Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaILOHIY O‘RNAKMaqolaIYMONINGIZNI SINAB KO‘RING!MaqolaQANI ENDI HAR KUNI O‘LIM BO‘LSA...MaqolaKULGIMaqolaKO‘RISHISH ODOBLARIMaqolaJANOZA – FARZ IBODATDIR!MaqolaFIROQ VAQTIDUR, EY KO‘ZLAR, ENDI QON YIG‘LANG...MaqolaRAMAZONNI QARSHILAB...MaqolaTILGA IXTIYORSIZ – ELGA E’TIBORSIZMaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

TILGA IXTIYORSIZ – ELGA E’TIBORSIZ

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

Shriftni kichraytirishShriftni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

TILGA IXTIYORSIZ – ELGA E’TIBORSIZ

Alloh taoloning insoniyatga bergan eng ulkan ne’matlaridan biri, shubhasiz, nutq qobiliyatidir. Nutq insonni boshqa jonzotlardan farqlab turuvchi omillardan biri hisoblanadi. Inson mana shu imtiyoz yordamida o‘zining dil so‘zlarini, maqsadlarini hech bir mashaqqatsiz bayon etadi va hojatlarini bitiradi. Alloh taolo Qur’oni Karimda ushbu ne’matni alohida ta’kidlab eslatgan:

«Biz u (inson)ga ikki ko‘z hamda til va ikki lab bermadikmi?» («Balad» surasi, 8–9­oyatlar).

Oyati karimada insonga til berilganligini eslatibgina qolmay, ikki labning ham alohida ta’kidlanishining mazmuni shundaki, nutqda lablarning o‘rni katta bo‘lib, ular bo‘lmasa, nutq hosil bo‘lmas ekan. So‘zlash uchun tilning o‘zi kifoya qilmas ekan.

Bizga oddiy bo‘lib ko‘ringan nutq qobiliyati aslida ulkan mo‘’jizadir. Insoniyat misli ko‘rilmagan ilm­fan yutuqlariga ega bo‘lishiga qaramay, boshqa jonzotlar u yoqda tursin, hatto soqov odamga bemalol gapirish imkoniyatini bera olgani yo‘q. Qanchadan qancha insonlar dil so‘zlarini o‘z tillari bilan izhor qilishdan mahrumdirlar. Ular na o‘z harakatlari bilan gapirishga qodir bo‘la olmoqdalar va na ularga bu ma’noda birov yordam bera olmoqda. Alloh taolo ushbu haqiqatni O‘z Kalomida ochiq­oydin bayon qilib qo‘ygan:

«(Rahmon) insonni yaratdi va unga bayonni o‘rgatdi»(«Ar-Rahmon» surasi,  3-4-oyatlar).

Ha, insonga bayonni – so‘zlashni faqatgina Rahmon o‘rgatdi. Agar U Zot o‘rgatmaganida, unga bu qobiliyatni hech kim bera olmas edi. Inson vaqt o‘tishi bilan yoki qandaydir hatti­harkatlar qilishi natijasida nutq qobiliyatiga ega bo‘lib, gapiradigan bo‘lib qolmagan, balki bu imkoniyatni unga Rahmon sifatiga ega bo‘lgan Buyuk Yaratuvchi ato etgan, uni gapiradigan qilib yaratgan.

Aqliy va naqliy dalillarga ko‘ra, asrlar osha insonlarning ijtimoiy muomalalarida asosiy vosita bo‘lib xizmat qilib kelayotgan tillarning tarixiy ildizi, Alloh taoloning bashariyat otasi – Odam alayhissalomga barcha narsalarning nomlarini o‘rgatishiga borib taqaladi:

«Va (Alloh)Odamga ismlarning barchasini o‘rgatdi, so‘ngra ularni farishtalarga ko‘rsatib: «Agar rostgo‘ylardan bo‘lsangiz, manavilarning ismlarini menga aytib bering-chi», – dedi. Ular: «O‘zing poksan! Bizda Sen bildirgandan boshqa ilm yo‘q. Albatta, Sening O‘zing Aliym va Hakiymsan», – dedilar. «Ey Odam, ularga bularning ismlarini aytib ber», – dedi. Ularga o‘shalarning ismlarini aytib bergan chog‘ida, «Men Sizlarga albatta Men osmonlaru yerning g‘aybini bilaman va sizlar oshkor qiladigan narslarni ham, berkitgan narsalarni ham bilaman demabmidim», – dedi»(«Baqara» surasi, 31–33­oyatlar).

Demak, insoniyatga tilni birinchi bo‘lib Alloh taoloning O‘zi o‘rgatgan ekan. Bu qandaydir tashqi omillar yoki vaqt o‘tishi bilan o‘z­o‘zidan paydo bo‘lib qolgan hodisa emas ekan. 

Odam va Havvodan buyon insonlar tilni o‘z ota-onalaridan o‘rganib, o‘zlashtirib kelmoqdalar. 

Ayrim rivoyatlarga ko‘ra, Odam alayhissalom bir necha tilni bilganlar va ana o‘sha tillar keyinchalik boshqa tillarning vujudga kelishiga asos bo‘lib, ona –yirik tillar o‘laroq tarix sahnasidan joy olgan. 

Insonlarning yer yuzi bo‘ylab tarqalishi natijasida ularning rang-ro‘ylari, tana tuzilishlari va tillari ham o‘zgarib borgan. Turli tillarda gaplashuvchi xalqlarning birga yoki yonma-yon qo‘shni bo‘lib yashashlari natijasida yangi tillar ham vujudga kelgan. 

Bir ota-onadan tarqalgan Odam farzandlarining har xil tilda gaplashadigan turli xalq va elatlarga bo‘linib ketishi ham, shubhasiz, Alloh taoloning ulkan mo‘’jizalaridan biridir. 

Alloh taolo «Rum» surasida shunday marhamat qiladi: 

«Va osmonlaru yerning yaratilishi hamda tillaringiz va ranglaringizning turlicha bo‘lishi Allohning oyatlari – borligi va birligiga dalolat qiluvchi belgilari hamda ne’matlaridandir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat­belgilar bordir».

Zamonlar o‘tib, mavjud tillar rivojlanib, sayqallanib borishi bilan bir qatorda,yangi tillar ham vujudga keladi. Rivojlanib, sayqallangan til jonli til hisoblansa, uning qadimgi shakli o‘lib boraveradi. Asrlar osha davom etgan ushbu jarayon tillar tarixini tashkil etadi. 

O‘zbek tilining tarixiy negizlari Oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga mansub. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, o‘zbek tili o‘z tarixiy jarayonida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tgan:

  1. Eng qadimgi turkiy til. O‘ninchi asrgacha mavjud bo‘lgan.
  2. Qadimgi turkiy til. Oltinchi asrdan o‘ninchi asrgacha mavjud bo‘lgan.
  3. Eski turkiy til. O‘ninchi asrdan o‘n to‘rtinchi asrgacha qo‘llanilgan.
  4. O‘n to‘rtinchi asrning ikkinchi yarmidan yigirmanchi asr boshlarigacha eski o‘zbek adabiy tili qo‘llanilgan.

Mana, qariyb bir asr bo‘libdiki, muomalada xozirgi jonli o‘zbek adabiy tili qo‘llanilib kelmoqda. 

O‘zbek tilining rivojlanishida o‘zbek shoir va adiblarining xizmatlari katta. Bu borada eng birinchi yozilgan ko‘zga ko‘ringan kitob Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asari hisoblanadi. Undan keyin o‘zbek tilida yuzlab, minglab nodir asarlar bitildi. Ular ichida hazrat Alisher Navoiyning ijodlari alohida o‘rin tutadi.

O‘zbek tilining mazkur tarixiy jarayonida xalqimizning tilsevar farzandlari tomonidan ona tilimizning qoidalari, imkoniyatlari va boyliklarini yoritib beruvchi ko‘plab asarlar ham bitilgan. Mahmud Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit-turk» asari, Mahmud Zamaxshariyning «Muqaddimatul-adab» kitobi va Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug‘atayn» asari bunga yorqin misol bo‘laoladi. 

O‘tgan asrning boshlarida jiadidchilik harakati tarafdorlari olib borgan ma’rifiy islohotlar o‘zbek tiliga doir mavzularni ham qamragan edi. Ular bu borada bir qancha qo‘llanmalar yaratdilar va ularni maktab darsliklariga kiritdilar.

Sobiq sho‘ro tuzumi davrida ham o‘zbek xalqining millatsevar farzandlari tomonidan ona tilimiz ravnaqi yo‘lida birmuncha ishlar amalga oshirildi. Mustaqilligimiz arafasida, 1989 yil 21 oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi ham o‘z navbatida tilimiz tarixidagi muhim yutuqlardan biri bo‘ldi. 

Jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishni istagan har bir xalq o‘z tiliga jiddiy e’tibor berishi lozim.Alloh taoloning buyuk ne’mati va mo‘’jizasi bo‘lgan, o‘zi nutq qilayotgan tilga e’tiborli bo‘lish har bir kishining insoniy burchidir. Tilga e’tiborsizlik ma’naviyat tanazzulining belgisi, o‘zlikni unutayozganlikning alomati hisoblanadi.

Qur’oni karimning fasih arab tilida, hech bir kamchiliksiz, balog‘at va nutq madaniyatining inson zoti imkoniyati yetmaydigan darajada tengsiz namunasi o‘laroq nozil qilinishi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hamisha fasohat va balog‘at bilan so‘zlashlari, hatto: «Men sizlarning eng fasohat ila so‘zlovchingizman», deya marhamat etishlari bizlar uchun tilga e’tibor berishda, nutq madaniyatida, shubhasiz,go‘zal namunadir. Qur’oni Karim va hadisi shariflar arab tili balog‘atida shunchalar yuksak cho‘qqilarni zabt etganki, bu ikki masdar bugungi kungacha tilshunoslar uchun asosiy manba’ bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. 

Rasululloh saollallohu alayhi vasallam o‘zlari doimo fasohatli gapirish bilan bir qatorda, boshqalarning ham tilga etiborsizlik qilishlariga yo‘l qo‘ymas edilar.

Sahovatibilan mashhur bo‘lgan Hotam Toiyning o‘g‘li Adiy rivoyat qiladi: 

«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga ikki kishi keldi. Ularning biri iymon keltirdi va: «Kim Alloh va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, to‘g‘ri yo‘lni topibdi. Hamda kim Alloh va Uning Rasuliga osiylik qilsa...», – dedi­da, to‘xtab, so‘ng yangi nafas bilan:«u adashibdi», – dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Tur, sen naqadar yomon ma’ruzachi ekansan», – dedilar». 

Bu yerda mazkur notiq tinish qoidalariga rioya qilmagani sababli gapning ma’nosi buzilgan edi. Shu bois, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga tanbeh berdilar. Boshqa rivoyatlarda kelishicha, Rasululloh saollallohu alayhi vasallam uning xatosini to‘g‘rilab ham qo‘ygan ekanlar.

Imom Buxoriy Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilgan hadisda Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

«Hech biringiz «Mening nafsim iflos bo‘ldi» demasin. Lekin «Nafsimxirabo‘ldi» desin», deganlar». 

Bu hadisda mo‘min kishi biror fikrni ifodalashda munosib so‘z topishga intilishi, yoqimsiz so‘zlarni ishlatishdan saqlanishi lozimligi ta’kidlanmoqda.

Allohga shukrki, o‘zbek xalqi ham o‘z tiliga bo‘lgan e’tibori bilan dunyoga namuna bo‘lgan xalqlardan biri bo‘lib kelgan. Muhojir vatandoshlarimizning salkam bir asr davomida o‘zga xalqlar orasida yashashlariga qaramay, o‘z ona tillarini unutmasdan, uni farzand-nabiralarigata’lim berib kelayotganlari ham fikrimizni quvvatlaydi.

Shu o‘rinda o‘zim guvohi bo‘lgan bir voqeani eslasam. Muborak umra safarida bo‘lganimizda vatandoshlardan biri bizni iftorga taklif qildi. Taklifga ijobat o‘laroq iftorga bordik. Ziyofat nihoyatda go‘zal tashkil qilingan edi. Dasturxon turli iftorlik taomlari bilan to‘la. Shu vaqt xonadon sohibining nabiralaridan biri yugurib kelib, bobosidan dasturxon ustidagi qanddan olib berishini so‘radi. Bobosi esa hali maktab yoshiga yetmagan nabirasiga ohistalik bilan «Buxoriycha gapirsang olib beraman», – deb javob berdi. Keyin bilsak, ular xonadon ichkarisida o‘zbekcha gapirishga qattiq turar ekanlar va bunga o‘xshash xonadonlar ko‘p ekan. Men bu voqeadan qattiq ta’sirlandim, benihoya hursandlik va iftixor ruhini his etdim. Bu kabi holatlarni boshqa yurtlardagi muhojirlar misolida ham ko‘rish mumkin.

Ammo, ming afsuslar bo‘lsinki, o‘zga yurtlardagi vatandoshlarimiz o‘z tillariga ana shunday e’tibor berib turgan bir vaqtda, boshqa ajnabiy xalqlarning yashash madaniyatiga ko‘r-ko‘rona ergashgani yetmagandek, o‘z ona yurtida yashab turib, o‘z millatdoshlari bilan, hatto o‘z oilasida ham qaysidir ajnabiy tilda gaplashishni iftixor sanaydiganlar ham xalqimiz orasida yo‘q emas. Ular o‘zlaricha o‘z ona tillarida gaplashishni qoloqlik, or sanab, o‘sha ajnabiy tilda so‘zlashishni madaniyat deb o‘ylaydilar. Kezi kelganda farzandlariga ham manashunday tarbiya berishga harakat qiladilar. To‘g‘ri, til o‘rgangan yaxshi, ammo bu ish o‘z tilidan uzoqlashish, uni pisand qilmaslik evaziga bo‘lmasligi kerak.

Tilga e’tibor qilgan kishini tashvishga soladigan yana bir holat: O‘zbekistonning ayrim viloyatlariga borsangiz, u yerdagi aholi, xususan, yosh bolalarning o‘z shevasida gapirgan gaplarini tushunishga qiynalib, esingiz ketay deydi. Agar adabiy tilda gapirsangiz, yaxshi tushunishmaydi ham. Bular o‘zi maktab ko‘rganmikan, deb o‘ylaysan kishi.

Har bir o‘zbek farzandi odatda qaysi shevada gapirishidan qat’iy nazar, adabiy o‘zbek tilida ravon so‘zlash malakasini ham o‘zlashtirsa, yaxshi bo‘lar edi. Aslida, o‘rta maktabni bitirgan har bir bolada bu malaka kerakli darajadamavjud bo‘lishi kerak. Buning uchun kerakli chora­tadbirlar amalga oshirilsa, maxsus darsliklar, to‘garaklar tashkil qilinsa, yanada yaxshi bo‘ladi. Anashunda biz o‘z ona tilimizni tanazzuldansaqlashimiz hamda shevalarning adabiy til asosida rivojlanishiga zamin yaratishimiz mumkin. 

Shuningdek, turli sabablarga ko‘ra chetdan kirib kelayotgan ajnabiy so‘zlarni, iloji bo‘lsa, tarjima qilib, agar buning iloji yoki hojati bo‘lmasa, uni ma’lum qoidalar asosida qabul qilib, so‘ng ommaga taqdim etilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar va bu boradagi o‘zboshimchalikning oldi olingan bo‘lar edi. 

Boshqa tildagi jumlalarni o‘zbekchaga o‘girishda ham tarjimaning imkon qadar o‘zbek tili qoidalariga, balog‘at me’yorlariga muvofiq bo‘lishiga ahamiyat berish kerak. Ayniqsa, xalqqa va’z aytadigan kishilar o‘z nutqlarining mazkur me’yorlar asosidabo‘lishiga jiddiy e’tibor berishlari lozim., chunki ular xalq tilining shakllanishida muhim o‘rin tutadilar.

Bugungi kunda kishilarning ijtimoiy hayotida matbuot vositalarining o‘rni beqiyos ekani hammaga ma’lum. Xususan, xalqning tilini shakllantirishda ularning ta’siri katta, albatta. Shu bois, matbuot vositalarida berilayotgan ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalarni ham o‘zbek adabiy tili qoidalariga, so‘zlash madaniyatiga muvofiq bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ularni xalqqa taqdim qilishdan oldin mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazishni tashkil qilish kerak. 

Shuningdek, o‘zbek tilidagi turli e’lon va yozma lavhalar haqida ham shu so‘zlarni aytish mumkin. Ulardagi imloviy xatolarning o‘zi alohida bir tadqiqotga mavzu bo‘la oladi. Ikki-uchtagina so‘zdan tuzilgan lavhalarni ham o‘z ona tilimizda xatosiz yoza olmay qoldikmi? 

Bu – muammoning bir tomoni. Ikkinchi tomoni chet tillarga mukkasidan ketish. Qayoqqa qaramang, «Restaurant», «Open», «Fast food», «Welcome», «Mi otkrilis», «Salon krasoti» degan yozuvlar. Chet eldan kelgan odam «Bu yerlarning tub aholisi ingliz yoki rus tilida gaplashar ekan», deb o‘ylab qolsa kerak. 

Milliy g‘ururimiz, o‘zligimiz, qadriyatimiz bo‘lgan ona tilimizning hurmatini joyiga qo‘yish burchimiz emasmi? Imkon bo‘lsa, bunday yozuvlarning faqat ajnabiy tillarda berilishiga yo‘l qo‘ymaslikka, zarur bo‘lsa, ikki tilda berilishini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozim. Axir, o‘sha lavhalardagi fikrlarni ifoda etishga o‘zbek tilining boyligi yetsa kerak?! Qolaversa, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan xaridorlarning aksari o‘zbek tilini yetarli darajada tushunishida shubha yo‘q. Eng muhimi, o‘zbek tili davlat tili ekanini unutmaslik lozim!

Ma’lumki, adabiy tilning yozma shaklida haligacha bir to‘xtamga kelinmagan ayrim qoidalar bor. Bir so‘zning turli manbalarda turlicha, hatto uch­to‘rt xil shaklda yozilishi hech kimga sir emas.Kelib chiqishi, tuzilishi va talaffuzi bir xil bo‘lgan ayrim so‘zlarning nima sababdan turlicha yozilshini ham tushunish qiyin. Hatto, til qoidalarini o‘rgatishga bag‘ishlangan qo‘llanmalarda ham hamfikrlik, yakdillik yetishmaydi. Mutaxassislar bu muammoni ham tezroq uzil-kesil hal qilib bersalar, ko‘pchilikka oson bo‘lar edi.

Shuningdek, transikripsiya – o‘girma ifoda borasida ham bir xil uslub taqdim etilsa yaxshi bo‘ladi, o‘quvchilar uchun qulaylik yaratiladi. Xususan, diniy adabiyotlarimizda berilayotgan ayrim duo va zikrlarni kirill yozuvida ifoda etishda bir qancha kamchilik va xilma-xillik mavjud bo‘lib, ularni ma’lum qoidaga asoslagan holda taqdim etish vaqti kelganiga ancha bo‘lgan.

Zamonaviy texnika kundan-kunga inson hayotining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Xususan, bugungi kunda hayotimizni kompyuterlarsiz tasavvur qilish qiyin. Shu bois, ko‘pchilik xalqlarda ushbu jihozlardan foydalanishni osonlashtirish maqsadida ularga taalluqli qo‘llanma, dastur va barnomalarni o‘z tillarida taqdim etish keng yoyilgan. Hatto, so‘zlovchisi bir necha yuz ming bo‘lgan ayrim tillarda ham ana shunday manbalar yetarlicha mavjud ekan. Ammo so‘zlovchisi bir necha millionga yetgan o‘zbek tilida hali­hanuz birorta mukammal kompyuter dasturi borligi ma’lum emas. Bu borada ham qilinishi lozim bo‘lgan ishlar talaygina.

Yuqorida aytilgan muammolarni hal qilish, albatta, o‘z­o‘zidan bo‘lmaydi. Odatda, bunga o‘xshash masalalarmaxsus mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ko‘p joylarda tilshunoslik, atamashunoslik akademiyalari mavjud bo‘lib, ularning faoliyat doirasiga biz eslab o‘tgan masallar ham kiritilgan. Bizda ham bunga o‘xshash ishlarni amalga oshirish mumkin.

Zotan, xalqning o‘z tiliga bo‘lgan e’tibori uning o‘ziga bo‘lgan e’tiborini belgilaydi. Har bir xalq o‘z tili bilan tirik, tili yo‘q bo‘lgan kuni o‘zi ham yo‘qoladi. Axir,hazrat Navoiy: «tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz»,deb bejiz aytmaganlar. 

Alloh taolodan avvalo dillarimizni va tillarimizni isloh qilishini, ularni doimo bir-biriga muvofiq etishini vaO‘zi bergan ona tilimizni asrab­avaylashimizda yordamchi bo‘lishini so‘rab qolamiz.