Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

SHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALAR

Shu kunlarda shaharsozlik, snos mavzusida yaxshi gaplar bo‘lyapti. Shu munosabat bilan, shaharsozlikka doir anchadan beri mulohaza qilib yurgan fikrlarimdan ayrimlarini aytsam.


SHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALAR

Shu kunlarda shaharsozlik, snos mavzusida yaxshi gaplar bo‘lyapti. Shu munosabat bilan, shaharsozlikka doir anchadan beri mulohaza qilib yurgan fikrlarimdan ayrimlarini aytsam.

Hozirda yurtimizda ko‘plab shahar va qishloqlar yangidan qad ko‘tarmoqda. Yangi‑yangi mahallalar barpo etilmoqda, shaharchalar (Sitilar) qurilmoqda. Loyihalar bir‑biridan go‘zal, turfa xil. Biroq, loyiha doirasida ayrim masalalar e’tibordan chetda qolmoqda.

  1. Yangi mahalla va shaharchalarda, obod qishloqlarda masjid deyarli ko‘rinmaydi. Axir biz musulmon xalqmiz. Hech yo‘q kelajakni o‘ylash kerak. Odamlar bugun namoz o‘qimasa ham, yosh ulg‘ayganda o‘qib qolishlari ehtimoli katta. Alhamdu lilloh, oxirgi paytlarda namozxonlar ancha ko‘payib ham qoldi. Biroq, ular uchun qurilayotgan shahar va qishloqlarda masjid yo‘q, masjidga joy ham yo‘q.

Hozirda boshqa viloyatlarni qo‘ying, masjidi eng ko‘p hudud hisoblanadigan Poytaxtdagi ko‘plab mahalla va mavzelarni olib qarsangiz, katta‑katta hududlarda umuman masjid yo‘q yoki o‘ta kam. Mahalliy masjidlar deyarli yo‘q. Masjidlar orasi bir necha chaqirim. Hech bo‘lmasa keksalarni va keksalikni o‘ylash kerak‑ku, axir.

Katta yoshdagi kishilar uyda o‘tirib ham zerikishadi, odamlar, qo‘ni‑qo‘shnilar bilan uchrashib, gurunglashgisi keladi. Namozxon otaxonlar namozni jamoatda o‘qigisi keladi, rakatiga adashmaydi, odamlarni ko‘rib ruhiyati ko‘tariladi. Ammo ular uzoq piyoda yura olmaydi. Mashina esa hammada ham bo‘lavermaydi. Sog‘lik uchun har kuni biroz piyoda yurib turishlari ham kerak. Masjidga boray desa, juda uzoq, oyoq yaramaydi. Xo‘sh, nima qilish kerak? Masjidlarni, xususan, mahalliy masjidlarni ko‘paytirish kerak. Buning hech qanday yomon joyi yo‘q, faqat baraka bo‘ladi, xalqning jipsligi ortadi.

Hozir ayrim sabablarga ko‘ra, masjid ochish biroz qiyinroq bo‘lsa bordir. Ammo jamiyat rivojlanib, huquqiy ong o‘sib, erkinliklar kengayganda masjid ochish ham oson bo‘lib qoladi. Biroq, unda bo‘sh yer yo‘q, masjid uchun kimlarningdir uyini buzish, yerini sotib olish kerak bo‘ladi va hokazo. Shuning uchun bugundan masjidlar g‘amini yeyish kerak, hech yo‘q yaxshi niyatlarda joy ajratib ketish kerak.

Turkiya, Malaziya, Misr va boshqa joylarda masjidlar ko‘pligidan hayron ham bo‘lgandim. Bu aslida ehtiyoj ekan. Zamona kishilari qulaylikka moyil bo‘lgani uchun ham shunday qilish kerak ekan. Eng yaxshi joyi ‒ mazkur mamlakatlarda ko‘chada bo‘lsangiz, har qanday sharoitda jamoatga ulgira olasiz, qadamda masjid, namozxona. Biz aslida ularga ibrat bo‘lsak arziydi.

Yangi qurilayotgan shaharchalardagi holat u yerda musulmonlar yashamasmkin, deydigan darajada masjiddan xoli. Masalan, Toshkent Sitida birgina qadimgi masjid bor, u ham juda kichkina. Agar shu yerda boshqa binolarga hamohang hech yo‘q bittagina zamonaviy masjid bo‘lganida, yana ham go‘zal bo‘lardi va sarf‑harajat mas’uliyati ham biroz yengillarmidi. Bu ayni paytda xorijdan kelganlar uchun ham qulaylik va qiziqishga sabab bo‘lar edi.

Xullas, yangi qurilayotgan shaharcha, qishloq, mahallalarda masjid ko‘rinmayotir. Aholi ko‘payar ekan, yangi turar joylar qurilar ekan, masjidlar ham ko‘payishi kerak. Yangi hududdagilar qadimiy masjidlarga qatnayvermaydi‑ku.

  1. Katta jaoatchilik inshoatlarida namozxonalar yo‘q, bu ham kerak.

Alhamdu lilloh, hozirda aeraport, vokzal va boshqa joylarda namozxonalar ochilib qoldi. Aytish mumkinki, tajribada bu hol o‘zini oqladi va shunday bo‘lishi aniq edi. Hech qanday salbiy holat qayd etilmadi, biror noxush hodisa bo‘lmadi va bo‘lmaydi ham, inshoolloh. Shundan xulosa qilib, Gipper market va boshqa shu kabi jamoaviy binolarda namozxonalar bo‘lsa, ko‘p jihatdan qulaylik bo‘lar edi.

Turkiya, Malaziya va boshqa ko‘p musulmon mamlakatlarda katta merketlarga kirsangiz, bir‑ikkita namozxonasi bor, baralla azon yangraydi. Xarid uchun chiqqanda namoz tashvishi tushmaydi. Sherigingizni «Tezroq bo‘l, shom o‘tib ketmasin», deb shoshtirmaysiz. Savdo‑sotiqqa ham foyda, baraka bo‘ladi. Hozir, masalan, “Samarqand darvoza”ga kirsangiz, bir muddat aylangach, namozga shoshib qolasiz. Ko‘pincha, boshqa safar hotirjamroq kelarman, deb, savdoni ham chala qilib chiqib ketib qolasiz. Agar shu yerda namozxona bo‘lsa, namozni bemalol o‘qib, yana aylanishda davom etishingiz mumkin.

Malaziyada har qanday katta inshootda namozxona bo‘lishi davlat standartiga kiritilgan ekan. Hozirda Amerika, Yaponiya va boshqa ko‘p mamlakatlarda o‘quv yurtlarida ham, boshqa joylarda ham namozxonalar ko‘p, buni hech kim ortqcha fahmlamaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, bunday namozxonalarda tahorat oladigan joy bo‘lishi va ayollar uchun alohida sharoit qilinishi ham darkor.

  1. Hozirda ko‘pgina yangi mahallalarda bog‘cha, maktab, saylgoh yo‘q. Masalan, biz turgan mintaqada yaqin‑o‘rtada maktab ham, bog‘cha ham yo‘q, quray desa, joy ham qolmagan. Aytishlaricha, aslida mazkurlar uchun yer ajratilganu, keyin baraka topgur yerchilarimizning ishtahasi ochilib, uni ham aholiga turar joy qilib sotib yuborgan. Hozir bolalarni bog‘chaga yoki maktabga beraman degan odam mashinasi bo‘lmasa, juda ham qiyin. Aslida bolalarni onalar piyoda eltib qo‘ysa bo‘ladigan joyda bog‘cha‑maktablar bo‘lsa, juda ham qulay bo‘lardi. Kichikroq bo‘lsa ham, yaqinda bog‘cha bo‘lgani yaxshida.

  2. Yangiyu eski mahalalarda va shahar‑qishloqlarda kitob do‘kon yo‘q. E’tibor qilsam, oziq‑ovqat do‘koni, xo‘jalik mollari do‘koni, oshxona, somsaxona va yana boshqa shu kabi maishiy xizmat binolari har ko‘chada bir emas, bir nechtalab bor ekan. Hatto to‘yxonalar ham har mahallada bo‘lib ketyapti. Ammo hech qayerda har mahallada kitob do‘kon ko‘rmadim. Kitob kerak bo‘lsa, Chorsuga tushishga majbur bo‘lasiz. Toshkentda ham sal‑pal kitob do‘konlar bor, shahar markazida bo‘lsa ham. Ammo ko‘p viloyatlarda bu borada juda ham orqada qolingan. Davlatimiz rahbari kitobga qayta‑qayta targ‘ib qilib, amru farmon bergandan keyin ham avhol istalgandek emas.

Bu yil Misrga borganda ko‘rdim, biz turgan mahallaning u boshida ham, bu boshida ham kitob do‘kon bor ekan. Misrliklar o‘zi uncha boy emas, arang tirikchilik qilib yashaydi. Ayniqsa, so‘ngi yillarda iqtisod juda ham orqaga ketgan. Shunga qaramay, mahallalarda kitob do‘konlar bor ekan. Havas qildim va holimizga biroz achindim ham, qorindan, dunyo matosidan boshqani o‘ylamay qo‘yibmiz.

Mahallada kitob do‘kon bo‘lsa, uyga borayotib, bir kirib o‘tay deganda ham hech yo‘q bir‑ikkita kitob sotib olasiz. Yangi chiqqan kitoblardan xabardor bo‘lib turasiz, farzandlaringiz ham o‘tganda kitobga qiziqishi ortadi va daftar‑qalamlar sotib olishlari uchun qulaylik bo‘ladi.

  1. Mashinalar uchun turar joy mummosi. Masjidlar, bozorlar va jamotchilik yig‘iladigan boshqa inshootlar oldida mashinalar uchun yetarli turar joy yo‘q. Masjid bor joyda namoz payti ko‘chalar mashinaga to‘lib, tirbandlik yuzaga kelmoqda. Bozor bor ko‘cha hamisha tirband. Aslida ko‘chalar o‘zi uncha tor emas, ammo qatorlatib qo‘yilgan mashinalar ko‘chani egallab olgan. Katta‑katta inshootlar qurilganda ularga keladigan odamlarning mashinalari uchun turar joy masalasi nega o‘ylanmaydi, tushunmaysan.

“O‘rikzor”, “Abu Saxiy” va boshqa bozorlar yonidan o‘tganda keng yo‘lda bemalol kelgan mashinalar turnaqator bo‘lib tizilib, yurolmay qiynaladi. Aslida ko‘cha uncha tor emas, mashina turarjoyi yo‘qligidan mashinalarni yo‘lga qo‘yib ketilgan, kamiga odam olish uchun to‘xtagan mashinalar yana ham yo‘lni toraytirgan.

Hozirga kunda qavatli stoyankalar qurish mumkin. Masjidlar oldida ham shunday stoyankalar bo‘lsa, juda yaxshi bo‘lar edi. Biroz pulli qilib qo‘yilsa ham mayli, odamlarga qulaylik bo‘lsa, qolganiga chidasa bo‘ladi.

Xullas, shunaqa gaplar. Boshqalar ham bularni o‘ylab yurgan bo‘lsa kerak. Biror manfaati bo‘lib qolar deb sizlar bilan o‘rtoqlashdim. Zarur topganlar kerakli joylarga ham yetkazsalar, savobiga sherik bo‘ladilar. Parvardigor hammalarimizga tavfiq bersin!