Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

POSTLAR HAQIDA POST

Yurtimizda so‘ngi yillarda ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarning eng ko‘zga ko‘ringanlaridan biri ‒ postlar kamaygani bo‘ldi. To‘g‘risi, oldin shu postlardan o‘tishda ahvolimizga, xalqning holiga achinar edim, hayfim kelardi. Bu postlarga davlatning qanchadan‑qancha puli ketganidan tashqari, bu yerlarda aholining qanchalar mol‑mulki va sog‘ligi yo‘qotilganini hisoblasa, adog‘iga yetib bo‘lmasa kerak.


POSTLAR HAQIDA POST

(Oktyabr boshida Andijondan qaytgach yozgan ekanman, yana ayrim fiklarni qo‘shaman degan o‘yda qolib ketgan ekan. Postlar haqidagi postlarni o‘qib, esimga tushib ketdi... Menimcha, juda kech qolinmagan bo‘lsa kerak. Oxirgi uchta xatoboshi yangi qo‘shildi.)

Yurtimizda so‘ngi yillarda ro‘y bergan ijobiy o‘zgarishlarning eng ko‘zga ko‘ringanlaridan biri ‒ postlar kamaygani bo‘ldi. To‘g‘risi, oldin shu postlardan o‘tishda ahvolimizga, xalqning holiga achinar edim, hayfim kelardi. Bu postlarga davlatning qanchadan‑qancha puli ketganidan tashqari, bu yerlarda aholining qanchalar mol‑mulki va sog‘ligi yo‘qotilganini hisoblasa, adog‘iga yetib bo‘lmasa kerak.

Hozir 21 asr. Butun dunyo bunday eskilik sarqitlaridan voz kechib, sovetcha tizimlarni yo‘qotib, mamalkatlarni birlashtirib yotibdi. Bilmadim, bunday postlar yana qayerda bor, shu urush bo‘layotgan o‘sha bir‑ikkita joydagina qolgan bo‘lsa kerak. Hozir tartib va nazorat o‘rnatishning zamonaviy imkoniyatlari qalashib ketgan.

Mas’ullarimiz har ikki gapida namuna qilib tilga oladigan Yevropa xalqlari o‘zaro ittifoq tuzib, o‘rtadagi chegaralarni olib tashlab, yerdagi oddiy chiziqdan boshqa “to‘siq” qoldirmadi. Ana shunday bir zamonda bir mamlakatning ikkita viloyati, undan ham o‘tib, shahar bilan tuman o‘rtasiga post qo‘yib, chegara qurish qanchalar kulgili va ayanchli ekanini anglash oqil isonga qiyin bo‘lmasa kerak.

O‘zi kaftdek keladigan mamlkatda yashaymiz. Shuni ham parchalab, bo‘laklarga ajratish nimasi, tushunmaysan. Agar chindan birorta jiddiy xavf bo‘lsa, atrof chegarani mustahkam qilish kerak, shaharlar o‘rtasini emas. Axir, bizda urush bo‘layotgani yo‘q‑ku.

E’tibor berilsa, bu bo‘linmalar odamlarning ruhiyatiga juda salbiy ta’sir ko‘rsatdi va ularning fikrlashlarini ham buzdi. Bu haqiqatni xalqning oddiy suhbatlaridan payqasa bo‘ladi. Bir shahardagi odam boshqa bir shahardagi vatandoshiga aytyapti: «Senlarda postdagilar chatoq, biznikilar yaxshi, pulingni oladi, qo‘yib yuboradi. Senlarda ham pulingni olarkan, ham asabingni buzar ekan». Yana biri kelayotgan mehmonga so‘zlayapti: «Postdan eson‑omon o‘tib olsanglar, buyog‘da boshqa qiyinchilik yo‘q». Bu kabi gaplarni eshitib, so‘zlashayotganlar boshqa‑boshqa mamlakatlarning aholisi bo‘lsa kerak, deb o‘ylaysiz.

Kuni kecha Vodiyga  borib, keldim. Alhamdu lilloh, yo‘llarda ortiqcha asab buzarlik holatlari yo‘q. Birgina Dovonga chiqishdagi postdagina odam bor, unda ham asosan kameralar ishlayapti. Mana, bo‘lar ekan‑ku zamonga mos ish qilinsa.

To‘g‘risi, menga birovning shubha bilan qarashi men uchun eng katta haqorat tuyuladi. Faraz qiling, siz butun umr oilam, uy‑joyim deb mehnat qilib yursangiz‑da, oilangizdagilar siz haqingizda xonadonga nisbatan biror zarar ko‘zlayaptimikin degan gumonda bo‘lsa... O‘zini bilgan insonga bundan ortiq tahqir bo‘lmasa kerak?

Men avvalari ham shu postlarni olib tashlasa, hech qanday noxushlik bo‘lmaydi, bular bekorchi chiqim, asabbuzarlik, balki kimlar uchundir tirikchilik, desam, ayrimlar «Yo‘q, shu postlar bor, tinchmiz», degandek so‘z qotardi. Mana, Allohga shukr, o‘sha aytgan so‘zlarimning tasdiqini bugun hamma ko‘rib turibdi.

Ustozim Shayx Muhammad Sodiq rahmatullohi alayh yodimga tushadi. Hazrat bilan yurt bo‘ylab safarlarda bo‘lganimizda u kishining vatandagi har bir katta‑kichik ishlarga alohida e’tiborli ekanini ko‘p kuzatganman. O‘sha paytlarda vodiyga mashinada borib, kelganlarida juda ko‘p mulohazalar qilar ekanlar. Bir gal Toshkentga yetib kelganda: «Alhamdu lilloh, postlar bittaga kamayibdi», degandilar. Shaharda ham qurilishi to‘xtab qolgan inoshoatlarda ish yurib qolganini ko‘rsalar, «Xayriyat, manavi bino ham ishga tushadigan bo‘libdi», deb xursand bo‘lardilar. U kishi agar keyingi yillardagi ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsalar, shak‑shubhasiz, juda ham quvonib ketardilar.

Postlardan o‘tar ekanmiz, mashinadagi hamrohlarning har biri qaysi postda qanday sarguzashtlarga guvoh bo‘lgani, qanday huquqlari toptalgani haqida yaqin o‘tmish hodisalarini xotirladi. Kimningdir soqoliga osilishgan, kimningdir ro‘moliga chang solingan. Darhaqiqat, ayrim domlalarimiz shu postlardan bezib ona shahriga ham borolmay yurishardi. Men ham o‘z boshimdan o‘tkazganlarimdan, guvohi bo‘lganim ahmoqgarchiliklardan so‘zlayotib, Germaniya xususida bir kishi aytgan gaplar bexos xotirga keldi. Uning aytishicha, SSSR davrida GDR va GFR o‘rtasida sevotcha chegara bo‘lgan ekan. Odamlar bu chegaradan o‘tishda ming xil qiyinchiliklarga duch kelishar ekan. Ittifoq tarqab, ikkala hudud birlashgach, chegaradagi qo‘riqchilik olib tashlanibdi‑yu, uning ayrim binolari, asoratlari saqlanib qolibdi. Shunda xalq hukumatdan «Chegara yo‘qolib, juda yaxshi yengillik bo‘ldi‑ku, biroq, shu joydan o‘tayotganda o‘tmishdagi qiyinchiliklar yodga tushib, qalbimiz ozorlanyapti. Shuning uchun oldingi holatni eslatadigan hech narsa qoldirmasligingizni so‘raymiz», degan talabni qilibdi. Shunda hukumat chegara joylashgan yerni butunlay tekislab, tamoman boshqa qiyofaga kiritib, mashinalarning u yerdan katta tezlikda o‘tishini belgilab bergan ekan. Aholi eskilik sarqitidan qutulib, juda ham mamnun bo‘lgan ekan.

Menga yana boshqa bir fikr keldi: bu postlar shu ahvolda saqlansa, ertaga bitta aqlli chiqib, bir bahona bilan yana oldingi to‘siqlarni tiklab qo‘ysa, Prezidentimizning so‘zlari qayerda qoladi‑yu, aholining kayfiyati qay holga tusharkin, degan o‘y xayolimni band qildi. Shuning uchun bu postlarni bira to‘la buzib yuborilsa, ularning qayta tiklanishi ancha olislarmidi... Yana bilmadim...

Men shu postlarni hech yoqlay olmayman. Bunchalar zamondan orqada qolish, hamma narsani orqaga tortish kimga kerak, tushunmaysan. Eskicha fikrlaydigan, eskicha ishlaydigan, yangilikni suymaydigan, farovonlikni istamaydigan odamlar shunchalar ko‘pmikin yo? Yoki viloyatdagilar gaz‑svet yo‘qligiga Poytaxtga yopirilib kelib olishadi, deb qo‘rqisharmikin? Bu ish rostdan ham tinchlikning g‘amida bo‘lsa, nega bunday posti yo‘q boshqa barcha davlatlar tinch‑osuda, osmoni musaffo? Balki ularning tajribalaridan o‘rganish kerakdir? Axir, hozir nazorat va tekshiruvning ming xil usuli bor‑ku! Hurmatli xodimlar, mundoq bir olamga boqinglar, dunyo ancha o‘zgarib ketgan, zamonga qarab ishlanglar, baraka topgurlar! Yoki Guruziya tajribasini qo‘llash shartmi?

Mana, uch yil o‘tdi, alhamdu lilloh, hech qanday muammo bo‘lgani yo‘q va bo‘lmaydi ham, insholloh. Chunki bizning xalqimizdek royish, muruvvatli, ishchan, asl odamlar hozir dunyoda juda ham kamayib ketgan. Bu xalqning qadriga yetish kerak, uni ardoqlash kerak, undan shumlanish kerak emas, unga xayrxoh bo‘lish kerak.

Bu postlarni tiklashga qanaqadir bayramlarni yoki boshqa noaniq omillarni sabab qilib ko‘rsatish unchali to‘g‘ri emas, o‘xshamagan bahona, maynavozchilik deb o‘ylayman. Bayrambozlik, majlisvozliklar o‘rniga ishbozlik, ilmbozlik, raiyatbozlik qilinsa bo‘lmasmikin, deging keladi..