Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

TILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBOR

Bugungi kunda ko‘pchilik musulmonlar o‘z dinini yaxshi o‘rganmagani, o‘z zamonini yaxshi bilmagani sababli bilib-bilmay o‘z e’tiqodlariga zid bo‘lgan, ba’zan esa dushmanning tegirmoniga suv quyadigan turli xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishmoqda.


TILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBOR

«Mo‘tadil Islom»mi yoki Islomda mo‘tadillikmi?

Bugungi kunda ko‘pchilik musulmonlar o‘z dinini yaxshi o‘rganmagani, o‘z zamonini yaxshi bilmagani sababli bilib-bilmay o‘z e’tiqodlariga zid bo‘lgan, ba’zan esa dushmanning tegirmoniga suv quyadigan turli xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yishmoqda. Ayrim musulmonlar Islom haqida dushmanlar qo‘llayotgan g‘arazli iboralarni to‘tiday takrorlab, o‘z ko‘ksilariga o‘zlari xanjar urayotganlarini ham payqamaydilar. Ayniqsa, bunday tasarruf ba’zan o‘zini ilm kishisi deb bilgan odamlardan ham sodir bo‘lishi afsuslanarli hol. Vaholanki, ogohlik – davr talabi!

So‘ngi yillarda butun dunyoda «mo‘’tadil Islom» degan ibora ko‘p qo‘llanadigan bo‘lib qoldi. Bir qarashda beg‘araz ko‘ringan bu atama ortida ko‘plab nayranglar borligini ko‘pchilik bilmasa kerak.

«Mo‘’tadil Islom» iborasi odatda jangarilik, terrorizm, ekstremizm, mutaassiblik kabi noxush hodisalarga muqobil ravishda ishlatilsa-da, uni har kim o‘zicha tushunadi va o‘z qolipida talqin qiladi.

Kimdir mo‘’tadillik deganda jihod va unga oid tushunchalardan voz kechishni nazarda tutsa, kimdir barcha dinlarni birdek ko‘rishni tushunadi. Yana kimdir namoz, ro‘za va boshqa ibodatlarga beparvo dindorni, boshqasi esa ancha-muncha harom-harishdan ham hazar qilmaydigan odamni «mo‘’tadil musulmon» deb ta’riflaydi. Ko‘pchilik «zamonaviylar» esa «hammasi qalbda bo‘lishi kerak, ko‘ngling toza bo‘lsa bas, boshqasi shartmas», degan falsafa bilan yashashni «mo‘’tadil Islom» deb tavsif etadi. Ba’zi bir siyosatchilar g‘arazli maqsadlarda yasalgan, tobelik va qaramlikka asoslangan soxta dinni «mo‘’tadil Islom» deb tiqishtiradi. Allakimlar esa sharoitga qarab o‘zgaradigan, har doim og‘ir kelgan pallada bo‘la oladigan odamni «mo‘’tadil musulmon» deb da’vo qiladi va hokazo...

Odatda «mo‘’tadil Islom» deganda go‘yoki mo‘’tadilmas Islom ham bordek yoki Islom o‘zi mo‘’tadil emas-u, undan mo‘’tadil din yasayotgandek so‘z yuritiladi. Bu juda ham makkor ta’birdir.

Islom bir yoki bir nechta odamning tafakkur mahsuli emaski, uning turli nusxalari bo‘lsa! Yoki u bashar ixtirosi emaski, istalgandek tahrir qilinsa, tabdil etilsa! Islom Alloh taoloning so‘nggi va yagona dinidir. Uning vahiy qilingan suratidan boshqa nusxasi yo‘q. Hech kim unga daxl qila olmaydi va bunga hech kimsaning haqqi ham yo‘q. Agar unga daxl qilinsa, uning samoviyligi qolmaydi, Alloh taolo iroda qilgan, rozi bo‘lgan din bo‘lmay qoladi.

Qolaversa, Islomning o‘zi mo‘’tadillik dinidir. U shundoq ham yovuzlikka, g‘uluvga, terrorga qarshi. U hech qachon taassub va qo‘pollikni yoqlamaydi. U mo‘’tadil din bo‘lgani uchun ham tinchlik, osudalik garovidir. Uning mo‘’tadil nusxasini qidirishga ham, undan mo‘’tadil din yasashga ham hojat yo‘q. Uni to‘g‘ri tushunib, to‘g‘ri talqin qilinsa bas.

Alloh taolo Islom ummatiga xitob qilib, «Ana shunday qilib, sizlarni odamlar uchun o‘rta ummat qildik», degan (Baqara surasi, 143-oyat). Mufassirlar «o‘rta ummat» deganda «har bir ishda o‘rta yo‘lni tutgan, mo‘’tadil ummat», degan ma’no tushunilishini ta’kidlaydilar.

Biroq, ana o‘sha yagona nusxadagi Islomga amal qilishda insonlar turlicha yondashadi: kimdir haddan oshib, g‘uluvga ketish bilan, yana kimdir beparvolik va nuqsonga yo‘l qo‘yish bilan mo‘’tadillikdan og‘ishi mumkin.

«Mo‘’tadil Islom» shiorini olg‘a surayotganlar xuddi bir yangilik kashf qilgandek, «namunali» din topgandek so‘z qotishadi. Aslida esa mo‘’tadillik tushunchasi Islomning shiori bo‘lib, vahiy zamonidan beri bor va hamisha musulmon ummatining asosiy qismida o‘z ifodasini topib kelgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z hayotlari davomida Islomga qanday amal qilishni to‘la-to‘kis ko‘rsatib berar ekanlar, dinda haddan oshgan kishilarni qattiq qoralaganlar va g‘uluvga o‘z o‘rnida, zudlik bilan barham berganlar. Bu borada misollar juda ham ko‘p. Istovchilar ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahmatullohi alayhning «Vasatiya ‒ hayot yo‘li» nomli kitoblariga va boshqa manbalarga murojaat qilishlari mumkin.

Xulosa qilib aytganda, bugun zamon kishilari yaxshi hayot kechirishi uchun yangi «mo‘’tadil Islom» yasashga hojat yo‘q. Aksincha, buning uchun Islomda mo‘’tadil yo‘l tutish lozim, xolos. Zotan, «mo‘’tadil Islom» boshqa narsa, Islomda mo‘’tadillik boshqa narsa. «Mo‘’tadil Islom» soxta, yasama va g‘arazli tushuncha, Islomga qarshi kurash uchun, uni o‘zgartirish uchun o‘ylab topilgan fitnadir, bu tushunchani qo‘llash xatodir. Islomda mo‘’tadillik esa qadimdan bor ibora bo‘lib, uni shior qilib olish darkor.

Islomda mo‘’tadillik – Islomga to‘g‘ri amal qilish, sof Islom aqiydasida bo‘lish demakdir. Bu – Islom Payg‘ambari Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llari bo‘lib, u zotning sunnatlari va siyratlarida o‘z aksini topgan. Bu – Alloh insoniyat uchun rozi bo‘lgan dindir. Undan o‘zgasi dargohi ilohiyda maqbul emas. Mana shu haqiqatni anglab yetish darkor.

Gap kelganda yuqoridagidek g‘arazli ifodalardan yana ayrimlarini ham eslab o‘tsak. «Islom dinining ezgu g‘oyalari», «Islomning insoniy qadriyatlarga uyg‘un tushunchalari», «Islomdagi insonparvar g‘oyalar» kabi gaplar ham aslida g‘arazli maqsadlar yoki noto‘g‘ri qarashlar mahsulidir. Islomda ezgu bo‘lmagan g‘oya ham bor ekanmi? Yoki Islomda insoniy qadriyatlarga, insonparvarlik tushunchalariga zid hukm yoki odob bormi? Islomda noinsoniy qarashlarni birov ko‘ribdimi? Yo‘q! Aslo!

Islomda ezgu bo‘lmagan g‘oya yoki amalning o‘zi yo‘q. U butun olamlarning mehribon Parvardigori tarafidan yuborilgan so‘nggi va mukammal dindir. U butunicha qabul qilinishi darkor. Zero, u boshdan oxirigacha ezgulik manbaidir. Islomdagi har bir hukm, har bir ko‘rsatma bashariyat uchun faqat va faqat yaxshilik baxsh etadi, saodat keltiradi. Biroq, inson bu haqiqatni anglay olmay, har turli qarashlariga yopishib olishi, nafsga tobelikning qora bulutlari uning ko‘zini ko‘r qilib, haqiqat quyoshini ko‘rishdan to‘sib qo‘yishi mumkin. Ba’zan buni tushunish uchun vaqt kerak bo‘ladi, yillar kerak bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, musulmon kishi tilga hushyor bo‘lishi lozim. Zotan, bir og‘iz so‘z bilan kishi musulmon bo‘lganidek, bir so‘z bilan dindan chiqishi ham mumkin. Tilga e’tibor ‒ dinga e’tibor demakdir.