolini bugungi hayotimizda ham ko‘rishimiz mumkin. Masalan, qandaydir maxsus rastalarda yarmi ustixondan iborat sifatsiz arzon go‘sht sotish bilan go‘shtning narxi pasayib, aholining ro‘zg‘ori to‘lib qolmaydi. Ayni paytda, narxlarni sun’iy cheklash qaysidir toifaning yoki shaxslarning haqqiga tajovuz bo‘ladi. Masalan, mahsulot yetishtirgan tadbirkor molni tannarxidan arzon sotishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu esa unga nisbatan zulm bo‘ladi, adolatsizlik bo‘ladi. Zulm va adolatsizlik esa dunyoda ham, oxiratda ham zulmat keltiradi. Shu boisdan Nabiy sollallohu alayhi vasallam so‘zlarini davom ettirib, «Men Allohga menda biror kishining haqqi bo‘lmagan holda yo‘liqishni umid qilaman», demoqdalar. Narx-navoni o‘zgartirishga mas’ul kishilar, unga ta’sir o‘tkaza oladigan insonlar ushbu islomiy tamoyilni unutmasliklari darkor.
  3. Narxlar ko‘tarilganda duo qilish va duogo‘ylardan duo so‘rash lozim. Odamlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan narxlarni belgilab berishni so‘rashganda u zot buning o‘rniga duo qilishlarini aytmoqdalar. U zot: «Madinaning so’iga, muddiga (yegulik o‘lchovlari, ya’ni kilolariyu litrlariga) baraka ber!» deb duo qilardilar. Zero, duoda xosiyat ko‘p. Duoning kuchiga shubha yo‘q. Birgina duoning ijobati bilan butun jamiyatning hayoti o‘zgarib ketishi hech gap emas.

Bobomiz Habibulloh hoji dada duo haqida so‘z ketganda bir forsiy baytni eslardilar: «Yak duo korho kunad goho, Sa’i sad sola nimi on nakunad».

Tarjimasi: Bitta duo gohida shunday ishlar qiladiki, yuz yil sa’y-ko‘shish qilish uning yarmini ham bermaydi.

Albatta, bunday duo samimiy, ixlosu ishonch bilan, butun vujudni qamragan tazarru’ bilan qilinishi kerak. Duo bilan Alloh yeru osmondan barakot yog‘diradi, mol-holga baraka beradi.

  1. Narx-navo masalasi insonlarning haq-huquqlariga oid bo‘lgani uchun bunda juda hushyorlik lozim. Bir kishiga zulm qilinsa, o‘sha odam qiyomatda da’vogar bo‘lishi mumkin. Alloh taoloning suyukli Rasuli, to‘laqonli mag‘firat va’dasiga musharraf bo‘lgan zot alayhissalom ham ushbu mas’uliyatdan xavfsiragan ekanlar.

Yuqoridagi satrlarni o‘qib, «Iye, hamma narsa qimmat bo‘lib ketsa ham, g‘ing demasdan, hammasini Allohdan ko‘rib ketaverish kerak ekan-da? Unda narxlarni sun’iy ravishda oshirganlar, monopoliyachilar, bir hovuch zodagonlarga moslab iqtisodiy qonun chiqaradigan yollanma kimsalar kabi xudbinlar nima qilsa qilaveradimi? Oddiy xalq uchun hammasini taqdirga to‘nkab, faqat sabr va duodan boshqaga chora yo‘qmi?» degan xayolga borishga shoshilmaslik lozim.

Shuni bilish lozimki, har bir ish Allohning irodasi bilan, taqdirda bitilganidek amalga oshadi. Biroq bu o‘sha ishning bajaruvchilarida hech qanday mas’uliyat bo‘lmaydi, degani emas. Zolim ham, mazlum ham Alloh taoloning xohishi doirasida harakat qiladi va har qaysisi o‘z qilmishiga yarasha jazo va mukofot oladi.

Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhuning huzuriga keltirilgan o‘g‘ri: «Nega meni jazolaysan? Axir men Allohning taqdiri bilan o‘g‘rilik qildim-ku», deydi. Shunda mo‘minlarning amiri: «Juda to‘g‘ri aytding. Endi men ham Allohning taqdiri bilan qo‘lingni kesaman», deydilar. Bir rivoyatda kelishicha, o‘shanda taqdir xususida Alloh taologa tuhmat qilgani uchun o‘g‘riga qo‘shimcha ta’zir ham berilgan.

Narx-navo tabiiy ravishda oshsa, hech kim bunda birovni ayblamasligi kerak. Ammo narxlar tashqi omillar sababli, noto‘g‘ri tasarruf oqibatida oshirilsa yoki ataylab sun’iy ravishda oshirilsa, sababchilar albatta mas’ul bo‘ladi, odamlar ularni javobgar qilishi mumkin. Shuningdek, narx-navoning oshishiga mutasaddilardan izoh so‘rash ham narxlar Alloh taoloning irodasi bilan o‘zgaradi degan aqiydaga zid sanalmaydi. Islom shariatida ehtikor, ya’ni monopoliyaning (qimmatlashganda sotish maqsadda aholining kundalik ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan tovarlarni sotib olib, saqlab turish) harom qilingani ham fikrimizga yorqin dalildir.

Narxlar ba’zan bir yoki bir nechta odamning xatosi yoki xudbinligi sababli ham oshishi mumkin. Agar o‘shalar biroz insof qilsa, butun xalqqa yengillik bo‘ladi. Bunday paytda ularni tartibga chaqirish, kerak bo‘lsa, majburlash ham sabablarni bartaraf etishga qaratilgan o‘rinli chora hisoblanadi.

Narx-navo me’yorda, tabiiy qiymatda bo‘lishi uchun mutaxassislar vijdonan harakat qilishlari, kerakli choralarni ko‘rishlari, haqni baralla aytishlari ham iymonning talabi va insoniy burchdir. Bu ish Alloh taoloning taqdiriga zid emas, balki uning ijrosi o‘laroq e’tirof etiladi. Zotan, bandalardan harakat talab qilinadi, natija esa baribir Alloh taoloning O‘zidandir.

Aslini olganda iqtisodiyot rivojlanish tabiatiga egadir. Ustozimiz: «Iqtisod o‘zi tek qo‘ysa ham rivojlanadigan soha, ammo shunga ham to‘sqinlik qiladiganlar bor-da», deb qo‘yardilar. Bugun ushbu so‘zning qanchalar haqiqat ekaniga bir qator misollarni ko‘rish mumkin. Darhaqiqat, iqtisod «g‘ildiraklar»i o‘z «izi»ga to‘g‘ri qo‘yilsa va bunga hech kim xalal bermasa, u taraqqiyot cho‘qqilari sari ko‘tarilib boraveradi. Hayotning o‘zi buni ko‘rsatib turibdi. Ammo odatda kimlarningdir noto‘g‘ri tasarrufi va aralashuvi sababidan turli noqulayliklar kelib chiqadi. Biroq, nima bo‘lganda ham, Haq taoloning irodasidan tashqari ish bo‘lmasligini unutmaslik kerak.

Farovon va barakali turmush xalqning iymonu taqvosiga ham bog‘liqdir. Alloh taolo O‘z kalomida shunday marhamat qiladi: «Agar shahar-qishloq ahli iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo‘yar edik. Lekin ular yolg‘onga chiqardilar, oqibatda ularni qilgan qilmishlari tufayli (azobga) tutdik» (A’rof surasi, 96-oyat).

Ha, agar aholi iymon va taqvoni mahkam tutsa, ularning rizqu ro‘zlari va butun hayotlariga baraka yog‘iladi. Baraka ‒ yaxshilik, manfaatlarning to‘lib-toshishidir. Bir narsaning ko‘p bo‘lishi boshqa, barakali bo‘lishi boshqadir.

Taqvoning nimaligini ham to‘liq va to‘g‘ri tushunib olish kerak. Taqvo deganda nafaqat ibodat va shaxsiy hayotdagi parhezkorlik, balki har bir ishda, ayniqsa, o‘zining ish vazifasida taqvo qilish anglashilmog‘i kerak. Olimning taqvosi ‒ ilmni Alloh uchun olib, Uning yo‘lida tarqatishidir. Savdogarning taqvosi – halol savdo qilishdir. Amaldorning taqvosi – o‘z lavozimida halol bo‘lish, poraxo‘rlikdan, korrupsiyadan uzoq bo‘lishdir. Rahbarning taqvosi – adolatidir. Ishchining taqvosi – uning sadoqatidir. Huquq va qonun kishilarining taqvosi – o‘z vazifalariga vijdonan yondashuvdir. Iqtisodchining o‘z bilimiga sadoqat bilan  yondashib, birovga qaram bo‘lmay, o‘zi to‘g‘ri deb bilgan yo‘lni ko‘rsatishi ham taqvodir. Hunarmandning o‘ziga ravo ko‘rgan narsani boshqaga ham ravo ko‘rishi taqvodir. Xullas, har ishda Alloh ko‘rib, hisob-kitob qilib turganini his eta bilish taqvodir.

Taqvo muammolarni bartaraf etishda, tanglikdan chiqishda ham eng yaxshi chora hisoblanadi: «Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadi va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq beradi» (Taloq surasi, 2‒3-oyat).

Ha, taqvo barcha tangliklardan chiqish yo‘lidir. Boshiga mushkul tushgan odam taqvo qilsa, muammolari kutilmagan tarafdan hal bo‘lib, kushoyish yetadi. Jumaladan, bugungi suhbatimizning mavzusi bo‘lgan qimmatchilik tangligidan chiqish uchun ham mo‘min-musulmonlar taqvoga yuz tutmoqlari darkor.

E’tibor bilan kuzatilsa, bugungi kunda qaysi yurtda adolat ustuvor bo‘lsa, musulmonlari dinga erkin va to‘g‘ri amal qilayotgan, Allohning shariatini ardoqlayotgan bo‘lsa, o‘sha o‘lka taraqqiy topmoqda. Vaziyat aksincha bo‘lgan musulmon mamlakatlarda esa holat ham aksinchadir. Zotan, zulm dunyou oxiratda zulmatdir.

Gunohlarga tavba qilish, Alloh taologa istig‘for aytish ham qiyinchilikni bartaraf etuvchi va rizqni mo‘l qiluvchi omillardan hisoblanadi. Ayniqsa iqtisodiy tanglik, qimmatchilik yuz berganda bunga ko‘proq e’tibor berish kerak. Zero, bunday holatlar odamlarning gunohi ko‘payganidan ham yuz beradi:

«Robbingizdan mag‘firat so‘rang, U Zot G‘affordir. U Zot ustingizga mo‘l ko‘l yomg‘irni yuboradi, sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradi, sizlarga bog‘u rog‘lar qilib beradi hamda anhorlar qilib beradi» (Nuh surasi, 10‒12-oyatlar).

Ushbu oyati karimada istig‘forning moddiy manfaatlari zikr qilingan. Bu va’da bir qator payg‘ambar alayhimussalom tarafidan qavmlarga berilgandir.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim muntazam istig‘for aytib yursa, Alloh uning uchun har bir torlikdan chiqish yo‘li, har bir tashvishdan kushoyish qiladi va u o‘ylamagan tarafdan uni rizqlantiradi», dedilar». Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilgan.

Shuni ham unutmaslik kerakki, shaxsning yoki xalqning boshiga tushgan musibatlarni, tangliklarni faqat balo-ofat deb hisoblayverish to‘g‘ri emas. Aksincha, bunday holatlar bandalar uchun sinov bo‘lishi, katta-katta yaxshiliklarning sababchisi, debochasi bo‘lishi ham mumkin.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, unga musibat beradi», deganlar.

Islom aqiydasiga ko‘ra, bu dunyo foniy, o‘tkinchidir. Binobarin, moddiy farovonlik tom ma’nodagi yaxshilikdan, tom ma’noda Alloh taoloning rahmatidan darak bo‘lavermaydi. Zero, Alloh ayrim xalqlarni bu dunyoda serob qilib, oxiratda benasib etishi mumkin. Shuningdek, ba’zi xalqlarga halokat oldidan farovonlik berilgani ham oyati karimalarda ko‘p ta’kidlanadi.

Alloh taolo musulmon ummatini bunday ofatlardan O‘zi asrasin!

Xulosa qilib aytganda, iqtisodiy tanglik paytida muammoni hal etish uchun quyidagilarga e’tibor berish kerak:

• Har bir ish Allohning irodasi ekanini unutmaslik;

• Iymon va taqvoni makam tutish;

• Allohga tavba qilish, istig‘for aytish;

• Alloh taolodan yordam so‘rab, duoda bo‘lish;

• Muammoning sabablarini o‘rganish va bartaraf etishga harakat qilish. Bunda ham natija Allohning O‘zidan ekanini e’tirof etish chinakam mo‘minlik xislatlaridandir.

Alloh taolo rizqu ro‘zimizga barakot bersin, barchalarimizni ikki dunyo saodatiga yetishtirsin!