Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaILMNI QADRLASH TARAQQIYOT BOISIDIRMaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (7-QISM)MaqolaTIL G‘AMIDAMaqolaALLOH NIMANI IRODA QILSA, YAXSHILIK O‘SHANDADIRMaqolaQUYOSH BILAN BIROVNING ISHI YO‘Q, OYNI ESA TINCH QO‘YISHMAYDIMaqolaFOSIQ XABAR AYTSA, TEKSHIRISHNI UNUTMANGMaqolaISLOHOTMaqolaO‘ZLIKMaqolaGAZMaqolaYASHIL GUMBAZ VA UNDAGI TUYNUKMaqolaILM AHLIGINA «BARHAYOT», QOLGANLAR «O‘LGANLARDIR»MaqolaSOVUQ ‒ SABR ‒ SAVOBMaqolaMINBAR ISSIQMI?MaqolaVATAN HIMOYASI MUBORAK!MaqolaRUVAYBIZALAR ZAMONIMaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaYO‘QOLGAN NARSANI TOPISHDA O‘QILADIGAN DUO VA ZIKRLARMaqolaO‘G‘RINI MENGA ALLOH SO‘ZLATDIMaqolaVOQE’IY HAQIQATMaqolaOTASINING QIZIMaqolaSHAYX ABDULAZIZ IBN ABDULFATTOH QORI SAUDIYADADAGI VATANDOSHLARNING YIRIK ULAMOLARIDAN EDIMaqolaBU TUN...MaqolaMILLIY LIBOS NAMUNASIMaqolaMAVLID OYINI QANDAY O‘TKAZAMIZ?MaqolaILMINI BILMAY GAPIRMANG VA FITNADAN HAZIR BO‘LING!MaqolaLIBOSNING AHAMIYATI HAQIDA O‘YLARMaqola«YERDAGI HUKMDOR YUKINSA, SAMODAGI HUKMDOR RAHM QILGAY!»MaqolaZIYORAT ODOBLARIMaqolaHOJI ZIYORATI QANDAY AMAL?MaqolaHOJI TO‘YI QILISh SHARIATDA BORMI?MaqolaHOJINI KUTIB OLISH SHARIATDA BORMI?MaqolaYURTGA QAYTGAN HOJILARGA TAVSIYAMaqolaESLATMAMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (2-QISM)MaqolaAJOYIB MEHMONDO‘STLIKMaqola«BERDI»SINI HAM ESHITING! (1-QISM)MaqolaFITNA QOTILLIKDAN YOMONMaqolaASL VA FAR’MaqolaHAR BIR BUYUK ORTIDA “AYOL” BOR EMIShMaqolaTA’ZIYAMaqolaHUJRAI SAODATGA KIRGAN OXIRGI INSONMaqolaIKKI HASAN BUXORIY UCHRASHDIMaqolaHAR ISHNING MEZONI BORMaqolaMUSTAQILLIK BAYRAMIMaqolaRASHK VA HAYO IYMONDANDIRMaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (1-QISM)MaqolaALLOH BARCHA ISHDA MULOYIMLIKNI SEVADI (2-QISM)MaqolaHAYIT BILAN TABRIKLASHMaqolaBOQIYLIK ALLOHGA XOSMaqolaOLIMNING O‘LIMI OLAMNING O‘LIMIMaqolaBURGUT QISSASIMaqolaGAZAM YO‘G‘‑U, SUVAM YO‘G‘U, TO‘KAM YO‘Q...MaqolaTOHO HUBAYSHIY O‘ZBEK XALQINI, O‘ZBEK YURTINI SEVAR EDILARMaqolaMODERNISTLIK OQIMI HAQIDAMaqolaJINSIY TARBIYANING O‘Z VAQTI VA USULI BORMaqolaOTA‑ONAM SIZGA FIDO BO‘LSIN, YO RASULALLOH!MaqolaYO RASULALLOH!MaqolaTIL BAYRAMI QILISHGA QANCHALI HAQLIMIZ?MaqolaQADR TOPISH UCHUN O‘LISH KERAKMI?MaqolaHAQIQIY MO‘MIN VA BETAKROR INSON EDILARMaqolaMUALLIMLARNING FAZLI HAQIDAMaqolaGO‘ZAL XULQLI VA DIYONATLI INSON EDILARMaqolaASHURO KUNIDA AHLI OILAGA KENGCHILIK QILISH HAQIDA FUQAHOLARNING SO‘ZLARIDAN NAMUNALARMaqolaXULOSA CHIQARISHGA SHOSHILMASLIK KERAKMaqola«BIZ QILIB YURGAN AMALLARINGIZDAN NUSXA OLIB QO‘YGAN EDIK»MaqolaOMMANING MOLI YETIMNING HAQQIDAN YOMONMaqolaDAHRIYLIK SARQITIMaqolaIXTILOFMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI VA HADDINI BILISHI KERAK!MaqolaKUN OYATIMaqolaDUNYONING IKKI YUZIMaqolaTAFOUL ‒ YARIM DAVODIRMaqolaXALQIMIZ YANA BIR OLIMIDAN AYRILDIMaqolaOLIMNING O‘LIMI UMMAT UCHUN MUSBAT VA MAS’ULIYATDIRMaqola«KASSA» O‘YNASH JOIZMI?MaqolaTILOVAT SAJDASIMaqolaHAYIT TAKBIR-U TAHLIL KUNIDIRMaqolaIYD NAMOZLARINI UYDA O‘QISA BO‘LADIMI?MaqolaSHAYX HAZRATLARI BILAN SO‘NGGI DARSMaqolaIQTIBOSMaqolaDUSHMANNING ENG KATTA YUTUG‘IMaqolaKORONAVIRUSNING DAVOSI BORMI?MaqolaTAVAKKUL VA AMAL CHORRAHASIDAMaqolaSAHIHI BUXORIYNI XATM QILISH HAQIDAMaqolaMASJIDLAR YOPILGANI YO‘Q!MaqolaBASHORAT VA ESLATMA!MaqolaQUR’ONNI O‘ZGARTIRSA BO‘LADIMI?MaqolaILM O‘Z MUTXASSISIDAN OLINADIMaqolaSAYLOVGA CHIQISH KERAKMI?MaqolaRASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADIMaqolaPOSTLAR HAQIDA POSTMaqolaQORILIK SOHA EMASMI?MaqolaILMNI TARTIBSIZ OLISH OFATLARNING BOSHIDIRMaqolaO‘ZBEK TILI DAVLAT TILI (EMAS)MaqolaNAVOIYNING BIR SHE’RIMaqolaAMAL ‒ ISHLASH DEMAKDIRMaqolaEL‑YURTNI DUO QILISH PAYG‘AMBARLAR SUNNATIDIRMaqolaBIR OYAT USTIDA TADABBURMaqolaDORISHUNOSLIK HAQIDA O‘YLARMaqolaENG TOTLI LAZZATMaqolaTOLIBONLAR HAQIDAMaqolaSHAHARSOZLIKKA OID TAKLIF VA MULOHAZALARMaqolaTILGA E’TIBOR ‒ DINGA E’TIBORMaqolaJUMA KUNI BILAN QUTLASH BID’ATMI?MaqolaXO‘ROZ HAMMA JOYDA BIR XIL QICHQIRYAPTIMaqolaOLIMLARNI TANISH ‒ ENG KATTA IBRAT MANBAIDIRMaqolaNARX-NAVO OSHGANDA NIMA QILISH KERAK?MaqolaHAYIT ODOBLARI
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

RASULULLOHNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADI

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bu ‒ qalblarning taqvosidandir» (Haj surasi, 32‑oyat).


RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING ISMLARINI HURMAT QILISH HAM U ZOTNI ULUG‘LASH SARASIGA KIRADI

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bu ‒ qalblarning taqvosidandir» (Haj surasi, 32‑oyat).

«Allohning shiori» deganda asosan ko‘rganda, yodga olganda Allohni eslatadigan narsa va shaxslarga aytiladi. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan afzal inson bo‘lmasligi aniq.

Alloh taolo Qur’oni Karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ulug‘lash, u zotni ehtirom qilish xususida bir qancha oyatlar nozil qilgan.

«Albatta, Biz seni guvohlik beruvchi, xushxabarchi va ogohlantiruvchi qilib yubordik. Allohga va Uning Rasuliga iymon keltirishingiz, uni qo‘llab-quvvatlashingiz, uni ulug‘lashingiz hamda U Zotga ertayu kech tasbih aytishingiz uchundir» (Fath surasi, 8‒9-oyatlar).

Bu oyatdagi «U Zotga ertayu kech tasbih aytishingiz» iborasidagi olmosh Alloh taologa, «uni qo‘llab-quvvatlashingiz, uni ulug‘lashingiz» jumlasidagi olmoshlar esa, ko‘pchilik mufassirlarning so‘zlariga ko‘ra, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ishora qiladi. Demak, u zotning guvohlik beruvchi, xushxabarchi va ogohlantiruvchi qilib yuborilishlari insonlarga u zotga iymon keltirishlari, u zotni qo‘llab-quvvatlashlari va ulug‘lashlarini vojib qiladi.

Ulug‘lash deganda hurmat va haybat ma’nosidagi barcha tasarruf va ifodalar tushuniladi. Jumladan, u zotning ismlariga bo‘lgan munosabatda ham alohida e’tbor va ehtirom talab qilinadi.

«Rasulning orangizdagi chaqirig‘ini bir-biringizning chaqirig‘ingizga o‘xshatmang» (Nur surasi, 63-oyat).

Ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga murojaat qilganda boshqalarga xitob qilgandek so‘zlamang, balki u zotning maqomlariga loyiq ifoda toping. Chaqirish odatda ism va uning o‘rnini bosuvchi so‘zlar bilan amalga oshadi. Demak, u zotning ismlariga munosabat ham oddiy bo‘lmasligi kerak.

Alloh taolo Qur’oni Karimda «Muhammad» ismini to‘rt marta, «Ahmad» ismini bir marta zikr qilgan. Ammo bularning barchasi xabar, insho gaplarda kelgan, xitob, ya’ni undov gapda emas. Alloh barcha payg‘ambarlarga ismini aytib xitob qilgan: «Ey Odam», «Ey Nuh», «Ey Ibrohim», «Ey Muso», «Ey Iyso»... Biroq, U Zot O‘z Habibi Muhammad alayhissalomga hech qachon ismlari bilan xitob qilmagan, «Ey Rasul», «Ey Nabiy» degan. Shuning o‘ziyoq aqlu insof egasiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga nisbatan qanday ikrom bilan munosabatda bo‘lish lozimligini anglatishga yetarlidir.

Qur’oni Karimning ifodasiga ko‘ra, avvalgi payg‘ambarlarning tobelari ham o‘z Payg‘ambarlarini ismi bilan chaqirishgan. Yahudiylar «Ey Muso», desa, havoriylar «Ey Iyso ibn Maryam» deb so‘z olgan. Ammo sahbai kiromlar hech qachon Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ismlarini aytib xitob qilishmagan, faqat va faqat «Ey Allohning Rasuli», «Ey Allohning Nabiysi» deb murojaat qilishgan. Keyinchalik ham ayrim sahobalar u zot alayhissalomni esga olganda ko‘pincha «Xalilim», «Habibim» kabi ifodalarni qo‘llashgan. Bu ham bo‘lsa, ularning ilohiy ta’lim asosida tarbiya topganlaridan va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan ehtiromu muhabbatlaridan edi.

Bularning barchasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning nafaqat shaxslariga, balki ismlariga bo‘lgan ehtirom ham lozimligini ham anglatadi.

Solih podshohlardan biri Mahmud G‘aznaviy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlarini betahorat tilga olmas edi. Bir gal tahorati yo‘qligi sababli Muhammad ismli kotibini uning otasiga nisbat berib: «Hoy vazirning o‘g‘li!» deb chaqirgan edi.

O‘tgan asrning o‘rtalarida Andijon ulamolarining peshvosi bo‘lgan Abdulmajid qozi domla: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yoshlariga yetmagan kishi u zotning ismlarini aytmay, «Payg‘ambarimiz», «Rasululloh» deb tilga olsin, odob shu», der ekanlar.

Bu kabi ishlar yuksak islomiy odob va axloq namunalaridir, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan chin muhabbat va ehtiromning ifodasidir. Bu bobda qat’iy chegara qo‘yilmaydi. Bunga o‘xshash ishlar zamon va makonga ko‘ra o‘zgarib, almashib turaveradi, ammo maqsad va manhaj bir bo‘ladi, maqsad ehtirom bo‘ladi.  

Ba’zi ahli fazl kishilar farzandlarga Muhammad ismining o‘zini qo‘yishni uncha xushlamagan, birorta qo‘shimchasi bo‘lsin deb aytishgan. Nega desa, ota-ona bilib-bilmay farzandimni urishyapman, so‘kyapman degan xayolda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlariga nisbatan behurmatlik qilib qo‘ymasin, deyishgan.

Bugungi kunda ayrim kishilarimiz o‘zlari bilib-bilmagan holda Payg‘ambarimizning ismlaridan olingan nomlarni hajviy hikoyalar va boshqa o‘rinlarda beparvolarcha qo‘llab qo‘ymoqda (Masalan, Eshmat, Toshmat kabi). Bir nima desangiz, «Ism hu-u-u minginchi narsa, asosiy masala emas, bunga chuqur ketib bo‘lmaydi, bu yerda faqat qofiyadoshlik ahamiyati bor», degan vajlar ham keltirishadi. Lekin bu gap bir necha jihatdan xatodir.

Birinchidan, ism ahamiyatsiz, minginchi narsa emas. «Ism» so‘zi aslida «sumuvvun» yoki «vasmun» so‘zidan olingan, deydi tilshunoslar. «Sumuvvun» ‒ yuksaklik, cho‘qqi degani bo‘lib, nom nomlanmishning birinchi bo‘lib esga olinadigan, ko‘zga tashlanadigan munsubi bo‘lgani uchun «ism» deb yuritiladi. «Vasmun»dan olingan deb qaralsa, bu so‘z belgi, alomat degan ma’noni anglatib, nom kishiga belgi, nishona bo‘lgani uchun uni «ism» deyilgan bo‘ladi. Har qaysi holatda ham ism shaxsning eng ko‘zga ko‘ringan belgisi ekani anglashiladi. Shuning uchun ham odamlar o‘zlariga yaxshi ism olishga, farzandiga yaxshi ism qo‘yishga intiladi, yomon ismdan o‘zini olib qochadi.

Ikkinchidan, ism shunchalar bee’tibor narsa bo‘lsa, nega siz hajvlaringizda o‘zingiz va otangizning ismini qo‘llamaysiz? Keling, yaxshisi, o‘zingiz va otangizning ismidan ikkita qofiyadosh ism yasab, o‘shani ishlata qoling! Siz-ku bunday qilmassiz, xo‘sh, boshqa birov shunday qilsa, sizga yoqadimi? Qolaversa, ism o‘zi minginchi narsa bo‘lsa, uning qofiyadosh bo‘lishi nechanchi o‘rin bo‘ladi, buni ham hisobga olish kerak. Har qalay biz ko‘tarayotgan masaladan yuqori bo‘lmasa kerak?

Kimdir: «Muhammad ismli shunday odamlarni bilamanki, qilmagan yomonligi yo‘q», deb aqllilik qiladi. Xo‘p, sizning ismingizni olgan qancha ablahlar, rasvolar bor, otangizning ismi ila qulog‘iga azon aytilgan qancha jinoyatchilar bor bo‘lishi tabiiy. Xo‘sh, vijdonan aytingchi, o‘shalar e’tiboridan sizning yoki otangizning ismiga nisbatan behurmatlik qilinishini istaysizmi? Axir bu ismda qanchadan-qancha badbaxt buzuqilar bor ekan-ku! Yo‘q, aqlu idroki bor odam buni istamaydi. Zotan, bu ikki hodisani bir-biriga qiyoslash o‘zi johillik. Muhammad ismli yomonlarning yomonligi o‘ziga, ammo bu hol ushbu ismning behurmat qilinishiga yo‘l ochishni oqlamaydi.

Qaysidir o‘zicha dono: «Ismni hurmat qilishga bunchali e’tibor shartmas, muhimi sunnatga amal qilish kerak. Payg‘ambarimizning ismlarini hurmat qilib, sunnatlariga beparvo bo‘lgandan nima foyda? Undan ko‘ra, sunnatga amal qilish kerak», deyishi ham mumkin. Bu ham ko‘rinishidan to‘g‘riga o‘xshagan, ammo o‘zi g‘irt ahmaqona gap. Bu ikki ish o‘zi mustaqil ravishdagi solih amal, ular bir-birini sig‘dirmaydigan ishlar emas, aksincha, bir-birini talab qiladi. Kimdir birini qilyaptimi, shunisi o‘zi foyda, shu o‘zi ikkinchisiga yo‘l ochadi, uni taqozo etib qoladi. Birini qilmayapman-ku deb, ikkinchisini ham tark etgani yaxshimi yoki bittasini bo‘lsa ham qilib turgani yaxshimi?

Masalan, bir kishi Qur’oni Karimga yaxshi ehtirom ko‘rsatadi, lekin uni o‘qishni bilmaydi. Biz unga nima deymiz? «Qur’onni o‘qishni bilmas ekansan, uni hurmat qilishingdan foyda yo‘q, bor, hurmat qilma», deyishimiz kerakmi? Yo‘q, aksincha, unga «Birodar, Qur’onga izzat ko‘rsatar ekansiz, baraka toping. Endi shu hurmatga yarasha uni o‘qishni ham uddalasangiz, ayni muddao bo‘lardi, e’zozingiz tugal bo‘lar edi», deyish to‘g‘ri bo‘ladi.

Biroq, bu kabi ishlardan nifoq qasd qilingudek bo‘lsa, bu boshqa masala. Ammo bunday holat deyarli uchramaydi.

Hurmatli kishilarning ismini hajvga aralashtirishdan hazir bo‘lish borasida imom Buxoriy rivoyat qilgan quyidagi hadisdan ham kerakli xulosa olish mumkin: «Hishom otasidan rivoyat qiladi: «Oisha roziyallohu anho bunday dedi: «Hasson mushriklarni hajv qilish uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan izn so‘radi. Shunda u zot: «Mening nasabim nima bo‘ladi?» dedilar. Shunda Hasson: «Men sizni ularning ichidan xamirdan qil sug‘urgandek sug‘urib olaman», dedi».

Mushriklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va musulmonlarni masxaralab she’rlar bitib, ularning obro‘larini to‘kishga urunishar edi. Shunda sahobalarning ichida eng katta shoir hisoblangan Hasson ibn Sobit roziyallohu anhu ularga she’r bilan munosib javob qaytarish uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan izn so‘raydi. U zot bunga izn beradilar-u, lekin ajdodlari ham Qurayshdan bo‘lgani uchun ularga ham gap tegib ketmasmikan, degan tashvishni qiladilar. Shunda Hasson roziyallohu anhu o‘z mahorati bilan bunga yo‘l bermasligini aytadi.

Bu yerda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z ajdodlarini hurmat qilganlaridan, ularga boshqalarni deb ta’na yetishidan tashvishlanganlaridan ularning nomlarini hajvga doxil bo‘lishiga e’tiroz bildirganlar.

Ushbu bitiklar yozilishiga turtki bo‘lgan asosiy sabab ham bor. U ham bo‘lsa, quyida berilgan rasmlar. Biri Toshkentdagi sartaroshxona (salon), ikkinchisi Namangandagi ustaxona. Ikkalasiga ham «Muhammad» nomi berilgan. Kimdir bu yerda joy egalari o‘zi yoki biror yaqinining ismini nazarda tutgan bo‘lsa kerak deyishi mumkin. Lekin uni peshtoqda o‘qigan odamning xayoliga birinchi bo‘lib u yoki otasi kelmaydi, balki zehnda Payg‘ambarimizning shaxsiyatlari gavdalanadi. Qolaversa, shu nomlash sababli u zotning ismlari nomunosib jumlalarda ishlatilishi, tinglovchining zehnidagi haybatga putur yetishi, qaysidir dushmanga mazahlash uchun qulay imkon bo‘lishi mumkin. Faraz qiling, odamlarning og‘zaki tilida nimalar deyiladi: «Mashina buzilib qolgan ekan, Muhammad servisda tuzattirdim», «Mashinani Muhammadda damtlatib oldim», «Muhammad ham qallob bo‘lib ketibdi, mashinani yaxshi tuzatishmabdi»... «Vay singiljon, ana Muhammadga boring, sochni zo‘r turmaklashar ekan», «Qurib ketsin, Muhammadga borgandim, soqolimni buzib qo‘yishibdi» va hokazo.

Tilning xususiyatlaridan biri shuki, u borgan sari qisqalikka, qulaylikka qarab yuraveradi. Hech kim «Muhammad deb nomlangan servisga bordim», demaydi, «Muhammadga bordim», deydi. Xo‘sh, shu behurmat iste’molni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlariga joiz sanaysizmi?

Hikoyalarda keladi, bir paytlar shialardan biri eshagiga Umar deb ism qo‘yib olganida, o‘sha eshak katta bo‘lib, egasini tepib o‘ldirgan ekan. Bu yerda e’tiborlisi shuki, ana o‘sha ablah shia ismni nomunosib narsaga ishlatish orqali o‘z adovatini izhor qilgan, shu orqali Umar roziyallohu anhuni behurmat qilishni ko‘zda tutgan. Bunga o‘xshash fitna ishlar dushmanlar tarafidan doim bo‘lib kelgan. Faqat musulmonlar soddadil bo‘lganidan yaxshi gumon bilan yoki parvosizlikdan bu kabi ishlarni payqamaydi.

Kim uchundir bu gaplar unchali ahamiyatli bo‘lmasligi mumkin. Lekin biz uchun bu mavzu juda katta e’tiborga ega. Bu yerdagi so‘zlarni Payg‘ambariga dildan muhabbat qilgan mo‘minlar yaxshi uqadilar, boshqalar yetarlicha his etmasliklari tabiiy. Shuningdek, iymonu diyonati ruhsiz bo‘lgan dindorlar ham bu so‘zlarning ta’mini tota bilmaydilar.

Xulosa qilib aytganda, Habibimizga doir har qanday narsa, gap, so‘z, qo‘yinki, u zotga mansub har qanday tushunchaga nisabatan ehtiromda bo‘lishimiz, xususan, muborak ismlarini keragicha e’zozlashimiz, unga nisbatan behurmatlik sodir bo‘lishiga sabab bo‘lib qolmasligimiz dakror. U zotning ismlarini aytganda, eshitganda salavot aytamiz ekanmi, boshqa o‘rinlarda ham bu ismga o‘ziga yarasha ikromda bo‘lishni unutmasligimiz kerak. Shu bilan birga, joy va narsalarga nom berishda, hikoyalardagi shaxslarning ismlarini belgilashda ham mana shu odobni ushlash lozim. Bu kabi ishlarga mas’ul dindoshlarimizdan musulmon sifatida ushbu nuqtaga e’tibor qaratishlarini va shu kabi vazifalarga haqli, yetarli bilimga ega kishilarni tayinlashlarini so‘rab qolaman.